JizPi instituti Arxitektura va Qurilish fakulteti 241-22 st va ktle talabasi Egamberdiyev Dinmuhammadning Qurilishda Axbarot texnaloogiyalari fanidan Mustaqil ishi Tayyorladi: Egamberdiyev d tekshirdi: Ibragimov Z


Elektron kalitlar va sertifikatlar


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana18.12.2022
Hajmi1 Mb.
#1030786
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Axbarot 17-18 mustaqil ish

Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda 
elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron hujjatning 
kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo‘llanilishi mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar 
- bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko‘ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun 
hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini 
tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat. 
Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi 
2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi. 
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi. 
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish 
hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan 
shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini 
belgilaydi. 
Elektron raqamli imzo nega kerak va uni qanday olish mumkin? 

 
ШУҲРАТ САТТОРОВ
  

24244 

09.09.2016 14:06 


Kundalik faoliyat raqamli platformaga ko‘char ekan, virtual tarmoqda erkin va xavfsiz, ishonchli harakatlanish, shaxsni tasdiqlash va jarayonlarni 
amalga oshirish uchun har bir kishiga elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining bugungi qonunchilik 
talablariga ko‘ra, elektron raqamli imzo bo‘lmagan taqdirda, davlat organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanib, shuningdek Yagona 
interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladigan xizmatlardan ham foydalanib bo‘lmaydi. Xususan, biror davlat idorasiga ariza, murojaat
taklif yuborish uchun ham, sizning shaxsingizni tasdiqlaydigan, o‘zaro ishonchli hamkorlikni ta’minlaydigan elektron raqamli imzoga ega 
bo‘lishingiz kerak bo‘ladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling