Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar


Download 388.95 Kb.
bet65/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar. Fe’l asosida ifodalangan harakatning ro’y berish yoki bermasligini bildirgan shakllarga bo’lishli-bo’lishsizlik shakli deyiladi. Bo’lishli fe’llar: keldi, aytdi,ko’rdi. Bo’lishsizlik ma’nosi maxsus shakllarga ega. Ular –ma, sifatdosh+ emas, yo’q, …na,…na bog’lovchisi. M: aytma, aytgani yo’q, aytgan emas, na o’qidi, na yozdi. Bunday holatda shaxs-son qo’shimchalari quyidagicha qo’shiladi: kelmadim, kelgan emasman, kelganim yo’q. –ma, emas, yo’q o’rtasida ham ma’lum ma’no farqlanish bor. M: Borganim yo’q – oddiy inkor, Borgan emasman – umuman bormaganlikni ifodalamoqda, bormaganman – qat’iy inkor. Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasiga –ma qo’shimchasi quyidagicha qo’shiladi: Yetakchi fe’lga qo’shilsa: O’qimay qo’ydi ( davomiylik),ko’makchi fe’lga qo’shilsa: O’qib qo’ymadi (bir martalik harakat), yetakchi fe’lga ham, ko’makchi fe’lga ham qo’shilsa: o’qimay qo’ymadi (bo’lishlilik). Eslatma: 1.Ritorik so’roq gaplarda bo’lishli shakli bo’lishsizlikni (Guli yo’q bog’ni bog’ deb bo’ladimi? –bo’lmaydi.), bo’lishsiz shakl esa bo’lishlilikni (Onani kim e’zozlamaydi? –hamma e’zozlaydi) ifodalashi mumkin. 2. Bo’lishli – bo’lishsizlik antonim emas. Fe’lning munosabat shakllari. F’elning mayl, zamon, shxs-son qo’shimchalari fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi. Bu shakllarga ega bo’lgan har qanday fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi ma’no va shakllardan xoli bo’lgan fe’l asosi fe’lning noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl –moq qo’shimchasi yordamida ifodalanadi. Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanilishiga xoslovchi shakllari fe’lning munosabat shakllari deyiladi. Fe’l mayllari. Fe’l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart, maqsad ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari mayl shakllaridir. So’zlovchining fe’ldan anglashilgan harakat-holatiga munosabatini bildirgan(ya’ni shaxsning harakat-holatga munosabati) fe’l shakllariga mayl shakllari deyiladi. Fe’l mayllari 4 xil:

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling