Jismoniy tayyorgarlikning pedagogik


Jismoniy sifatlarni tarbiyalash


Download 342.5 Kb.
bet8/32
Sana23.04.2023
Hajmi342.5 Kb.
#1384575
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
yosh voleybolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish yollarini aniqlash

1.2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash,


Tezkorlikni tarbiyalash

Tezkorlik deb, muayyan faoliyatni qisqa muddat ichida ijro etilishiga aytiladi. Tezkorlik namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakllari mavjuddir:





  1. Harakat reaksiyalarining latent (yashirin) vaqti.

  2. Ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik bo‘lganda).

  3. Harakatlar chastotasi.

Tezkorlik namoyon bo‘lishining shakllari bir-biriga nisbatan bog‘liq emas. Ko‘rsatib o‘tilgan uchta shaklning birgalikda kelishi tezkorlik namoyon

bo‘lishining barcha hollarini belgilaydi. Biroq murakkab-koordinatsion yaxlit harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga ham bog‘liq. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi kishining tezkorligini faqat bilvosita ifodalaydi.


Kishining tezlik qobiliyatlari umuman o‘ziga xos bo‘ladi. Faqat bir-biriga o‘xshash harakatlardagina tezkorlik to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita bir-biriga ko‘chishi mumkin.




Tezkorlikning fiziologik va bioximik asoslari. Reaksiyaning latent vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat:



  1. retseptorda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi;

  2. qo‘zg‘alishni markaziy nerv sistemasiga uzatish;

  3. qo‘zg‘alishning nerv yo‘llari bo‘ylab o‘tib borishi va effektor signal hosil bo‘lishi;




  1. signalning markaziy nerv sistemasidan mushakka o‘tkazilishi;

  2. mushakning qo‘zg‘alishi va unda mexanik faollikning paydo bo‘lishi. Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xususiyatlarga ko‘ra

sustroq harakatlardan farq qiladi. Bular orasidagi eng muhim farq shundan iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog‘lanishlar hosil bo‘lishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslarni tashib ulgurolmaydi. Tezlik juda katta bo‘lganida harakatlarni yetarlicha aniqlik bilan bajarishning qiyinligi mana shu bilan bog‘liqdir.


13

Download 342.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling