- Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yurtimizni xalqaro sport maydonlarida munosib ravishda tanitish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish, kapital tamirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini joriy qilish maqsadida:
- 1. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o'rinlarda – Vazirlik), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasini (keyingi o'rinlarda – Jamg'arma) tugatish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.
- 2. Belgilab qo'yilsinki:
- tugatilayotgan Jamg'armaning jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish, kapital tamirlash va jihozlash bo'yicha moliyalashtirish funkciyasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatiladi;
- jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash bo'yicha loyihalar hamda ularning manzilli ro'yxatlari har yili Vazirlik tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelishilgan holda shakllantiriladi hamda navbatdagi yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining Investiciya dasturiga kiritiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |