Maxsus chaqqonlik
O‘yin davomida keskin o‘zgarib turuvchi o‘yin vaziyati texnik-taktik malakalarni shu vaziyat talabiga mos ravishda ijro etilishini taqozo etadi:
to‘siqlar osha (3 ta ketma-ket to‘siqdan) oldinga va orqaga chopish-to‘siq qo‘yish-sakrab zarba berish;
yiqilib to‘pni qabul qilish – sakrab to‘p uzatish taqlidlari.
48
Maxsus egiluvchanlik
Voleybol o‘yinida ijro etiluvchi texnik-taktik malakalarni samarali ijro etishda egiluvchanlik sifatining ahamiyati alohida o‘rin egallaydi. Voleybolchining egiluvchanligi o‘ziga xos optimal amplitudada rivojlangan bo‘lishi lozim. Me’yoridan ortiq yoki kam amplitudaga ega egiluvchanlik o‘yin malakasining ijro etilish samarasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan: ko‘krak bilan yiqilib to‘pni qabul qilishda ortiq-amplitudalik egiluvchanlik jarohatlanishga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Maxsus egiluvchanlikni tarbiyalash uchun egilish, bukilish, yozilish, burilish va bo‘g‘imlarni «qisish»ga oid mashqlarni bajarish mumkin.
Namunaviy mashqlar:
tik turgan holatda tananing tos-bel qismidan aylanma (o‘ng va chap tomonga) harakatga keltirish;
Maxsus jismoniy sifatlar taraqqiyotini baholashda qo‘llaniladigan test mashqlari va ko‘rsatkichlari
Sakrash chidamliligi:
Chopib kelib 2 (4)-zonalardan erkaklar uchun 3 min, ayollar uchun 2 min davomida zarba berish mashqini bajarish. Mashqni ijro etish shiddati erkaklar uchun bir minutda 12 zarba, ayollar uchun – 10 ta. Ushbu test samarasini baholashda to‘pni ikkita 3x3 nishonga tushirilishi hisobga olinadi. Zarba berish uchun chopib kelish 3 metrli chiziqdan boshlanib, har bir zarbadan so‘ng voleybolchi tezlik bilan dastlabki joyga qaytib keladi va mashq shu tarzda davom ettiriladi. Nishonlar maydonchaning 3 metrli chizig‘i ortiga yon chiziqlarga tutash chiziladi. Zarba har bir nishonga navbatma-navbat beriladi. To‘rga tegib ketgan to‘p, maydondan tashqariga chiqqan va nishonga tushmagan to‘p hisoblanmaydi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |