Jizzali non


Download 32.98 Kb.
bet19/20
Sana24.12.2022
Hajmi32.98 Kb.
#1060126
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
O`zbek milliy taomlari

Ko`k somsa I

Bunday somsa yilda bir - ikki marta, bahor oylaridagina tayyorlanishi mumkin bo'lganligi uchun ham tansiqdir. Oshqovoq somsada aytilganidek xamir qoriladi va yoyiladi. Qiymasi navbahorda ilk ko'karib chiqqan otquloq, jag' - jag', yalpiz, yo'ng'ichka, machin, sho'ra, chumchuqko'z, beda, ismaloq, qoqiut, gazandao't kabi dorivor giyohlardan tayyorlanadi. Ko'katlarni saralab, 4 - 5 maratoba yuvib, suvi silqigach, mayday qitqasiz yoki chopasiz. Bunga bosh piyoz, ko'k piyoz, sarimsoq ko'ki, jizza yoki qo'y yog'i, tuz va murch qo'shasiz. Tayyorlab qo'yilgan har bir jildga bir osh qoshig'ida ko'k qiymadan solib to'rtburchak shaklida somsalar tugasiz va tandirning jag'iga yopib pishirasiz. Masalliq; xamiri uchun 500 gr oq un, 25 gr xamirturush,1 stakan iliq suv, 1 choy qoshig'ida tuz; qiymasi uchun bahorda yangi ko'karib chiqqan turli dorivor giyohlardan biri (bir necha xilini qo'shib tayorlasa ham bo'ladi) 500 gr, bir bog' ko'k piyoz, bir bog' sarimsoq koki, bir bog' ukrop, 2 - 3 bosh oq piyoz, 100 gr jizza yoki 50 gr charvi yog', 4 dona tuxum, ta'bga ko'ra tuz va murch olinadi.
Ko`k somsa II

Oddiy xamir (xamirturushsiz) qoriladi. Sochiqqa o'rab 10 - 12 minut tindirib olingandan so'ng 50 grammli zuvalachalar yumaloqlaysiz. Har bir zuvalachani jo'va bilan yoyib jild hozirlaysiz. Har bir jildga bir osh qoshig'ida ko'k qiymadan solib, ikki buklab chetlarini yopishtirsangiz, yarimoy shaklidagi somsalar hosil bo'ladi. Qiymasini tayorlash uchun yuqoridagi reseptda ko'rsatilgan giyohlardan olib, mayday qirqib, bunga yana boshpiyoz, ko'k piyoz, sarimsoq ko'ki, jizza yoki mayda to'g'ralgan charvi yog', qattiq pishirib to'g'ralgan tuxum, ta'bga ko'ra tuz va murch qo'shib aralashtirasiz. Ushbu ko'k qiymani qo'y yog'ida jazlab olinadi. Buning uchun charvi yog' yoki dumba yog'ni mayday to'g'rab, eritib, jizzasini olib ko'kat qiymaga qo'shasiz, yaxshi dog' bo'lgan yog'ga ko'k qiymani solib dam kavlab, dam dimlab tursangiz, hajmi ancha kamayib, seli chiqadi. Ana shu paytda olib laganga solib yoyib - yayratib sovutasiz. So'ngra jildlarga solib yarimoy shaklidagi somsalar tugasiz va buni dog'langan yoqqa solib qizartirib qovurib olasiz. Tobi chiqib, yeyishli bo'lganda dasturxonga tortiladi. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 1 stakan iliq suv, 1 choy qoshig'ida tuz, qiymasi uchun har xil giyohlardan 500 gr, 1 bog' ko'k piyoz, 1 bog' sarimsoq ko'ki, 2 - 3 bosh piyoz, 1 stakan jizza, 2 dona tuxum, ta'bga ko'ra tuz va murch kerak bo'ladi. Qiymani qovurish uchun 50 gr qo'y yog'i, somsalar qovurish uchun esa 200 gr o'simlik moyi olinadi.

Download 32.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling