Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Yordamchi so’z turkumlari


Download 388.95 Kb.
bet73/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Yordamchi so’z turkumlari
Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kela olmaydigan so’zlar yordamchi so’z turkumlari deyiladi. Yordamchi so’z turkumlari quyidagi vazifalarni bajaradi: - gap bo’laklarini bir-biriga bog’lash: tog’am bilan amakim - gaplarni bir-biriga bog’lash: Ukam keldi-da, eshikni ochdi. – mustaqil so’z va gaplarga turli qo’shimcha ma’no beradi: Ahmadgina imtihondan o’tdi (chegaralash). Yordamchi so’z turkumlari 3 ta: 1. Ko’makchi 2.Bog’lovchi 3. Yuklama
KO’MAKCHI
Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar ko’makchi deyiladi. M: bilan, uchun, kabi, orqali, sayin.
Ko’makchilar 2 xil bo’ladi: 1. Sof 2. Vazifadosh Sof ko’makchilar. Atash ma’nosini butunlay yo’qotib, faqat o’zi brikkan so’zni boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof ko’makchilardir. Bular quyidagilar: kabi, singari, bilan, uchun, sayin, haqida, sari, qadar, uzra, tufayli, yanglig’, holda,orqali. M:Yanoqlari olma yanglig’ bu qiz hammaning nigohini o’ziga qadadi. Vazifadosh ko’makchilar. Leksik ma’nosinisaqlagan holda gapda grammatik ma’no ifodalash vazifasini bajaruvchi so’zlara v azifadosh ko’makchilar deyiladi. Quyidagi so’z turkumlari vazifadosh ko’makchiga ko’chgan: a) ot: ost, yon, ust, old, orqa, ro’para, ich, ora, o’rta, bosh, tag, uch, qosh + egalik va kelishik qo’shimchalari; b)fe’lning ravishdosh va sifatdosh shakllari: qarab, bo’ylab, qaraganda, ko’ra, yarasha, tortib, deya, deb, atab; d) ravish: avval, keyin, burun, ilgari, so’ng, oldin.(7-sinf darsligida tomon vazifadosh ko’makchi ravish so’z turkumiga kiritilgan) Vazifadosh ko’makchilar o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan esa ko’makchi bo’lib keladi. Qiyoslang: Kitob stol ustida turibdi (mustaqil so’z). U bu masala ustida uzoq bosh qotirdi(ko’makchi). Sayyora bizga qarab qo’ydi. U bog’ga qarab ketdi. Avval o’yla, keyin so’yla. Darsdan keyin bog’ga boraman.
1-topshiriq: Gaplar tarkibidagi ko’makchi vazifasidagi so’zlarni aniqlang. Agar ular mustaqil so’z bo’lib kelayotgan bo’lsa, ko’makchi qilib, ko’makchi bo’lib kelayotgan bo’lsa, mustaqil so’z qilib gaplar tuzing.
1.Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa g’am va qayg’u ostida bo’ladi. 2.Donolar oldida doim eshitguvchi bo’l. 3.Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas.4.Insonning fe’l-atvoriga qarab unga baho berishadi.5.To’ydan keyin nog’ora chalmoq-nodonlar ishi.6.Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqatli mehnat yotadi. 6.Yigit qo’shni qizga qaraganda hayojon bosib, so’zlariini chalkashtirib qo’yardi.
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Ko’makchilar kelishiklarni boshqaradi. Shunga ko’ra ular 3 xil: 1. Bosh kelishikdagi so’zlar (ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan qo’llanadigan ko’makchilar: bilan, kabi, singari, yanglig’, sayin, uchun, sababli, orqali, tufayli, chog’li, osha, bo’ylab, bo’yi, bo’yicha, uzra, ichra, degan, chamasi, haqada, holda, yo’sinda, to’g’risida, vajidan, tomon (tomon ko’makchisi ba’zan jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan ham qo’llanadi). 2. Jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar: qadar, ko’ra, qarshi, qarab, qaraganda, qaramasdan, yarasha, doir, asosan, binoan, muvofiq, qarata, qaramay. 3. Chiqish kelishigidagi so’zlar bilan keladigan ko’makchilar: buyon, so’ng, keyin, boshqa, tashqari, bo’lak, o’zga, beri, narigi, burun, ilgari, boshlab, tortib, avval, oldin, nari. Eslatma: Old, ust, ost kabi vazifadosh ko’makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shiladi. M: Masala ustida uzoq bosh qotirdi. Bunday hollarda kelishik qo’shimchasi belgisiz ishlatilishi mumkin. Ayrim hollarda bilan, uchun ko’makchilari qaratqich kelishigidagi olmosh bilan ham qo’llaniladi. M: shuning bilan, shuning uchun. Ko’makchlarning ma’no turlari: - uchun: o’qish uchun (maqsad), chaqirgani uchun (sabab), ukam uchun (atalganlik); - bilan: qalam bilan (vosita), ukasi bilan (birgalik, holat), eshik ochilishi bilan (payt); - sari, tomon: maktab sari- maktab tomon (yo’nalish); - sayin: kun sayin (davomiylik); - haqida, to’g’risida: hayot haqida – uy to’g’risida (fikr mavzusi); - qadar: Toshkentga qadar (chegara); - kabi, singari, yanglig’: oy kabi, quyosh yanglig’ (o’xshatish, qiyoslash). Ko’makchilar va kelishiklar ma’nodoshligi: a) radiodan eshitmoq – radio orqali eshitmoq; b) yozishga tayyorlandi – yozish uchun tayyorlandi; d) mashinada terildi- mashina bilan terildi; e) borganini gapirdi – borgani haqida gapirdi; f) uyga ketdi – uy tomon ketdi. Eslatma:1. Ko’makchi orqali ifodalangan ma’no umumiy, noaniq, kelishik bilan ifodalangan ma’no aniq bo’ladi. M: U Samarqandga ketdi. U Samarqand tomonga ketdi. 2.Jo’nalish elishigi qo’shimchasi yo’nalish ma’nosida tomon, bo’ylab ko’makchilari bilan ma’nodoshdir. Ko’makchilar va qo’shimchalar ma’nodoshligi: a) guldek – gul kabi (yanglig’, singari); b) maktabgacha – maktabga qadar.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling