Jiszax davlat pedagogika Universiteti magistranti Ibragimov Umid Sobirjonovichning ‎Magistr‎ akademik darajasini ‎olish uchun yozilgan “Cholg‘u ijrochiligi darslarida


Download 14.67 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.67 Kb.
#1599715
Bog'liq
taqriz ichiki


Jiszax davlat pedagogika Universiteti magistranti Ibragimov Umid Sobirjonovichning ‎Magistr‎ akademik darajasini ‎olish uchun yozilgan “Cholg‘u ijrochiligi darslarida o‘quvchilarni ijro texnikasini rivojlantirishninig zamonaviy metodlari ” mavzusidagi 70111301- “Musiqiy ta’lim va san’at yo’nalishi” magistrlik dissertatsiyasiga


Taqriz
O’zbek xalqining boy musiqiy merosini targ’ib va tashviq qilish uchun yurtimizda ko’p harakatlar qilinmoqda. 2003 yilda YuNESKO tomonidan “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi” sifatida ro’yxatga olinishi bu muhtasham san’atning hozirgi sharoitda rivojlanishi, ayniqsa yosh avlod orasida e’tibor topishi uchun muhim zamin bo’ldi.
O’zbek cholg‘u asboblari va ijrochiligi haqida tegishli ma’lumotlarni to‘plash hamda cholg‘ularga bag‘ishlab yaratilgan adabiyotlar haqida yaxlit ma’lumotlar jamlangan manbaga ega bo‘lishdan iboratdir. Ushbu adabiyotlar o‘quvchiga ilk tanishuv va davomiy faoliyatida yo‘lboshchi bo‘lsin. Shu bois, unda xalq cholg‘ularining tarixiy kelib chiqish jarayoni, shakl-tuzilish va ko‘rinishi bilan bog‘liq tomonlari, ijro uslublari va ularga tegishli janrlar hamda nufuzli ijrochilar haqida o‘rta ta'lim tizimi o‘quv talabiga mos holda umumlashgan ma'lumotlar yoritilgan. Bu, albatta, ushbu fan o‘qituvchilari uchun xalq cholg‘ulari bo‘yicha ko‘zlangan ta’lim kursidan bilim berishni umumnazariy hamda amaliy holda olib borishlari uchun yo‘naltiruvchi manba sifatida xizmat qilishi mumkin. O‘quvchilar esa milliy cholg‘ular haqida tarixiy, nazariy, amaliy manbalar xususida muayyan tushunchaga ega bo‘ladilar.
Ibragimov Umid Sobirjonovichning ‎Magistr‎ akademik darajasini ‎olish uchun yozilgan “Cholg‘u ijrochiligi darslarida o‘quvchilarni ijro texnikasini rivojlantirishninig zamonaviy metodlari ” mavzusidagi 70111301- “Musiqiy ta’lim va san’at yo’nalishi” bo’yicha Magistr‎ akademik darajasini olishga muvofiq deb hisoblayman va dissertatsiyani himoya qilishga tavsiya etaman.
Taqrizchi;
Download 14.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling