Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet75/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

3- topshiriq: Berilgan gaplarda –u, -yu,-da yordamchilarining qaysi o’rinda bog’lovchi, qaysi o’rinda yuklama vazifasida kelganini aniqlang.
1.Nosir oxun eski bo’lsa-da, ozoda libosda edi. 2.Majlis ertaga qoldirilmaydi-yu. 3.Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. 4. Biladilar-da bu kishi. Yovlar bilan olishgan-a? 5.Hozir kelaman dedim-u, loy kechib uyga yugurdim. 6.Choy qaynatib
ichishni-da unutdi. 7.Birov kirdi-da, chiqib ketdi. Eslatma: Bilan bog’lovchisi oddiy so’zlashuv uslubida ko’proq ishlatiladi. Va, ham, hamda bog’lovchilari yozma nutq uslubi uchun xoslangan. Ham bog’lovchisi uyushiq bo’laklardan oldin keladi. Agar uyushiq bo’laklardan keyin kelsa,yuklama hisoblanadi va uyushiq bo’laklarni ajratish uchun qo’llaniladi.M: Gavhar kitobni ham, daftarni ham sumkasiga soldi.(yuklama). Gavhar ham kitobni,ham daftarni sumkasiga soldi.(bog’lovchi). Bu yuklamada tovush o’zgarish hodisasi bor. Ba’zan h tovushi tushib qolishi, ba’zan h y ga almashishi mumkin. M: Kinoga menam boraman. Uyam boradi. II. Zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, -u, -yu, -da. Bu bog’lovchilar o’zaro zid munosabatdagi sodda gaplarni bog’laydi va yovzuvda ulardan oldin vergul qo’yiladi. M: Osmon bulut, lekin yomg’ir yog’madi. III. Ayiruv bog’lovchilari: yo, yoki, yoxud, yoingki, goh…, goh…; xoh…, xoh…; dam…, dam…; bir…, bir…; ba’zan…, ba’zan…; yo…, yo…; yoki…, yoki… M: Ba’zan ustoz garirardi, ba’zan o’quvchilar. Ayiruv bog’lovchilari bog’lagan qo’shma gaplar quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1. Voqealar ketma-ketlikda sodir bo’ladi: Dam quyosh chiqadi, dam yomg’ir yog’adi. 2. Voqealardan faqat bittasi sodir bo’ladi: Yo qo’shiq kuylang, yo raqsga tushing. IV. Inkor bog’lovchisi: na…,na… M; Na kitobni, na daftarni olgan. Eslatma: Inkor bog’lovchisining kesimi har doim tasdiq shaklda bo’ladi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling