Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozaytirma daraja
- Eslatma : -roq
Qiyosiy daraja belgining me’yordan biroz kam yoki ortiqligini qiyosan ifodalaydigan sifat shaklidir. Bu –roq qo’shimchasi orqali hosil qilinadi: tozaroq, yoxshiroq, kattaroq, semizroq.
Orttirma daraja belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiradi va quyidagicha hosil bo’ladi: 1.Fonetik usul: a)sifatning bosh bo’g’ini yoki qismini olib p,m kabi tovushlar orttiriladi yoki oddiy daraja shaklidagi sifatning 1-bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan takrorlanadi: yam-yashil, sap-sariq, kap-katta, oppoq, bus-butun. b) unlilar cho’zib talaffuz qilinadi yoki undoshlar qavatlab aytiladi: uuzun, tekkis. 2. Leksik usulda orttirma daraja maxsus so’zlar yoki so’z birikmalari orqali hosil qilinadi: eng, juda, g’oyat, bag’oyat, nihoyatda, behad, benihoya, g’irt, tim, jiqqa, to’q, biram, haddan ziyod, o’ta, hammasidan. M-n: eng go’zal, nihoyatda katta, o’ta mushkul, jiqqa ho’l. Ozaytirma daraja belgining me’yordan kam ekanligini bildiradi va quyidagicha hosil bo’ladi: 1. Morfologik usulda ozaytirma daraja maxsus qo’shimchalar orqali hosil bo’ladi: oqish, qoramtir, ko’kimtir, yangigina, 2. Leksik usulda ozaytirma daraja maxsus so’zlar yordamida hosil bo’ladi: sal, picha, xiyla, biroz, nim, och, xiyol. M-n; sal pushti, xiyla ayyor, och qizil. Eslatma: -roq qo’shimchasi biroz, sal, ba’zan nim, och so’zlari bilan sinonim bo’la oladi. M-n: qizilroq - sal qizil - och qizil Belgining kuchsizligini ifodalash uchun leksik-morfologik usuldan birdaniga foydalanish ham mumkin: sal ko’kish. 3-topshiriq: Gaplarda ishtirok etgan sifatlarning darajalarini aniqlang. 1.Chakalaakzor qorong’ulikda vahimali va sirli ko’rinar edi. 2.Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko’ngilchan, zahmatkash ayol. 3.Bo’yi mendan kattarog’-u, o’zi sap-sariq. 4.Uning nazarida bundan suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shvqliroq ish yo’q edi. 5.Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turadi. 6.Kalishlarini kiyib olaman. – Sag’al katta-ku! – deyman sevinganimdan entikib. 7. Zamonamga sadoqatli, dili sof, toza imonman. 8.To’rda o’tirgan oppoq soqolli, kulcha yuzi qip-qizil, o’tkir ko’zli bir chol tomog’ini qirib gap boshladi. Oddiy daraja________________________________________________________ Qiyosiy daraja______________________________________________________ Orttirma daraja _____________________________________________________ Ozaytirma daraja____________________________________________________ Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling