Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’lning vazifa shakllari
- Eslatma : –sh, -ish
- Sifatdoshlarning otlashishi.
9-topshiriq:Matndagi fe’llarning munosabat shakllarini aniqlang.
Mirsodiq ko’chaning ikki betidagi turnaqator fonarlar nurida eron gilamidek tovlanib yotgan bu gullarga suq bilan tikilib borar ekan, bir shoxi singan na’matakka ko’zi tushub qoli.Qaysi bag’ritosh sindirdi ekan? U yaqinroq kelib qaradi, yo’q, sinibdi-yu, uzilmabdi. Quyoshga tomon bo’y cho’zib qaddini rostlab boryapti. Mirsodiq jilmayib qo’ydi.U, albatta, o’sadi, ulg’ayadi.U ochgan gullarning muattar hidi kishilar chehrasiga tabassum baxsh etsin. Qalblarini ravshan qilsin! ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Fe’lning vazifa shakllari(fe’lning xoslangan shakllari). Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari sanaladi. Ular 4 xil: 1. Sof fe’l 2. Harakat nomi 3.Sifatdosh 4. Ravishdosh. 1. Sof fe’l shakli gap ichida fe’l-kesim vazifasini bajaradigan fe’l shaklidir. Sof fe’llarda hech qanday maxsus qo’shimcha bo’lmaydi. M: keldi, o’qidi, aytmadi, boray. 2. Harakat nomi fe’lning otga xoslangan shaklidir. Qo’shimchalari: -(i)sh, -(u)v, -moq (-mak). M: o’qish, yozish, o’quv, yozuv, o’qimoq, yozmoq. Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo’laklari vazifasida keladi. Masalan: To’g’ri suzishni o’rgan. Eslatma: Lug’atlarda fe’llar harakat nomi shaklida bo’ladi: olmoq, yozmoq. Harakat nomi shaklida tovush almashinish hodisasi uchraydi.a yoki i unlisi bilan tugagan fe’llarga –v qo’shimchasi qo’shilsa, a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi M: o’qi+v=o’quv, ishla+v=ishlov. Harakat nomining bo’lishsiz shakli –maslik qo’shimchasidir. M: o’qish – o’qimaslik, yozmoq – yozmaslik, aytuv – aytmaslik. Harakat nomi otlar kabi egalik, keishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo’laklari vazifasida keladi. M: Chiroyli yozishni o’rgan. Yozuving yomon emas. Eslatma: –sh, -ish qo’shimchasi omonim qo’shimcha hisblanadi.Bu qo’shimchani yuqorida birgalik nisbat shaklida ham uchratgan edik. Agar –sh, -ish qo’shimchasidan keyin egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari kelsa, demak, bu so’z harakat nomi bo’ladi. Agar –sh, -ish qo’shimchasidan keyin zamon, shaxs-son qo’shimchalari kelsa, birgalik nisbati bo’ladi. M: O’qishim hammani qoyil qoldirdi. Bolalar tez va ravon o’qishdi. 3. Sifatdosh fe’lning sifatga xoslangan shaklidir.Sifatdoshlar ham sifat kabi predmetning belgisini bildiradi.Ammo sifatdoshlarning asosi fe’l bo’ladi. M: chiroyli (sifat) qiz, yuvilgan (sifatdosh) ko’ylak. Sifatdoshning bo’lishsizlik shakli –ma qo’shimchasi yordamida yasaladi.M: ilimagan suv, kelmayotgan taksi. –r, -ar qo’shimchasi bilan hosil qilingan sifatdoshga –mas qo’shimchasi qo’shiladi: M: kelar-kelmas. Sifatdoshlarga zamon, bo’lishsizlik, nisbat qo’shimchalari qo’shila oladi. Sifatdoshlarning zamon shakllari. a)o’tgan zamon shakli –gan, -kan, -qan: aytgan qiz, tikkan ko’ylak, chiqqan yara. Eslatma: Sifatdosh eski o’zbek tilida –duk, -duq qo’shimchalari orqali hosil qilingan. b) hozirgi zamon shakli –(a)yotgan qo’shimchasi orqali hosil qilinadi.M: qo’shiq aytayotgan qiz d) kelasi zamon sifatdoshining qo’shimchalari –r, -ar, -ydigan, -adigan, -ajak, -yajak, -gusi, -g’usi. M: oqar suv, o’qiydigan bola, kelgusi yil, bo’lg’usi shoir. Sifatdoshlarning otlashishi. Ba’zan gapda sifatdosh bog’langan ot tushib qoladi va sifatdosh otlashadi. Sifatdosh otlashganda egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi. M: Aytgan (ish)laringni bajardik. O’qigan (odam) ning yo’li ravon. 4.Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir. M: U shoshilib keldi. Ravishdoshlar bir fe’lni ikkinchi fe’lga bog’lashga xizmat qiladi. Gapda asosan hol vazifasida keladi. M: Qiz bu xabardan shodlanib kuldi. Ravishdosh harakatning belgisini bildiradi va shu xususiyati bilan ravishga o’xshaydi. Lekin ravishdoshning asosi fe’l bo’ladi. M: ko’p(ravish) gapirdi, shoshilib(ravishdosh) gapirdi . Ravishdoshlarning ma’no turlari: 1) holat ravishdoshlari: a) –b, -ib: hidlab, kulib; b) –a, -y: yig’lay-yig’lay aytdi, ayta-ayta charchadi. –b, -ib, -a, -y ravishdoshining bo’lishsiz shakli –mayin (she’riyatda), -may, -masdan qo’shimchalari orqali hosil qilinadi. M: Do’stim uyga bormay(ib) qaytdi.Bu ravishdosh shakli tuslanadi. –b, -ib qo’shimchali ravishdosh mumtoz adabiyotda –bon, -ibon tarzida uchraydi: Kecha kelgumdur debon… d)-gancha (-kancha, -qancha): tikilgancha o’tirdi. Bu ravishdosh shakli tuslanmaydi. e) –gudek: yig’lagudek gapirdi. Bu ravishdosh shakli tuslanadi. 2)payt ravishdoshlari: a) –gach (-kach, -qach): bemorni ko’rgach boraman, shifoxonadan chiqqach sotib olaman, ko’ylakni tikkach beraman. b)-guncha, (-kuncha, -quncha): qorayguncha, ekkuncha, chiqquncha; e)-b, -ib (bu qo’shimcha ba’zan payt ma’nosini bildiradi): o’qishni bitirib ishlayman. 3)sabab ravishdoshlari: a)-b, -ib: uyalib kirmadi; b)-a, -y: o’qiy-o’qiy charchadi 4)maqsad ravishdoshlari: a)-gani (-kani, -qani): aytgani bormoq; b)-gali: ko’rgali kelmoq. Bu qo’shimcha mumtoz adabiyotda uchraydi. Eslatma: Payt va maqsad ravishdoshlari tuslanmaydi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling