Jizzali non


Download 32.98 Kb.
bet18/20
Sana24.12.2022
Hajmi32.98 Kb.
#1060126
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
O`zbek milliy taomlari

Tandir varaqi - somsa

Somsaning ushbu turi shahar aholisi o'rtasida ancha qadimdan kelib chiqqan bo'lishi kerak. Chunki hvsala bilan bemalolchilikda tayyorlashni taqozo qilishi va tuzilishi ham chiroyli - to'rt shaklda, xo'randaga este'tek zavq beradigan qilib yasalishi kabi omillar bunga ishora qiladi.Tandir varaqi to'y, bayram va katta mehmondorchilik izdahonlarida asosiy ma'zar hisoblanadi. Oddiy xamir tayyorlaysiz, o'rab 10 - 12 minut tindirib olgach o'qlov yordamida (1 - 2 mm) qilib yoyasiz.yoymaning yuziga eritilgan mol yog'i surkasangiz, u darhol to'nglaydi.ana shunday yoymani ro'lon qilib o'raysiz, yog' tomoni ichida qoladi. Rulondan eni 5 sm keladigan to'garakchalar kesasiz. Har bir to'garakchani barmoq bilan tekislab, juva yordamida 2 - 3 mm keladigan qilib yoysangiz, qatlama jild hosil bo'ladi.Jildlar o'rtasiga 1 osh qoshig'ida qiyma solib xoh yumaloq, xoh uchburchak, xoh to'rtburchak, xoh kvadrat shaklida bo'lgan somsalar tugasiz. To'garak yoyma ana shu xil shaklida somsa tugish uchun eng qulay hisoblanadi. Somsalarni tandirga yopib yoki patnisi yog'langan duxovkaga qo'yib pishirasiz. Dasturxonga likopchalarda tortiladi. Ushbu somsani issig'ida ham, soviganda ham emas, ilig'ida iste'mol etish lazzatli bo'ladi. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 1 stakan suv, 1 choy qoshig'ida tuz, 50 gr mol yog'I (yoymaga surtish uchun); qiymasi uchun 400 gr go'sht, 50 gr dumba (charvi) yog', 300 gr piyoz, 1 choy qoshig'ida tuz va murch kerak bo'ladi.
Oshqovoq somsa

Qadimiy qishloq aholisining taomi bo'lib, keyin shaharlarga ham keng tarqalgan. Iliq suvga xamirturush solib, tuz bilan birga eritgach, qisimlab un solib, xamir qilasiz - da, o'rab, oshirish uchun olib qo'yasiz. Oshirilgan xamirdan yong'oqday zuvalachalar yasagach, urvoqqa belab, juva bilan qalinligi 2 mm qilib jild yoyasiz. Har bir jildga oshqovoq qiymadan solib to'rtburchak shaklida somsalar tugasiz (oval, dumaloq, uchburchak, yarimoy shakllarida somsa tugsa ham bo'ladi). Somsa qizitilgan tandirning jag'iga yopilib yoki duxovkada pishiriladi. Duxovka avval qizitilib, patnisi yog'lanishi shart, aks holda somsa yopishib qoladi. Qiymasini tayyorlash uchun somsa oshqovoq tanlanadi. Bu jaydari navning po'chog'i qattiq yog'ochsimon, sirti qora - sariq - olachipor bo'ladi. Qovoqni ikkiga yorib, urug;I olib tashlangandan so'ng, maxsus qoshiqsimon qirg'ich yordamida qirasiz. Agar oshqovoqning boshqa navini tanlagan bo'lsangiz, urug'ini olib tashlagach 1 x 1 x 1 sm kubik shaklida - mayday to'g'raysiz. Bunga halqa qilib to'g'ralgan piyoz, jizza yoki mayday to'g'ralgan charvi yog', tuz va qalampir qo'shib mijiysiz. Tayyor somsalarni tandirdan uzib, bir oz tobini chiqargach, dasturxonga tortasiz. Oshqovoq somsa soviganda ham o'z xushxo'rligini yo'qotmaydi. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 25 gr xamirturush, 1 stakan iliq suv, 1 choy qoshig'ida tuz solinadi; qiymasi uchun 700 gr oshqovoq, 3 - 4 bosh piyoz, 100 gr charvi yog' (yoki 1 stakan jizza); tuz va qalampir ta'bga ko'ra olinadi.

Download 32.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling