Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
- –ov, -ala, -ovlon
- Taqsim sonlar
1-topshiriq: Sonlar ishtirokida gaplar tuzing va ularning gapdagi vazifasini aniqlang.
Sonlarning ma’no guruhlari . Sonlar ma’no jihatidan 2 guruhga bo’linadi: 1. Miqdor. 2. Tartib I. Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko’ra sanoq, dono, jamlovchi, taqsim, chama,kasr sonlarga bo’linadi. 1. Sanoq sonlar narsa buyumning son-sanog’ini bildiradi.M-n: bir, yetti, to’qqiz. Sanoq sonlar hisob so’zlar bilan birgalikda qo’llanadi: bir ho’plam, ikki shingil.Sanoq sonlar otlashish xususiyatiga ega. M-n: O’n to’qqizdan oshmay tur, go’zal. Eslatma: O’zbek tilida faol qo’llaniluvchi 23ta tub son bor: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100, ming, million, milliard. 2. Dona sonlar predmetning miqdorini donalab sanaydigan sonlardir. Dona sonlar sanoq sonlarga –ta qo’shimchasini qo’shish orqali hosil qilinadi. M-n: besh – beshta Eslatma: Bir so’ziga –ta qo’shimchasi qo’shilsa, tovush almashinish hodisasi ro’y beradi va fonetik yozuv qoidasi bo’yicha yoziladi, ya’ni bir+ta=bitta -ta qo’shimchasi hisob so’zlar bilan sinonim bo’lishi mumkin: uchta atirgul – uch dona atirgul, ikkita talaba – ikki nafar talaba, bitta olma – bir tup olma. 3.Jamlovchi sonlar predmetning miqdorini jamlab ko’rsatadi. Jamlovchi sonlar sanoq sonlarga –ov, -ala, -ovlon(eski shakli) qo’shimchalarini qo’shish orqali hosil qilinadi:beshala, yettovlon. Jamlovchi sonlarning xususiyatlari: 1) –ov, -ala qo’shimchalari 2dan 10gacha bo’lgan sonlarga qo’shiladi; 2)-ov qo’shimchasi bir soniga qo’shilsa gumon olmoshi hosil bo’ladi: birov; 3) –ala qo’shimchasi ko’proq 2dan 5gacha, kamroq 6,7 sonlariga qo’shiladi: uchala, ikkala; 4) ikki, olti, yeti sonlariga –ov, -ala, -ovlon qo’shimchalari qo’shilsa, tovush tushadi: ikkov, oltala,yettovlon 5) –ov qo’shimchasini olgan jamlovchi son asosan egalik qo’shimchasini qabul qiladi va otlashadi: Beshovimiz ham bordik. Ikkilasini ham uchratdik. Eslatma: -ov qo’shimchasini olgan jamlovchi sonlar I shaxs birlik egalik qo’shimchasini olmaydi. 6) –ovlon qo’shimchasi juda kam ishlatiladi: to’rtovlon; 7) –ala qo’shimchasini olgan sonlar ham otlashadi: Ikkalasi ham birga ishlaydi. 4. Taqsim sonlar predmet miqdorini taqsimlab ifodalaydi. Tilimizdagi barcha sonlarga –tadan qo’shimchasini qo’shib taqsim son hosil qilamiz: Dugonalarim bilan to’rttadan kitob oldik. Eslatma: Taqsim sonlar hech qachon otlashmaydi va hisob so’zlar bilan birga qo’llanmaydi. Taqsim sonlar sonning ayrim turlarini takrorlashdan ham hosil bo’lishi mumkin: Bolalarga ikkita-ikkita daftar berildi – Bolalarga ikkitadan daftar berildi. 5.Chama sonlar predmetning taxminiy miqdorini ifodalaydi.Chama sonlar son asosiga –tacha, -larcha, -lab, -lar qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi: yettitacha, minglarcha, yuzlab .-lab, -larcha omonim qo’shimchalardir. M-n: bittalab (son) – o’ylab (ravish); yuzlarcha (son) – bolalarcha (ravish). Quyidagilar ham chama ma’nosini beradi: uch yilcha oldin, to’rt oymi vaqt o’tdi, 10-15ta odam yig’ildi 6. Kasr sonlar butun miqdorning qismini ifodalaydi: o’ndan bir, beshdan ikki. Eslatma: Yarim (1/2), chorak (1/4), nimchorak (1/8) bular ham kasr sonlardir. M-n: U to’rtta kitobidan ikkitasini menga berdi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling