Jismoniy tarbiyaning pedagogik usullari kurs ishi kirish I. Bob. Jismoniy tarbiyaning pedagogik usullari
Download 129.65 Kb.
|
Jismoniy tarbiya pedagagik usullari
2.2 Talim uslublarining turkumlari
Tovushli va yorug‘lik signalizatsiyasi harakatning boshlanishi va tugallanishi uchun eshitish va ko‘rishning zaruriy mo‘ljalini vujudga keltiradi. U harakatlar yo‘nalishi amplitudasining muayyan ritm va tezlik darajasini tashkil qiladi. Bayroqchalar, qoziqchalar, tuproqdagi belgilar, metronom zarbasi va h.k. kabi signallarning oddiy o‘xshash usullari, yugurish va uloqtirishning yo‘nalishi va balandligini aniqlaydi. Bajarilayotgan harakat to‘g‘risida tez axborot olish uchun elektr nishon, elektrozvukoliderlar keng tarqalmoqda. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari Havo, quyosh nuri, suvjismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoitda moddiy ne’mat yaratish, yashashga majbur qiladi. Tabiatning in’omi- havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir. Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashturuvchi kuchidan foydalanish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tashkil etish va o‘tkazish sharti hamda chiniqtirishning mustaqil vositasi sifatida; 2. Odamlar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishning muhim vositasi sifatida. Jismoniy tarbiya jarayonini ochiq havoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan foydalanib, jismoniy mashqlar bajarish samara beradi. Cho‘milish, oftobda toblanish, havoning issiq sovug‘i, jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi Quyosh nuridan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha alohida, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa alohida xususiyatlarini hisobga olinmasdan toblansa, uning ta’siri turlicha bo‘ladi. Jismoniy mashqlarning me’yori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini e’tibordan chetda qoldirish tabiatni sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi ko‘chuvchan bo‘ladi, ya’ni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mehnat, harbiy xizmat)da namoyon bo‘ladi va jismoniy tarbiyaning hayotiy-amaliyligini oshiradi. Qolaversa, ruhiy-irodaviy xislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, me’yorsiz yuklamaga chidash, vaznsizlik holatiga tez moslashishdek vazifalar oson hal bo‘ladi. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchidan foydalanishning asosiy talablaridan biri ularni jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda majmuali qo‘llash, birga qo‘shib olib borishdan iboratdir. Chunki ularni birgalikda samarali qo‘llash insonning sog‘lig‘ini mustahkamlashga hamda jismoniy qobiliyatlarini o‘stirishga imkon beradi. Oqilona me’yorni aniqlash vaqtida o‘quvchilarning xususiyatlarini va pedagogik vazifalar xususiyatini hisobga olish lozim. Bu, birinchidan, jismoniy tarbiya jarayonidagi chiniqtirish samarasining mehnat va o‘quv faoliyatiga o‘tkazilishini ro‘yobga chiqaradi; ikkinchidan, ko‘proq yuqori yuklamalarni qo‘llash uchun imkoniyat yaratadi, demak, ish qobiliyatini o‘stiradi; uchinchidan, ortiqcha yuklama ta’siriga, titrash va tebranishga organizmning qarshiligini oshiradi va h.k.; to‘rtinchidan, iroda sifatini yuqori darajaga ko‘taradi. Shug‘ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish, havoning o‘zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o‘zgarishlarga tez moslashishi individning yoshligidan yo‘lga qo‘yishni samarasi katta. Har tomonlama chiniqtirish tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo‘shib olib borilishi tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga organizmning qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi. Jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tamoyilini hayotga singdirish uchun jismoniy mashg‘ulot inson hayot faoliyatining uzviy qismi bo‘lib qolishi kerak. Boshqa tomondan, jismoniy mashqlar samaradorligi faqat zaruriy gigienik mezonlarga rioya qilingan taqdirdagina eng yuqori bo‘ladi. O‘ziga xos vositalar sifatida gigienik omillar jismoniy tarbiyaning to‘laqonli vazifalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Pedagogik jarayon qanchalik yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lmasin, mashg‘ulotlar sanitariyaga zid sharoitlarda o‘tkazilsa, uyqu va ovqatlanish tartibi buzilsa, u kutilgan samarani bermaydi. Mana shuning uchun ham jismoniy tarbiyaning maktab dasturida o‘quvchilar uchun gigienik bilimlar hajmini aniqlovchi nazariy bilim asoslari berilgan. Gigienik omillar shartli tarzda ikki guruhga bo‘lingan: 1. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda, mashg‘ulotlarning to‘laqonli o‘tishi uchun shart-sharoit bilan ta’minlovchi vositalar: mehnatning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi me’yori, o‘qish, turmush, dam olish, ovqatlanish vositalari; 2. Jismoniy tarbiya jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan vositalar: gigienik me’yorlar bilan muvofiqlikda dam olish va yuklamalarning optimal tartibi, tashqi sharoitlar yaratish (havoning tozaligi, yetarlicha yorug‘lik darajasi va boshqalar). Gigienik omillar mehnat, dam olish, ovqatlanish, tevarak-atrofdagi muhitning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi tadbirlaridan iboratdir. Jismoniy tarbiya uchun zarur bo‘lgan gigienik sharoitlarni ta’minlashda moddiy-texnik baza, sport jihozlari, asbob-anjomlar va kiyim-kechakning qanday ahvolda ekanligi katta ahamiyatga egadir. Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi talablarini o‘z ichiga olib, mehnat gigienasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muhitning zararli omillari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish mashg‘ulotlarida gigienik talab va me’yorlarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, samaradorligini oshirishini ilmiy, amaliy jihatdan isbotlangan. Jismoniy mashqlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni muntazam ravishda tartibli qo‘llash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Jismoniy tarbiyada o‘qituvchidan o‘qitishning predmeti sifatida amaliy harakatlarni va maxsus mashg‘ulot o‘tkazishning muayyan uslublarini bilish, o‘quvchilardan esa ta’limning usullarini egallash talab qilinadi. O‘quvchilarni bilmaslikdan bilishga, xabarsizlikdan xabardorlikka qanday yetaklab borish - o‘qituvchi faoliyatining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim berishning uslublari ko‘p, biroq ulardan birortasi ham universal bo‘la olmaydi. Ta’lim uslublarining tavsiflarini bilish – bu uslublar xilma-xilligi orasida to‘g‘ri yo‘l topib olishga va o‘qitish vazifalarining eng samaradorlarini tanlashga imkon beradi. O‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish usullari, o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazishi, o‘quvchilarning o‘z ishlari – bularning hammasi uslublarga va uslubiy usullarga tegishli. Ta’limning sharoitlari va didaktik vazifalari bilan muvofiqlikda har qaysi uslub turli usullar yordami bilan amalga oshiriladi. Masalan, ko‘rsatish uslubining har xil usullari mavjud. Uslubiy usul – bu ta’limning aniq vazifalari bilan muvofiqlikda uslubning o‘rgatilish vazifasini amalga oshirish usulidir. Binobarin, har bir uslubning ichida, uning xilma-xil uslubiy usullaridan foydalaniladi. Usul aniq sharoitlarda o‘ziga muvofiq uslubni qo‘llashga imkon beradi. Aynan shuning uchun ta’limning har qanday bosqichida va har qanday kontingentdagi odamlar bilan ishlash, xilma-xil didaktik vazifalarni yechish vaqtida u yoki bu uslubdan foydalaniladi. Ayni paytda har qaysi uslubiy usullardan faqat ayrim hollardagina foydalaniladi. Demak, ular juda kam hollarda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, uslubiy usullar zahirasi qancha boy bo‘lsa, uslubning qo‘llanish diapazoni shunchalik keng bo‘ladi. Uslubiy usullar shunchalik ko‘pki, ularni biror-bir hisobga kiritib bo‘lmaydi, ulardan ba’zilari yo‘q bo‘lsa, boshqalari ko‘rinishini o‘zgartiradi, o‘qituvchining ijodi bilan yangilari yaratiladi. O‘qitish darajasidagi farq aynan uslubiy usullarning har xil hajmi bilan tushuntiriladi. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama: o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi. Shuning uchun o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan ta’lim uslubi ham, binobarin, uning uslubiy usuli ham bu nafaqat informativ bajaruvchi va boshqaruvchilik vazifasi (o‘qituvchi tushuntiradi, ko‘rsatadi, buyruq beradi va h.k., o‘quvchi tinglaydi, eshitadi, mashqni bajaradi), balki o‘qituvchining yetakchilik roli va boshqarib borishida o‘quvchilar bilan har doim o‘zaro bog‘liqlikni talab etadi. Biroq bu aloqa birinchi qarashda tuyulganidan ko‘ra xiyla murakkabdir. Tashqi belgilari bo‘yicha o‘quvchining harakati, odatdagidek, o‘qituvchining talablariga aynan o‘xshashdir. O‘qituvchi mashqni tushuntiradi va ko‘rsatadi, o‘quvchi uni bajarishga intiladi. Ammo o‘quvchining harakatlarida kuzatuvchining nigohidan yashirin yana bir tomoni bor. Bu ta’limga undovchi motiv, bilish faolligining darajasi, o‘quvchilar eshitgan axborotni o‘zlashtirish jarayonidir. Bu barcha ruhiy jarayonlarning tahlili uchun haddan tashqari murakkab, chunki o‘quvchining ayni bir xil kuzatiladigan harakati har xil sifat asosiga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, ikki o‘quvchi o‘qituvchi ko‘rsatgan harakatni bir xil esda olib qoladi. Binobarin, ayni bir xil uslubdan foydalanish vaqtida o‘quv materialini o‘zlashtirishda ba’zi bir variativlik har doim mavjud. O‘qituvchi buni hech qachon unutmasligi kerak. Har bir aniq holatda u yoki bu uslubni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi qator talablarga rioya qilinganidagina ta’minlanadi. Uslubning ilmiy asoslanganligi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdan olingan samaraning tarbiyaviyligi, ilmiyligi va sog‘lomlashtirishini ta’minlaydi. Ta’limning dars oldiga qo‘yilgan vazifalar bilan muvofiqligi. Dars vazifalarining aniq belgilanishigina ta’limga nisbatan to‘g‘ri uslubni tanlash imkonini beradi. Misol uchun, “oyoqlarni bukib” yugurib borish usuli bilan uzunlikka sakrashni o‘rgatish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda uslubni aniqlashning qiyinligi ma’lum bo‘lib qoladi. Chunki vazifa bunday umumiy ifodalanganida, teng darajada umuman o‘rgatish uslubidan ham, harakatni qismlarga bo‘lib o‘rgatish uslubidan ham foydalanish mumkin. Ko‘proq aniq vazifalarda, masalan, uzunlikka sakrash uchun yugurib borishni o‘rgatishda harakatni qismlarga taqsimlab o‘rgatish zaruriyati vujudga keladi. Ta’limning tarbiyalovchi xarakterini ta’minlash. Har qaysi tanlangan uslub ta’limning nafaqat samaradorligini, balki o‘quvchining bilish faolligini tarbiyalashni ham ta’minlashi kerak. Shuning uchun bolaning tashabbusini buzib qo‘yadigan, harakatlarni faqat mexanik tarzda esda saqlashni talab qiladigan uslublardan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ta’limning tamoyillar bilan muvofiqligi. Ta’lim uslubiy tamoyillarning barcha tizimlariga tayanishga majburdir. Uslubning alohida olingan tamoyil bilan aloqasini bir tomonlama izohlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, agar o‘qituvchi ko‘rsatish uslubidan foydalansa, u holda ko‘rgazmalilik tamoyilini to‘la ta’minlagan bo‘ladi. Ma’lumki, bu tamoyilni uslublar tizimi orqali singdirish mumkin. O‘quv materialining ta’lim uslublariga muvofiqligi. Ta’lim uslublari jismoniy mashqlarning barcha turlari uchun bir xil. Shu bilan birga, ularning har biri o‘zining xarakteri va murakkabligi bilan muvofiqlikda ta’limning o‘ziga xos usullarini talab qiladi. Masalan, ba’zi bir umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish vaqtida so‘z uslubi bilan chegaralanadilar. Yengil atletika mashqlarini o‘rgatish vaqtida ko‘rsatish uslubidan ham foydalanish kerak. “Oddiy mashqlarni” o‘rgatish vaqtida umuman o‘rgatish uslubi qo‘llaniladi. “Murakkab mashqlar”ni o‘zlashtirish vaqtida yondashtiruvchi mashqlarni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. XULOSA Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini, hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport pedagogik mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak kadrlarga “Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi” fani bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Talabalarga gimnastika turlarining mashq elementlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish, harakatli o‘yinlar bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, harakatli o‘yinlar tashkil qilish va o‘tkazish, ularni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni o‘qitishda qo‘llanadigan turli usullar bilan nazariy va amaliy tanishtirish, jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarini amalda bajarish orqali amaliyotga tadbiq etiladi hamda ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. Fanning vazifasi – Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarga gimnastikaning mashq elementlarini o‘rgatish, harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish, o‘yinlarni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish hamda tashkil etishni o‘rgatish, gimnastika, harakatli o‘yinlarni kelib chiqishi, qisqacha tarixi, turkumlari, rivojlanish bosqichlari, pedagogik ahamiyatini anglatish, gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlarni tasnifini anglatish, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rgatish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. Download 129.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling