Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet57/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Eslatma:Mana bu va ana bu olmoshlari ba’zan og’zaki nutqda manovi, anovi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
III. So’roq olmoshlari. Tilimizdagi barcha so’roq so’zlar so’roq olmoshlari hisoblanadi. M: kim, nima, qani, qayerda, qachon, nechta… So’roq olmoshlarining ba’zilari kelishik va egalik qo’shimchalarini olishi mumkin: nimani, kiming, qanchasi, qaysiga. Ba’zilari olmaydi: nega, qani, nechun. Eslatma: Qalay, qani olmoshlari kirish so’z bo’lib kelishi mumkin: Qalay, ziyofat yoqdimi? Gap tarkibida so’roq olmoshlari boshqa so’zlarga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytiladi. So’roq olmoshlari qatnashgan gaplar ko’pincha so’roq gaplar hisoblanadi. M: Viloyat kutubxonasi qayerda joylashgan? Ammo har doim ham so’roq gap bo’lavermaydi. M: Nima eksang, shuni o’rasan.
IV. O’zlik olmoshi. Kishilik olmoshlari o’rnida qo’llanib, ko’pincha shaxsni, ba’zan predmetni ko’rsatuvchi o’z so’zi o’zlik olmoshi deyiladi. M: O’zim hamma testni bajaraman. O’zbekiston o’z hududiga ega. O’zlik olmoshi quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1. Uchala shaxs o’rnida qo’llanib, predmetning biror shaxsga tegishliligini bildiradi: o’zimning kitobim. 2. Egalik qo’shimchalarini olib, shaxsning tanhiligini bildiradi: Shuncha gulni o’zing ekdingmi? 3. O’zim, o’zing, o’zi olmoshlari qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshlari bilan qo’llanib, ta’kid, kuchaytirish ma’nolarini yuklaydi: Kecha uning o’zi bordi. 4. O’zlik olmoshiga kelishik qo’shimchalari egalik qo’shimchalaridan keyin qo’shiladi: o’zingdan, o’zimga. Eslatma'>Eslatma: O’zlik olmoshlari takrorlanib, ravishga o’tib ketishi mumkin.M: U o’z-o’zidan baqira boshladi.
V.Belgilash (birgalik-ajratish) olmoshlari. To’pdan ajratilgan yoki jamlab ko’rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatni ifodalagan olmoshlarga belgilash olmoshlari deyiladi. U 2 xil bo’ladi: 1. Jamlash olmoshlari: hamma, barcha, bari, butun, yalpi, jami. Bari olmoshida ko’tarinkilik, tantanavorlik bo’yog’i bor: Omon bo’lsin do’stlarning bari. 2. Ajratish olmoshlari quyidagicha hosil bo’ladi: 1) har+ayrim so’roq olmoshlari: har kim, har nima, har qaysi; 2) har+bir so’zi: har bir; 3) har+narsa so’zi: har narsa. Belgilash olmoshi otlashishi mumkin: Har qaysi (o’quvchi)si oliy o’quv yurtiga kirsin. Eslatma: Shuncha, buncha, o’shancha belgilash olmoshi hisoblanadi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling