Жиззах Давлат Педагогика Университети 2022 йил 4-ноябрь Халқаро конференция


Download 19.69 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi19.69 Kb.
#1179985
Bog'liq
Asadov Doniyor

Жиззах Давлат Педагогика Университети 2022 йил 4-ноябрь Халқаро конференция





USTOZ-SHOGIRD” ANANALARIDA YOSHLARIMIZ – YANGI O‘ZBEKISTONNING POYDEVORI VA BUNYODKORIDIR

O’zbekiston respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot kammunikatsiya texnalogilari va aloqa harbiy instituti kursanti Asadov D.Y;


O’zbekiston respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot kammunikatsiya texnalogilari va aloqa harbiy instituti Professor Beknazarov A.A
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoevning maruzalarida, nutqlarida va ommaviy chiqishlarida ustoz-shogird ananalariga jiddiy etibor qaratilganligining guvohi bo’lamiz. Shunday ekan biz yoshlar, Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi «virusi» tarqalishining oldini olishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan.
Kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yoshlarning bugungi ta’lim-tarbiyasi ertangi kunimizni belgilab beruvchi muhim omildir. Shu bois ham O‘zbekistonda yoshlar bandligini ta’minlash, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, o‘z iqtidorini to‘la-to‘kis namoyon qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bundan tashqari, ularning ijtimoiy, huquqiy himoyasi ham doimiy diqqat markazida. Ko‘rinib turibdiki, yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Yurtimizda 30 iyun – Yoshlar kuni deb e’lon qilinib, turli soha va tarmoqlarda yuksak natijalarga erishib kelayotgan yoshlarimiz uchun «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti, «Kelajak bunyodkori» medali ta’sis etildi.
Kelajagimizning qanday qurilishi, qanday yangilanish va o‘zgarishlar yuz berishi vatanparvar yoshlarimizga bugun berayotgan e’tibor natijasiga bog‘liq. Ularni fidoyi, vatanparvar, ham intellektual, ham jismonan barkamol etib tarbiyalash asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan, bu sa’y-harakatlar zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan. Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan hujjati – 2016 yil 14 sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonun ekanida ham ramziy ma’no mujassam.
Qolaversa, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi sa’y-harakatlarni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi O‘zbekiston tarixida yoshlar ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.
O‘zbekiston rahbari bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xalqaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillardan biri sifatida asoslab berib, ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda, BMT minbarida turib Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifini ilgari surdi. Quvonarlisi, bu xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olindi.
Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, «Yoshlar daftari» singari bir-birini takrorlamaydigan tizimlar yaratildi. Kam ta’minlangan yoki boquvchisi yo‘q oilada ulg‘ayayotgan yoshlar uchun kam foizli kreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, kasanachilik, chorvachilik va shu kabi kichik biznes bilan shug‘ullanishni istagan yoshlarga tuman hokimliklari tomonidan amaliy ko‘mak berilmoqda.
Hozirgi globallashuv zamonida texnologiyalar barcha uchun birdek qiziq va ahamiyatli bo‘lib qolmoqda. Shu bois yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish dolzarbligicha qolmoqda. Ilg‘or xalqaro tajribalar asosida barcha hududlarda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilishi yo‘lga qo‘yildi.
Ma’naviyat – insonni kamolotga yetaklaydigan asosiy kuch. Har bir bola kelajakda ma’naviy komil inson bo‘lib shakllanishida o‘smirlikda olgan tarbiyasi, ta’limining ahamiyati beqiyos. Yoshlarda kitobxonlik ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida, yangidan-yangi tashabbuslar amalga oshirilib, respublika bo‘ylab kitobxonlikka targ‘ib qiluvchi turli ko‘rik-tanlovlar, tadbirlar, festivallar o‘tkazib kelinmoqda.
Muxtasar aytganda, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish maqsadida bugungi kunda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalarda jami 131 nafar boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va 564 nafar sardorlari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, harbiy qism va muassasalarda 131 ta yoshlar xonalari mavjud.
Vazirlik tasarrufidagi istiqbolli yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, o‘quvchi yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik ishlar samaradorligini oshirish, ularni izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tizimda «Yosh rahbar xodimlar» rezervi shakllantirilib, bugungi kunda jami 115 nafar yosh xodim turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etiluvchi yoshlar qatlamiga yurt ravnaqini ta’minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti.
Download 19.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling