Jismoniy tayyorgarlikning pedagogik


Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi


Download 342.5 Kb.
bet4/32
Sana23.04.2023
Hajmi342.5 Kb.
#1384575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
yosh voleybolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish yollarini aniqlash

Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi: yosh voleybolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish yo’llari aniqlandi;
yosh voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi aniqlandi.


Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati.
7
-bitiruv malakaviy ishini xulosa va amaliy tavsiyalaridan, umumiy o`rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o`qituvchilarining darsdan keyingi voleybol to`garagida; bolalar va o`smirlar sport maktablarining voleybol bo`yicha sport murabbiylarini o`z ish faoliyati jarayonida; oliy o`rta maxsus ta`lim muassasalaridagi o`quvchilarga, o`quv yurtlarida talabalarga va malaka oshirish kurslaridagi tinglovchilarga ma’ruzalar o`qishda; ilmiy-uslubiy va o`quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratishda foydalanish mumkin.


Ishni sinovdan o`tish: bitiruv malakaviy ish sport faoliyati kafedrasida ma`ruza qilingan va muhokamadan o`tgan.


Bitiruv malakaviy ishini tuzilishi: bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, umumiy hulosa va amaliy tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib 60 betni tashkil qiladi, unga 2 ta jadval kiradi
8
I-BOB. JISMONIY TAYYORGARLIKNING PEDAGOGIK


ASOSLARI.


1.1. Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va asoslari

Bugungi voleybol o‘yinining mohiyati, jumladan texnik-taktik harakatlarining ijro etilishi aksariyat «havoda», ya’ni tayanchsiz holatda amalga oshirilishi bilan farqlanadi. Sakrab zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, yiqilib to‘p qabul qilish, to‘p kiritish bunga yaqqol misol bo‘laoladi. So‘nggi yillarda o‘yin qoidalarining keskin o‘zgarishi (tanani barcha qismi bilan to‘p qabul qilish, hisobni tay-breyk tizimida olib borilishi, «libero» o‘yinchisining joriy etilishi, o‘yinchi almashinuvining to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilishi, to‘rning pastki qismiga tegishga ruxsat berilishi va h.k.) o‘yin sur’atini yanada jadallashishiga olib keldi. Mutaxassislar tomonidan aniqlanganki, har bir musobaqa o‘yinida voleybolchilar 300-600 marta, hatto undan ko‘p sakrab ijro etiladigan texnik-taktik malakalarni bajarar ekanlar. Agar o‘yindan oldingi «razminka» davomidagi sakrashlar, o‘yin vaziyatlarida to‘psiz ijro etiladigan chalg‘ituvchi sakrashlar e’tiborga olinsa, qayd etilgan sakrashlar hajmi yanada ortadi. Bordi-yu bu sakrashlarning yillik hajmi nazarda tutilsa, zamonaviy voleybolda yuksak natijaga erishish qanchalik jismoniy imkoniyatlarga bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi.


Demak, jismoniy tayyorgarlik texnik-taktik tayyorgarlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, yuksak sport mahoratini ta’minlanishida poydevor sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.





Download 342.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling