Jismoniy tayyorgarlikning pedagogik


Tezkor va tezkor-kuch chidamkorligi


Download 342.5 Kb.
bet26/32
Sana23.04.2023
Hajmi342.5 Kb.
#1384575
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
yosh voleybolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish yollarini aniqlash

Tezkor va tezkor-kuch chidamkorligi

Tezkor va tezkor-kuch chidamkorligi – bu maydoncha bo‘ylab harakatlanish va o‘yin malakalarini katta tezlikda ko‘p marta samarali ijro etish imkoniyatini anglatadi. Ushbu sifatlarni rivojlantirish yuqori tezlikda ijro etiladigan maxsus mashqlarni ko‘p martalab qaytarish yordamida amalga oshiriladi.


46
Bu sifatlarni rivojlantirishda o‘ta charchash yoki zo‘riqish hollarini oldini olish uchun katta tezlik bilan ijro etilayotgan mashqlar (yoki mashqlar majmuasi)ning bir marta qaytarilishi 20–30 s bo‘lishi, mashqlarni ijro etish oralig‘i (dam olish) 1–3 daqiqa, qaytarilish soni esa 4–10 martaga teng bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Namunaviy mashqlar:



  • «mokkisimon» yugurish;

  • «archasimon» yugurish;

  • «yulduzsimon» yugurish;

  • maydonchada diagonal yo‘nalish (X)da yugurish;

  • shu mashqlarni og‘irlik moslamalar bilan bajarish;

  • 2, 3, 4-zonalarda to‘siq qo‘yish taqlidi;

  • 2, 3, 4-zonalarda zarba berish taqlidi;

  • turli zonalarda to‘pni yiqilib «olish» taqlidi va hokazo.



Sakrash chidamkorligi

Zamonaviy voleybolda deyarli barcha o‘yin malakalari (to‘p kiritish, qabul qilish va uzatish, zarba berish va to‘siq qo‘yish) aksariyat hollarda sakrab ijro etiladi. Demak, bir uchrashuv (o‘yin) davomida sakrab o‘yin malakasini ijro etish juda ko‘p marta qaytariladi. Shuning uchun bu sifat aslida tezkor-kuch sifatini ifoda etsa-da, uni rivojlantirishga va bu sifatni tarbiyalovchi mashqlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.


Namunaviy mashqlar:



  • 20 kg shtanga (yoki biror yuk) 1,5 daqiqa o‘tirib turish;

  • oyoq va belga joylashtirilgan og‘irlik moslamalari bilan imkoni boricha

sakrash;

  • 1 daqiqa davomida har 30 s dam olishdan so‘ng to‘siq malakasini taqlid qilish (3–5 marta);







Download 342.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling