Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing predmetining maqsad va vazifalari Reja


Seminar mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar


Download 23.49 Kb.
bet4/5
Sana19.12.2022
Hajmi23.49 Kb.
#1032974
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing predmetini

Seminar mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar

«Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing» fanini amaliy mashg`ulotlarini o`rganish jarayonida muammoli ma`ruzalar o`tkazish, interfaol metodlar, vaziyatli masalalarni qo`llash, shuningdek axborot texnologiyalari qo`llashdan tashqari ta`lim muassasalarining ilg`or tajribalarni o`rganish orqali o`rgatish maqsadga muvofiq bo`ladi. «Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing» fani oliy ta`limning Jismoniy madaniyat magistratura mutaxassisliklari uchun II kursda o`qitiladi.




Seminar mashg`ulotlarining mavzulari, mazmuni

«Ta`lim to`g`risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni amalga tatbiq etish jarayonida «Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing» fanining o`rni, uning predmeti, maqsad va vazifalari. Ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing fan sifatida. Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing fanining tadqiqot metodlari.


«Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing» fanidan ta`lim berishning didaktik tamoyillari to`g`risidagi tushunchalar. Ta`lim va tarbiyaning birligi; onglilik va faollik; ilmiylik va tizimlilik; nazariya va amaliyotning bog`liqligi; ko`rgazmalilik; yosh va individual xususiyatlarning e`tiborga olinishi; bilimlarni o`zlashtirishni puxtaligi va mustakamlab borilishi. Shaxs bilim ko`nikma va malakalarini shakllantirish jarayonining xususiyatlari.
Seminar mashg`ulotlarda tavsiya etiladigan mavzulari:

  1. Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing predmetining maqsad va vazifalari

  2. O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning zamonaviy tizimi

  3. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo`yiladigan talablar

  4. Sport tashkilotlari: mohiyati, tashkiliy-huquqiy shakllari

  5. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti tizimini moliyalashtirish

  6. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti tizimida marketing

  7. Jismoniy tarbiya va sportda marketing xizmatini boshqarish

  8. Jismoniy tarbiya va sport korxonalarida tovar bozorini tadqiq qilish

  9. Jismoniy tarbiya va sport marketingida bozorni segmentlash

  10. Jismoniy tarbiya va sport marketingida taqsimlash kanallari va tovar xarakati

  11. Jismoniy tarbiya va sport marketingida reklama vositalari va turlari

  12. Jismoniy tarbiya va sport marketingi strategiyasi va ma`naviy masuliyat

  13. Jismoniy tarbiya va sport marketingi faoliyati samaradorligini hisoblash

Seminar mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha kafedra professor o`qituvchilari tomonidan ko`rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda talabalar asosiy ma`ruza mavzulari bo`yicha olgan bilim va ko`nikmalarini amaliy mashg`ulotlar orqali yanada boyitadilar. SHuningdek, darslik va o`quv qo`llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materialllardan foydalanish, sport musobaqalarida qatnashib, o`yinlarni tashkil qilish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalarning bilimini oshirish, mavzular bo`yicha ko`rgazmali qurollar tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi fanining tajriba metodlaridan foydalanish va boshqalar tavsiya etiladi.
Xulosa
Xulosa shuki, jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy muhit va sharoitlarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bunda ijtimoiy mehnat, ijtimoiy iqtisod, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy madaniyat va ijtimoiy munosabatlar asosiy o‘rinni egallaydi. Shuningdek, insonning salomatligi, mehnat qobiliyati, uzoq umr ko‘rishlari ijtimoiy taraqqiyot va turmush madaniyatida muhim ahamiyatga egadir.
Salomatlik manba’ining muhim tarmoqlaridan biri jismoniy mashqlar (jismoniy tarbiya va sport) aholining ijtimoiy turmush madaniyati va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda xizmat qiluvchi vositalar hisoblanadi. Jis-moniy tarbiya va sport davlat ahamiyatiga ega. O‘zbekiston sportchilarining xalqaro sport maydonlarida erishayotgan ulkan muvaffaqiyati yurtimiz shon-shuhratini jahonga tarqatishda xizmat qilmoqda.


Download 23.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling