Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari fanidan ma`ruzani tayyorladi: Katta o`qituvchi A. Yu. Bo`riboyev


Download 54.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi54.06 Kb.
#1458120
  1   2   3
Bog'liq
9-Maruza




 
Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari fanidan ma`ruzani tayyorladi: 
Katta o`qituvchi A.YU.Bo`riboyev. 
 
9-Mavzu: Qishki sport turlari va boshqa sport turlarining huquqiy 
asoslari. 
Reja: 
1. Qishki sport turlari haqida ma‟lumot 
2. Qishki sport turlarining rivojlanishi
3. O„zbekistonda qishki sport turlarining huquqiy asoslari 
Tayanch so‘z va iboralar: qishki sport turlari, jismoniy tarbiya, sport, 
O‘zbekistonda qishki sport turlarining rivojlanishi 
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qishki sport 
turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Prezident qarori loyihasi 
joylashtirildi.Hujjatda qayd etilishicha, qishki sport turlarini rivojlantirishda qator 
tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi mazkur yo„nalishda 
mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to„liq foydalanishga to„sqinlik 
qilmoqda.Xususan: 
 birinchidan, qishki sport turlarini rivojlantirish uchun zamonaviy moddiy-
texnika bazaning yetarli emasligi, xalqaro standartlarga javob beradigan 
sport asbob-uskunalari va jihozlarining yetishmasligi ushbu sport turlarini 
ommalashtirishda qator muammolarni keltirib chiqarmoqda; 
 ikkinchidan, qishki sport turlari bo„yicha sport kadrlarini tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi bu borada malakali 
mutaxassislarga bo„lgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayapti; 
 uchinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida qishki sport turlari bo„yicha 
zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratish bo„yicha 
nodavlat sektor bilan o„zaro munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu 
sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti; 
 to„rtinchidan, joylarda qishki sport turlari bo„yicha sport inshootlari va 
infratuzilmasi mavjud emasligi musobaqalarning tizimli o„tkazilishiga 
yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali 
va shaffof tizimini yaratishga, terma jamoalar tarkibini sifatli to„ldirish 
uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni 
tayyorlashni ta'minlashga to„sqinlik qilmoqda; 
beshinchidan, malakali mutaxassislarning yetishmasligi sport inshootlarini 
sifatli saqlanishiga, foydalanishiga va inshootlardagi sport anjom va 
jihozlariga zamonaviy xizmat ko„rsatish imkonini bermayapti. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzurida joriy yilning 31 oktyabr kuni 
sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan yig„ilishdagi topshiriqlarga asosan 
yurtimizda Olimpiya, shu jumladan qishki sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan 
Prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Shu yo„nalishda amalga oshirilayotgan 



harakatlar evaziga yaqin orada mamlakatimizda qishki sport turlari bo„yicha yangi 
federatsiyalar ish boshlaydi. Milliy olimpiya qo„mitasida Jismoniy tarbiya va sport 
davlat qo„mitasi, Milliy olimpiya qo„mitasi, O„zbekiston qishki sport turlari 
assotsiatsiyasi, soha mutaxassislari va homiy tashkilotlar vakillari ishtirokida 
aynan shu masalaga bag„ishlangan yig„ilish bo„lib o„tdi. Sir emaski, so„nggi 
yillarda qishki sport turlarida yurtimiz vakillari xalqaro maydonda maqtashga 
arzigulik natijalarga erisha olishmayapti. Norvegiyaning Lillexammer shahrida 
bo„lib o„tgan XVII qishki Olimpiya o„yinlarida Lina Cheryazova tomonidan qo„lga 
kiritilgan oltin medali evaziga O„zbekiston delegatsiyasi qishki sport turlari 
anchagina taraqqiy etgan Belorus, Finlyandiya, Fransiya, Gollandiya, Xitoy, 
Sloveniya, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi mamlakatlarni ortda qoldirib 
umumjamoa hisobida 67 mamlakat orasida 14-o„rinni egallagandi. Keyinchalik 
delegatsiyamiz birorta qishki Olimpiya o„yinlarini o„tkazib yubormagan bo„lsada, 
afsuski to„rt yillikning eng muhim sport festivalida o„zbekistonlik sportchilar 
boshqa sovrinlarga ega chiqishmadi. Shu boisdan Milliy olimpiya qo„mitasi va 
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo„mitasi mamlakatimizda qishki sport turlarini 
jonlantirish, rivojlantirish va ommaviyligini oshirish tashabbusi bilan chiqishdi.
Yig„ilishda qishqi sport turlari taraqqiyotiga turtki berish, kadrlar tayyorlash 
masalasini yo„lga qo„yish, ishni eng quyi bo„g„in – bolalar sportidan boshlash 
zarurligi ta‟kidlandi. Buning uchun tashabbus guruhi tashkil etildi. Ushbu guruh 
qishki sport turlari bo„yicha to„rtta mustaqil federatsiya faoliyatini yo„lga qo„yish, 
professional mutaxassislarni ishga jalb qilish, federatsiyalarning samarali faoliyat 
yuritishi uchun homiylar va sarmoyadorlarni taklif etish masalalari bilan 
shug„ullanadi. 
Yig„ilish davomida I. Djurayev, O. Kasimov, qishki sport turlari assotsiatsiyasi 
raisi X. To„laganov, yetakchi mutaxassislar so„zga chiqishdi va sohani 
rivojlantirishning eng samarali va qulay yo„li borasida o„z takliflarini bildirishdi. 
Demak yaqin orada O„zbekiston xokkey federatsiyasi, O„zbekiston figurali uchish 
va short-trek federatsiyasi, O„zbekiston kyorling federatsiyasi va O„zbekiston 
chang„i sporti federatsiyalari o„z faoliyatini boshlaydi. Ushbu federatsiyalar 
tarkibiga shuningdek, snoubord, tog„ chang„i sporti, fristayl, tramplindan sakrash 
kabi sport turlari ham kiritiladi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 5 dekabr kuni e‟lon 
qilingan “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to„g„risida”gi farmoniga 
ko„ra Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan 
foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng 
jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal 
rivojlantirishni ta‟minlash, ko„rsatilayotgan turistik, mehmonxona va transport 
xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish kabi vazifalar belgilab berilgan. Shu 
munosabat bilan Chimyon tog„ yon bag„rida yaqin kelajakda tog„-chang„i kurotini 
bunyod etish ham rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 
poytaxtimiz 
markazida 
shahsan 
yurtboshimiz 
Shavkat 
Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan “Humo” ko„p 
tarmoqli muz saroyining qurib bitkazilishi ham mamlakatimizda qishki sport 



turlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muhtasham sport 
inshooti foydalanishga topshirilgach bu yerda bir necha qishki sport turlari 
bo„yicha nufuzli musobaqalar, o„quv mashg„ulot yig„inlarini o„tkazish imkoniyati 
paydo bo„ladi. 
Tashkil etilayotgan federatsiyalar oldiga qo„yilayotgan asosiy vazifalar eng 
avvalo qishki sport turlari bo„yicha bolalar va o„smirlar maktablari faoliyatini 
yo„lga qo„yish va shu orqali yosh avlodni tarbiyalash, raqobatni kuchaytirish va 
terma jamoamizga munosib nomzodlar saralab olish uchun klublar tashkil etish, 
hududlarda federatsiyalar filiallarini ochish va joylarda muz saroylari, qishki sport 
turlari bo„yicha o„quv-mashg„ulotlar bazasini buyod etishdan iboratdir.
Tabiiyki yurtimizda yangi federatsiyalarning ish boshlashi qishki sport turlarini 
yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish va xalqaro maydondagi 
yutuqlarimiz salmog„ini yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Xabaringiz 
bor, 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda qishki sport 
turlarini rivojlantirishga alohida urgʻu qaratilgandi. 
Quvonarlisi, oʻtgan qisqa vaqtda respublikamizda mazkur yoʻnalishni 
ommalashtirish va rivojlantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Bunga 
xokkey boʻyicha birinchi Oʻzbekiston chempionatiga start berilgani, qolaversa 
yaqinda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Jismoniy tarbiya va sport 
vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda sportning qishki va 
murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bilan 
hamkorlikda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan havaskor sportchi yoshlar oʻrtasida 
ilk marotaba “Chimgan Challenge” qishki sport turlari boʻyicha Yoshlar festivali 
oʻtkazilganini misol keltirish mumkin. 
Ilk marotaba Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida tashkil etilgan 
“Chimgan Challenge” qishki sport turlari boʻyicha Yoshlar festivalida 
ishtirokchilar togʻ changʻisi, snoubord hamda kenja sport turlaridan qor ustida 
voleybol boʻyicha oʻzaro musobaqalashdi. 
Yurtimiz quyoshli va issiq oʻlkalar sirasiga kiradi, bizda qorli, sovuq kunlar 
uncha koʻp boʻlmaydi. Shunday boʻlsa-da xalqimiz, ayniqsa yoshlar orasida qishki 
sport turlariga boʻlgan qiziqishning ortib borayotganligi kishini quvontiradi. Buni 
“ChimganChallenge” qishkisportturlariboʻyichaYoshlarfestivalihamtasdiqladi. 
Bu festivalni tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad – yoshlar orasida 
qishki sport turlariga mehr uygʻotish, ularning boʻsh vaqtlarini qishki sport turlari 
bilan band qilish va eng asosiysi, yoshlarimiz orasidan yuksak iqtidor egalarini 
saralab olgan holda mamlakat terma jamoalarini shakllantirish hamda ularda 
raqobatni oshirish. Ochigʻi, soʻnggi yillarda mamlakatimizda qishki sport turlari 
ancha oqsayotgandi. 
Bunga davlatimiz rahbari oʻz vaqtida eʼtiborlarini qaratgan holda yurtimizda 
qishki sport turlarini rivojlantirish va yoshlarni ushbu yoʻnalishga jalb etish, aholi 
orasida sogʻlom turmush tarzini faol targʻib qilish borasida dasturulamal belgilab 
berdilar. Shuningdek, bu borada Vazirlar Mahkamasining chora-tadbirlar dasturi 
ham ishlab chiqildi va ushbu dasturga asosan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 



tomonidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdik. Unga muvofiq, ayni paytda 
qishki sport turlarini barcha hududlarimizda, ayniqsa olis togʻli qishloqlarda 
rivojlantirish va ularga yoshlarni keng jalb qilish, qolaversa shaharlarimizda muz 
saroylarini barpo etish borasida aniq vazifalar belgilab berilgan. Boʻstonliq 
tumanida tashkil etilgan “Chimgan Challenge” qishki sport turlari boʻyicha 
Yoshlar festivali shu yoʻnalishdagi birinchi tadbirimiz. Oʻylaymanki, bu tadbir 
anʼanaviy boʻlib qoladi. Kelajakda biz qishki sport turlariga qiziqadigan va 
iqtidorli yoshlarimizni saralab olgan holda 2022 yili Xitoyda tashkil etiladigan 
qishki Olimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz, - dedi 
sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport 
mahorati maktabi direktori Komiljon Xolmatov. 

Download 54.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling