Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet67/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

8-topshiriq: Gap tarkibidagi fe’llarning qaysi maylda ekanligini aniqlang.
1.Uyiga javob beraylik, o’n besh yigirma kunga borib kelsin. 2.Odam qahrlansa, bilimsiz bo’ladi, jahl kelsa, aql ketadi.3.Sen ham sezgandirsan tezroq gapir. 4.Ikkalang ham og’zingni ochmay, jim o’tirgin. 5.Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi. 6.Kel, do’stim, yuragimni senga ochay.
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Zamon shakllari.Zamon shakllari harakatning nutq jarayoniga munosabatini bildiradi.Fe’lda 3 xil zamon bor: o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon. 1. O’tgan zamon fe’li ish-harakat va holatning nutq jarayonidan oldin bo’lgan yoki bo’lmaganligini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga –di, -(i)b, -gan (-kan, -qan) qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi.
-di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan shakli so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi. Bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining –m, -k (qoldim, qoldik), -ng, -ngiz (qolding, qoldingiz) shakllari qo’llaniladi.
-(i)b qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli ilgari ro’y brgan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining –man, -san, -miz, -siz, -di(lar) shakllari qo’shiladi.
-gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi va bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining –man, -san, -miz, -siz shakllari qo’shiladi.
To’liqsiz fe’llar yetakchi fe’lning zamon shakllaridan so’ng keladi, shaxs-son qo’shimchalari to’liqsiz fe’lga qo’shiladi. Masalan: kelgan ekansan, kelayotgan eding.
Edi, emish, ekan to’liqsiz fe’llari –di, -mish, -kan shaklida ham qo’llaniladi: borgandi, borganmish,kelarkan
2. Hozirgi zamon nutq jarayonida tugamagan harakat yoki holatni bildiradi. Qo’shimchalari: -yap, -moqda, -(a)yotir, -(a)yotib.M: Juda chiroyli muomala qilyapsiz. –yap qo’shimchasi –ayap tarzida talaffuz qilinsa ham, har doim –yap tarzida yoziladi. M: Maktabga boryapman. –moqda qo’shimchasidan bo’lishsiz shakl yasalmaydi.-yapti uslubiy betaraf, –moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xos. 3. Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishini bildiradi.Ular 2 xil bo’ladi: 1) kelasi zamon gumon fe’li mo’ljal , taxminni bildiradi va –r, -ar, -ur qo’shimchalarini qo’shish, tuslash bilan hosil qilinadi.M: borarman, so’rarman. Bo’lishsiz shakli –mas: kelar – kelmas. 2) kelasi zamon maqsad fe’li nutq jarayonidan so’ng bajarilishi maqsad qilingan harakat-holatni bildiradi va fe’l asoslariga –moqchi, -digan qo’shimchalarini qo’shish va tuslash bilan hosil qilinadi. M: yozadiganmiz, so’ramoqchiman. Eslatma: -di, -jak qo’shimchalari ravishdoshga qo’shilib kelasi zamon fe’l shaklini hosil qiladi: keladi, kelajak. Ba’zan kelasi zamon fe’llari –gay, -kay, -qay, -gusi, -yajak qo’shimchalari bilan ham ifodalanishi mumkin. Kelasi zamon fe’li ba’zan harakatning har uch zamonga oidligini ham bildirishi mumkin: Men litseyda o’qiyman. –y, -a qo’shimchasi ham kelasi zamon ma’nosini bildiradi. –jak, -gay, -ur, -gusi badiiy va publitsistik uslubga xosdir. Zamon qo’shimchalari ma’nodoshligi. Ba’zan turli zamonga mansub shakllar o’zaro almashinishi mumkin: 1. Hozirgi zamon o’rnida kelasi zamondan foydalanadi: Sizni chaqiradilar (chaqiryaptilar). 2. Xayoliy faoliyat, tasavvur, tush natijalarini bayon etishda zamonlar bir-birining o’rnida ishlatilishi mumkin: Tanklar, zambaraklar ag’anab yotibdi, bir jangchining peshonasi bog’langan, bir jangchining yelkasidan qon oqmoqda. 3. Hozirgi zamon fe’li kelasi zamonga oid harakatni bildiradi: Ertaga imtihon topshiryapman. 4. O’tgan zamon shakllaridan –di qo’shimchasi hozirgi va kelasi zamon ma’nolarida qo’llanadi: Hozir qayerga bordik-u, nimayam qildik. 5. Hozirgi zamon fe’li kelasi zamon ma’nosida qo’llanadi: Bir necha oydirki, u tinmay o’qiyapti. 6. O’tgan zamon –gan qo’shimchasi hozirgi zamon ma’nosida qo’llanadi: Biri kitob o’qigan, biri shaxmat o’ynagan. 7. O’tgan zamon –di qo’shimchasi hozirgi zamonni bildiradi: Qani, bolalar yozdik. Shaxs – son shakllari. Fe’llarda ifodalangan harakatning shaxslarga munosabatini bildirgan qo’shimchalarga shaxs-son qo’shimchalari deyiladi. Fe’lning shaxs-sonda o’zgarishi tuslanish, shaxs-son qo’shimchalarining o’zi esa tuslovchi qo’shimchalar deyiladi. O’zbek tilida tuslovchi qo’shimchalarning 2 xil turi bor: 1. Birlik Ko’plik I -m : yozdim -k: yozdik II -ng : yozding -ngiz:yozdingiz III __ : yozdi ____ yoki –lar: yozdilar Eslatma: Bu tuslovchi qo’shimchalar-di, -sa qo’shimchalari va edi to’liqsiz fe’lidan so’ng qo’shiladi: yozdim, o’qisang, ko’rgan edim. 2. Birlik Ko’plik I -man:yozibman -miz: yozibmiz II -san: yozibsan -siz : yozibsiz III ___ yoki dir: yozibdir ___ yoki dirlar: yozibdirlar Shaxs – son qo’shimchalari sinonimligi. 1. I shaxs birlik o’rnida II shaxs ko’plik ishlatiladi: Kitobingizni berib turing. 2. I shaxs birlik o’rnida II shaxs birlik qo’llaniladi: O’zingni qo’lga ol, Asad. 3. II shaxs ko’plik o’rnida I shaxs ko’plik qo’llaniladi: Qani, yozamiz bolalar. 4. II shaxs birlik o’rnida III shaxs birlik qo’llaniladi: Shunaqayam hazil qiladimi? 5. II shaxs birlik yoki ko’plik o’rnida III shaxs qo’llaniladi: Kelsinlar (keling). 6. I shaxs birlik o’rnida II, III shaxs birlik qo’llaniladi: Bularni ko’rsang, ensang qotadi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling