Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing predmetining maqsadi va vazifasi


Download 120.5 Kb.
bet1/8
Sana23.03.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1289818
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORTDA MENEJMENT HAMDA MARKETING PREDMETINING



JISMONIY TARBIYA VA SPORTDA MENEJMENT HAMDA MARKETING PREDMETINING MAQSADI VA VAZIFASI


R еj a:



    1. Fanning predmeti maqsadi va vazifalari.

    2. Fanning obekti va subekti.

    3. Fanning o’rganish usullari.

    4. Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.



Tayanch so’z va iboralar:
Menejment. Menejment nimani o’rganadi? Menejment ob‘ekti va su‘ekti. Makro, mego va mikro darajadagi ob‘ektlar. Menejment fanining taxminiy usullari.


Fanning predmeti maqsadi va vazifalari

  • Menejment – bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford luғatida berilgan ta‘rifga binoan u:

  • boshqaruv xokimiyati va san‘ati;

  • resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma‘muriy ko’nikmalar tushuniladi.

Boshkacha so’z bilan aytganda, menejment – bu boshqaruv, ya‘ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Boshqaruv esa o’z navbatida-bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.

  • Demak menejment fani bu – boshqaruvchiga tanlovni to’ғri amalga oshirishni va oqil qarorni, qaror qabul kilishni o’rgatuvchi fandir.

  • Menejmentning mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga boғliq holda o’zgaradi. Ishlab chiqarish ravojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv xam murakkablashadi va mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Mulkchilikning turli shakllari mavjud b°lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelib, u ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’paytirishga yo’naltiriladi. Shundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o’rganadi:

  • boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

  • boshqarish obekti va subekti;

  • boshqarish tamoyili va usullari;

  • boshqarish madaniyati;

  • menejer va uning fazilatlari;

  • menejer reytingi;

  • boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;

  • boshqarish funktsiyalari;

  • xodimlarni boshqarish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish

  • samaradorlikni boshqarish;

  • o’z-o’zini boshqarish;

  • hududiy boshqarish va xokozolar.

Fanning maqsadi o’quvchilarga boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyғotishdan iborat.
Menejmentni asosiy vazifasi esa, jamiyat rivojlanishining obektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida iqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo’naltirilgan xarakatlar tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling