Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari fanidan ma`ruzani tayyorladi: Katta o`qituvchi A. Yu. Bo`riboyev
Download 326.58 Kb. Pdf ko'rish
|
7-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
1 Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari fanidan ma`ruzani tayyorladi: Katta o`qituvchi A.YU.Bo`riboyev. 7-Mavzu: 1994-2003-yillarda jismoniy tarbiya sohasida qabul qilingan qarorlar va ularning ahamiyati . Reja: 1. 1994-1998-yilda O„zbekistonda jismoniy tarbiyaga e‟tibor 2. 1999-2003-yillarda jismoniy tarbiya sohasidagi qarorlar 3. Qabul qilingan qarorlar va ularning ahamiyatini o„rganish Tayanch iboralar: Mustaqillik, jismoniy tarbiyaga e’tibor, sportning rivojlanishi, jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslari. 1994 yili O„zbekiston Respublikasi milliy olimpiya qo„mitasi (MOQ) Bosh asambliyasining 3-sessiyasi bo„ldi. Unda MOQ ijroiy qo„mitasi va taftish komissiyasining xisobatlari tinglandi. O„zbekiston Respublikasi MOQ nizomiga o„zgartirishlar kiritildi. Sessiyada O„R MOQ Deklaratsiyasi qabul qilindi va Davlat sport qo„mitasi raisi S.S.Ro„ziyev MOQ prezidenti etib saylandi. O„zbekiston Respublikasining milliy Olimpiya Qo„mitasining deklaratsiyasida olimpiya g„oyalariga tayanish, uni hayotga singdirish va jamoalarda XOQ tashkil etilganligining 1100 yilligini targ„ibot qilishi kabi murojaat, chaqiriq, tavsiya va takliflar bayon etilgan. Shu bilan birga, O„zbekiston sportchilari xalqaro sport aloqalarini tobora mustahkamlab bordi. Sharq va Yevropa mamlakatlarida turli uchrashuvlar, turnerlar, bellashuvlarda qatnashib o„z tajribalarini ortirdi. 1994 yilning 2-15 oktyabr kunlarida Yaponiyani Xirosima shahrida XII – Osiyo o„yinlari bo„lib o„tdi. Unda O„zbekiston Respublikasi sportchilari 10 ta oltin, 11 ta kumush va 19 ta bronza, ya‟ni jami 40 ta medalni qo„lga kiritdilar. Baydarkachi sportchi Ivan Kiriv 3 ta oltin medal sovrindori bo„ldi. Alisher Avezboev, Oleg Maskaev (boks), shuxrat Axmedov, A.Rapichev, E.Osmonov (o„q otish), O.Yarigini (nayza uloqtirish), R.Ganiyev (kurash), S.Mo„nkova (balandlikka sakrash) musobaqa g„oliblaridir. Shuningdek futbol jamoamiz finalda XXR jamoasini 4:2 hisobda ajoyib g„alabani qo„lga kiritdi. Umuman olganda XII Osiyo o„yinlari natijalari, ayniqsa futbolchilarimizning yutuqlari O„zbekiston dovrug„ini olamga yoydi. Natijada uch yil ichida jismoniy madaniyat bilan shug„ullanuvchilarimiz soni 5,5 milliondan oshib ketdi. Ulardan ko„pchiligi oshirilgan murakkab normativlarni bajarishga muvaffaq bo„ldilar. Milliondan ortiq kishi esa, salomatliklarini mustahkamlash bilan birga sport seksiyalarida mashg„ulotlarni davom ettirmoqdalar. 200 ga yaqin stadion, to‟rt yarim mingdan ortiq sport zallari, 128 ta cho„milish havzalari, 30 mingdan ortiq o„yin maydonchalari va futbol maydonlari sportchilarga xizmat qilmoqda. 2 Sport kurashi, chavondozlik o„yinlari va musobaqalari yangi sarhadlarga chiqib oldi. Bunga Respublika hukumatining milliy sport turlarini rivojlantirish borasidagi g„amxo„rligi tufayli erishildi. Buyuk ota-bobolarimiz, mashhur tarixiy va davlat arboblariga atab atletikachilarning xalqaro bellashuvlarini o„tqazish yaxshi an‟ana bo„lib qoldi. O„zbekiston vakillari yuksak mahorat namoyish etiladigan bellashuvlarda ham muvaffaqiyatli qatnashmoqdalar. Sportchilarimiz jahon chempionatlarida, olimpiada o„yinlari va xalqaro turnirlarda qatnashib, 686 nishon shu jumladan 232 oltin, 201 kumush, 253 ta bronza medallarini olishga muvaffaq bo„ldilar. Geografik-siyosiy holatimizni hisobga olib, Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga alohida e‟tibor berilmoqda. Chunonchi, O„zbekiston futbolchilari qit‟a chempionati va kubogi musobaqalariga kiritildi. Iste‟dodli bolalarni topish, ularni mahoratini oshirib, yangi sport marralariga olib chiqish murabbiylarning sharafli vazifasidir. Bizda taqlid qilsa arzigulik mahoratli sportchilar bor. 1995 yil 8-9 aprel ko„nlari Termez shahridagi “Alpomish” o„yingohida Sharqning buyuk allomasi al-Xakim at-Termiziy xotirasiga bag„ishlangan II- an‟anaviy xalqaro turnir bo„lib o‟tdi. Turnirda Rustam polvon Ergashev mutlaq g„olib chiqdi. 1995 yil Respublikamizning ko„pgina vakillari xalqaro sport anjumanlarida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, boks bo„yicha birinchi jahon chempioni R.Risqiyev shular jumlasidandir. Jahon chempionatlarida Bobomurod Fayziev, Sayfiddin Xoziev, Sobir Qurbonov (sambo kurashi), Sobirov Ro„ziev (qilichbozlik), Mamajon Ismoilovlarning nomi (ot sporti) dunyo uzra yangradi. Endilikda O„zbekiston sportchilari sobiq tuzum davrida ishtirok eta olmagan barcha olimpiya o„yinlarida qatnashish sharafiga ega bo„lmoqdalar. O„zbekiston 9 olimpiyachilari janubiy Koreyada 5 ta Olimpiya medalini qo„lga kiritdilar. A.Fadziayev va M.Xadarsev erkin kurash bo„yicha yuksak olimpiya mukofotiga erishdilar. R.Gataulim langar bilan sakrashda va N.Muhammaderov shtanga bo„yicha kumush medallar sovrindori bo„lishidi. Mustaqil Respublikamiz vakillari qisqa vaqt ichida xalqaro musobaqalarda ajoyib g„alabalarga erishdilar. Lina Cheryazova friyatayl bo„yicha jahon chempionati va kubogi, qishki olimpiada o„yinlari g„olibi, Xikmatilla Axmedov boks, bo„yicha jahon chempionatida 2-o„rinni, Botir Mamidov Taykvando g‟olibi, Sergey Nodirxonov jahon chempionatida 3-o„rinni, Ramil Islomov erkin kurash bo„yicha yoshlar o„rtasida jahon birinchiligi g„olibi, Navro„z Usmonov Yunonrum kurash bo„yicha jahon birinchiligida 2-o„rinni, Urol Turayev milliy kurash bo„yicha Prezident sovrini sohibi, Yuliya Yankina sambo bo„yicha ikki marta jahon chempioni, Oksana Chusovitina gimnastika bo„yicha Olimpiya o„yinlari chempioni, jahon chempionatida 3-o„rin, Toyirmurod Urusov erkin kurash bo„yicha jahon chempioni Alini Stergiadu Osiyo kubogida 1-o„rinni, Ramil Ataulin, Ruslan Xingarov erkin kurash bo„yicha jahon chempionatida 3-o„rinni egallagan. Ivan Kiriv Baydarka va kakoeda eshkak eshish bo„yicha Osiyo o„yinlari chempioni Zokirjon Sharipov sabo bo„yicha jahon chempionati g„olibidir, 3 bularning nomini yana davom ettirishimiz mumkin. Mana shunday muvaffaqiyatlar Respublikamiz mustaqillikni erishgandan keyin qo„lga kiritildi. Bu davlatimizni jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishga berilgan e‟tiboridir. 1995 yilda Xitoyda og„ir atletika bo„yicha jahon chempionati o„tkazildi (ayni vaqtda olimpiya o„yinlariga yo„llanma olishga) o„zbek og„ir atletikachilari ham qatnashdi. 116 davlat o„rtasida 16-o„rinni egallab, olimpiya o„yinlariga 5 ta yo„llanmani qo„lga kiritdilar. 1996 yili Osiyo chempionatida 3 ta sportchi qatnashdi, shulardan B.Nuralliyev 3-o„rin, I.Xalilov 3-o„rinni oldi. O„zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi “Alpomish” sport saroyida 1995 yil 1-8 oktyabr kunlari boks bo„yicha XVIII Osiyo chempionati bo„lib o„tdi. Unda 19 mamlakatdan ya‟ni O„zbekiston, Qozog„iston, Turkmaniston, Tojikiston, Pokiston, Suriya, Tayland, Singapur, Filippin, Tayvan, Xitoy, Indoneziya, Iroq, Quvayt, Hindiston, Yaponiya va boshqa terma jamoalardan kelgan eng kuchli bokschilar chempionatning medallari bilan bir qatorda Atlantika Olimpiadasiga beriladigan yo„llanmalarni ham qo„lga kirtish uchun ringga chiqdilar. Shu nuqtai nazardan havaskor bokschilar jahon va Osiyo Federatsiyasining prezidenti Anvor Chauri O„zbekistonda jismoniy madaniyat va sport rivojlantirish borasida ulkan ishlar qilinayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shuning uchun O„zbekistonlik bokschilar yirik xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat bilan qatnashmoqda. Osiyo chempionatida bokschilarimizga ikki tomonlama ma‟suliyat yuklandi. Birinchidan ular o„z ona Vatanimizda O„zbekiston sharafini himoya qilishadi. Ikkinchidan, chempionati final jangi fatnashchilari keyingi yili Atlantida bo„ladigan Olimpiadaga yo„llanma olishadi. Eng quvonarlisi 1996 yil iyul-avgust oylarida AQSh ning Altanta shahrida o„tqazilgan XXVI Olimpiada o„yinlarida O„zbekiston sportchilari birinchi marotaba mustaqil komanda bo„lib qatnashdi. Olimpiya o„yinlarida 71 ta sportchi qatnashdi. Ikkita sportchimiz Armel Bogdasarov – kumush medal (dzyudo), Karim To„laganov (boks) bronza medaliga sazovor bo„ldi. Komanda hisobida 58-o„rinni egalladilar. Ayniqsa kurashchilar, bokschilar, yеngil atletikachilar va boshqa sport turlari bo„yicha ko„pgina sportchilar faxrli o„nlikdan joy olishdilar. XOK prezidenti X.A.Samaranch va O„zR birinchi prezidenti I.A.Karimov 4 1996 yilning avgust oyida “Olimpiya shon shuhrati” mo„zeyi tashkil etildi. Uni ochilishda XOQ prezidenti X.A.Samaranch qatnashdi. U diyorimizda olimpiya o„yinlari g„oyalarini tashviqot va targ„ibot qilishda, yanada rivojlanishiga yordam berishini aytdi. 1996 yilning 17 yanvarida O„zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 27 sonli “O„zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi qarori qabul qildi. Bu qarordan keyin barcha BO„SM larda futbol bo„limlari, har bir viloyatda futbol-internatlari ochildi, bu Respublikamizda futbolni rivojlantirishga imkoniyat yaratib berdi. Ona Vatanimiz mustaqillika erishgandan buyon o„tgan vaqt davomida Respublikamiz ko„plab yirik xalqaro turnirlar maskani bo„lib qoldi. Ayniqsa milliy kurash, tennis, futbol bo„yicha uyushtirilgan xalqaro turnirlarning o„tqazilayotganligi va milliy qadriyatlarimiz tiklanayotganligi, sportimiz taraqqiyotini, yurtimizdagi osoyishtalikni namoyish etmoqda. Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, Osiyo va dunyo sporti tarixidan joy oladigan bunday nufuzli musobaqalarni o„tkazishga mustaqilligimiz sharofati ila muyassar bo„lib, turibmiz. Maqsad, mohiyati jihatidan bunaqa salohiyatli sport bayrami Respublikamizda ilk bor o„tkazilmoqda. Bunday musobaqa kelajakda O„zbekistonda Osiyo, Olimpiada o„yinlarini o„tkazish sari tashlangan dastlabki yirik qadam bo„ladi. Toshkentdagi “Paxtakor” Markaziy stadionida bo„lib o„tgan Markaziy Osiyo o„yinlari tantanali ochilishida Xalqaro Olimpiya qo„mitasi prezidenti Xuan Antanio Samarang Osiyo Olimpiya kengashi bosh kotibi Ranjar Singk Toshkent tantanalaridan hayratga tushdi. Ayniqsa mahoratli dorboz Tohir Toshkanboev Olimp ma‟shalasini olib olov yoqiladigan barkash tomonga dor ustidan yurib borganda Samarang ham sevinganidan chapak cholib yubordi. Xullas, Turkiston umumiy uyimiz shiori ostida 1-Markaziy Osiyo o„yinlarining 12-sport turi bo„yicha Toshkentda o„tqazilgan bahs nihoyasiga еtdi. U mitaqamiz kuchli sportchilari mahoratlarini sinovdan o„tqazish bilan bir qatorda Markaziy Osiyo davlatlari o„rtasidagi qardoshlik, do„stlik, hamqorlik rishtalarini yanada mustahkamladi. Respublikamiz sportchilari 1-Markaziy Osiyo o„yinlarida, bir haftalik bahslardan so„ng 158 oltin, 156 ta kumush va 165 brnoza medalini qo„lga kiritishdilar. Qozog„istonliklar 168 ta, Qirg„izistonliklar 67 ta, Turkistonliklar 41 ta, Tojikistonliklar 15 ta medallar bilan taqdirlandilar. Mamlakatimiz sportchilari orasida mohir merganimiz Shuhrat Axmedov eng ko„p-10 ta (6ta – oltin, 3 ta – kumush ,1ta-bronza) medalga sazovor bo„lidi. Uning jamoasini Enver Osmonovlar shunday nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, suzish bo„yicha 2 marta shoxsupaning baland pog„anasiga ko„tarilishidi. Shunday qilib yurtimizga sport – tinchlik elchisi ekani amalda namoyon bo„lib turdi. 1997 yili O„zbekiston jismoniy madaniyat va sport qo„mitasi, Respublika sport kurashlari assotsiyasi va O„zbekiston erkin kurash federatsiyasining tashabbusi bilan “Mustaqillik kubog„i” do„nyoga keldi va o„tgan qisqa davr ichida Gran-pri turkumidagi musobaqalar orasida mo„nosib o„rin topdi. Jahon sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan yuksak baholandi. 5 Mamlakatimizda “Mustaqillik kubog„i”ning yuqori saviyada tashqilashtirilishi 1999 yil erkin, yunon rum va ayollar kurashi bo„yicha XIII Osiyo chempionatini yurtimizda o„tqazilishiga asos bo„ldi. Ushbu nufuzli musobaqada O„zbekiston terma jamoasi 30 dan ortiq Osiyo davlatlari orasida I-o„rinni egallagandi. Qilingan ulkan mehnatlar natijasida aynan Osiyo chempionati ko„nlarida O„zbekiston Prezidenti Islom Qarimov do„nyodagi davlat rahbarlari orasida birinchi bo„lib, Jahon sport kurashlari assotsiatsiyasining yuksak mo„qofati “Oltin marjon” bilan taqdirlandi. “Mustaqillik kubog„i” jahon sport kurashchilari rivojiga ulkan xissa qo„shdi. Shu bilan birga O„zbekiston shuhratini olam ahliga o„ziga xos tarzda ko„z-ko„z etmoqda shu ko„ngacha bo„lib o„tgan Gran-pri turkumidagi ushbu musobaqalarda do„nyoning 60 dan ortiq chiqishgan. Ularning 40 nafaridan oshig„ini turli vaqtlarda Osiyo, Yevropa, Jahon chempionlari bo„lgan sportchilar tashkil etadi. 1997 yilda 13-17 sentyabrda Qozog„istonda ikkinchi Markaziy Osiyo o„yinlari bo„lib o„tdi. Bu bizni bokschilarmiz 6 ta oltin medalni olishiga muvoffaq bo„ldilar (Yuldoshev D, Turg„o„nov T, Abdullaev M, Yarbekov D, Mixaylov S, Chagiev R), 5 ta kumush (Raximov A, Tulyanov T, Xaydarov U, Suleymanov T, Zokirov L) va 1 ta bronza (Toyganboev K) medalini oldilar. 1997 yili O„zbekiston bokschilari Malayziyada o„tqazilgan 19-Osiyo chempionatida qatnashib 3-ta –oltin, 4ta-kumush, 3ta-bronza medalini oldilar. Umum komanda hisobida 1-o„rinni egalladilar. Perzidentimiz tashabbusi bilan 1998 yilida “O„zbekiston iftixori” faxriy o„nvoni ta‟sis etildi. Bu o„nvon Jahon chempionatlari, Olimpiya o„yinlarida g„olib chiqqan eng mashhur sportchilarga beriladi. Faxriy o„nvonning ko„krakka taqiladigan nishoni oltin va kumushdan tayyorlangan. Bu faxriy o„nvon bilan birinchi bo„lib sakqiz nafar sportchimiz taqdirlangan. Abdullaev M, Grig„oryan A, Zokirov L, Tulyanov T, Xujaev Sh, Chagaev R, Cheryazova M, Yusupov O. 1998 yilda sportchilarmiz barcha sport turlari bo„yicha mamlakat birinchiligida va xalqaro musobaqalarda muvoffaqiyatli qatnashib keldilar. 1998 yili boks bo„yicha O„zbekiston terma komandasi Taylandda o„tqazilgan “Kirol Kubog„i” xalqaro turnirida qatnashib 4 ta oltin, 2ta kumush, 1ta bronza medaliga sazovar bo„ldilar. 1998 yil 14-20 iyungacha Xitoyda jahon kubog„i musobaqalarida bizning bokschilarimiz qatnashib 2ta oltin (Abdullaev M, Zokirov L), 1ta kumush (Turg„o„nov T), 3ta bronza medalini (Yuldoshev D, Ataev N, Yarbekov D) olishga muvoffaq bo„ldi. 1998 yilning 22 may kuni Rustam Rajabov hayotidagi unitilmas ko„n bo„lib qoldi. Xuddi shu kuni u “Everest” cho„qqisida O„zbekiston bayrog„ining baland qo„tardi “Qor yo„lbarsi” degan sharafli nomga erishdi. Mard maydonda bilinadi, deymiz Alpinistlarni maydoni esa tog„lar, cho„qqilardir. Eng katta maydon-“Everest” cho„qqisi. Ana shu cho„qqida O„zbekiston bayrog„ini birinchi xilpiratgan baxtli yigit Rustam Rajabovdir. 6 Do„nyo Xalqaro alpinistlar federatsiyasi tashkilotining faxriy kitobi bor. Ana shu Rustam Rajabovning ismi sharifi ham bitildi. Tug„ilgan joyi degan еriga esa zarxal harflar bilan “O„zbekiston” deb yozib qo„yilgan. 1998 yilda Milayziyada suzish bo„yicha Osiyo chempionatida qatnashgan Saida Iskandarova kumush medal bilan taqdirlandi. Shu bilan Butun jahon o„smirlar o„yin Moskva shahrida bo„ldi. Bu musobaqada bizning sportchilarimiz muvoffaqiyatli qatnashdilar. Iqtidorli tennischi Iroda To„laganova juftlik musobaqasida 3-o„rinni oldi. “Bilimdon” (London) turniri yoshlar musobaqasining finalida ishtirok etdi. Shahmatchilarimiz ham ajoyib o„yinlar ko„rsatdilar. Rustam Qosimjonov uchun muvoffaqiyatli keldi. Osiyo chempioni bo„ldi. 1998 yilning 6 sentyabrida “Milliy kurash xalqaro assotsiyasini tashkil etilishi va uning faxriy prezidenti qilib I.A.Qarimov” saylanishining o„zi taxsimlarga sazovordir. Prezidenti – K.Yusurov saylandi. Ayrim sport turlarini bir necha o„n yillar davomida do„nyo tan olmadi, bizning “Milliy kurashimizni” do„nyo еtti yil ichida tan oldi, bu bizning katta yutug„imiz hisoblanadi. 1998 yil 11 sentyabrdagi “O„zbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 392 sonli qarori qabo„l qilinishi katta ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda Respublikamizning barcha viloyat markazlarida tennis maydonlari qurilib ishga tushirildi. Ularning soni 74 tadan oshib ketdi. Toshkentda tennis bo„yicha har yili o„tqaziladigan “Prezident kubog„i”, “Chelendjer” va Andijon, Farg„on, Namangan, Samarqand va boshqa viloyatlardagi “Santellit” turnirlarini o„tqazilishi va ularda bizning kuchli sportchilarimiz Oleg Og„orodov, Vadim Kuseino, Dimitriy Tomashevich, Dimitriy Mazur, R.G„anievlar qatnashib sovrinli o„yinlarni egallashlari bizni juda quvontiradi. Ular Osiyo kubog„i o„yinlari g„olibi, Osiyo o„yinlari jamoa turniri dasturida bronza, medallarini olishib tennisi rivojlanayotganidan daolat beradi. Prezident Kubog„i musobaqasi 1994 yildan boshlib har xil o„tqazilib kelmoqda. Bu musobaqani nafaqat qit‟adagi, balki do„nyoga eng nufuzli tennis turnirlaridan biri sanaladi. Bu fikrimizni ushbu turnirning o„tganligi ATR yilning tarafidan eng yaxshi musobaqasi deb topilishi ham isbotlab turibdi. Kubog„ni qo„lga kiritgan sportchilar Chak Adame (1994, AQSh), Qarim Alami (Marakko, 95), Feliks Mantilya (Ispaniya 96), Tim Xenman (Buyuk Britaniya 97,98), Nikole Kafer (germaniya 99), (Mart Safin 200) va x.k. 2000 yil “Toshkent OPEN” WTA turnirining o„ziga xos xususiyatlaridan biri ushbu turnirlarning tashkil topilganligiga 5 yil tulganligidir. Ana shu davr mobaynida Toshkent turniri turli jihatlaridan takomillashdi hamda mukofot jamg„armasi oshib bordi. Bunday deyishimizga sabab musobaqalar , uch yil davomida (1996-97-98 yillar) “Chelenjer” turniri sifatida o„tqazilgan bo„lsa 1999 yildan boshlab “Toshkent OPEN” WTA turniri maqomini oldi bu turnirda iqtidorli tennischimiz Iroda To„laganova raqiblarini yutib birinchi o„rin egalladi. Yoshlar o„rtasida talantli tennischilarni еtishib chiqishiga katta ta‟sir ko„rsatmoqda. 7 O„zbekiston og„ir atletikachilari o„smirlar o„rtasida o„tqazilgan Osiyo chempionatida qatnashib umum komanda hisobida birinchi o„rinni ishg„ol qildilar. 1998 yilda Mustaqil O„zbekistonni birinchi komandasi osiyo kubog„i uchun o„tqazilgan musobaqalarda komandamiz osiyo kubog„ini qo„lga kiritishdilar (komandamiz jami bo„lib 21 ta medalni qo„lga kiritdilar). 1998 yildagi XIII Osiyo o„yinlarida 8 ta og„ir atletikachilarimiz qatnashib 1ta – kumush, 1ta-bronza medalini olishib, umum komanda hisobida 5-o„rinni egallashdi. 1998 yili AQSh Nyu-York shahrida yaxshi niyat o„yinlarida qatnashgan bokschilarimiz 1 ta oltin (Tulyanov T) va 1 bronza (Erbekov D) olishga muvoffaq bo„ldilar. 1999 yil O„zbekiston sportchilari uchun xalqaro turnirlarga boy yili bo„lib hisoblanadi, chunki sportchilarimiz XXVII-Olimpiya o„yinlari arafasida yirik xalqaro turnirlarda, shular qatorida olimpiya o„yinlariga yo„llanma oladigan saralash musobaqalarida muvoffaqiyatli qatnashdilar. Download 326.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling