So’z birikmasi va gap. So’z birikmalari gap tarkibida kelib, uning ma’nosini kengaytirishga xizmat qiladi va tushunchani ifodalaydi. Gap esa tugallangan ohang bilan aytiladi va fikrni ifodalaydi.M: kitob o’qimoq (so’z birikmasi), Qoshnimiz anchadan beri qiziqarli sarguzasht kitob o’qimoqda.
2-topshiriq: Berilgan juftliklarni ikki ustunga (so’z birikmasi va gap) ajratib chiqing.
1.Chiroyli gul. Gul chiroyli. 2.Muhandis akam. Akam muhandis. 3.Qovun shirin. Shirin qovun. 4.G’azalni yodlash. G’azalni yodlaymiz. 5.Ko’chat o’tqazing. Ko’chat o’tqazish.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ So’z birikmasi va ibora. So’z birikmasi, ya’ni erkin birikma tobe va hokim so’zdan tashkil topadi. Bularda so’zlarni almashtirib qo’llab, yangi-yangi erkin birikmalar hosil qilish mumkin. M: yangi ko’ylak, qizil ko’ylak, qizil olma.Erkin birikmadagi har bir so’z ma’lum so’roqqa javob bo’ladi, gapda har biri alohida gap bo’lagi bo’lib kela oladi. M: Chiroyli ko’ylak oldim. 1)chiroyli ko’ylak; 2)ko’ylak(ni) oldim Iborada, ya’ni turg’un birikmada ma’no yaxlit, ajralmas bo’ladi. Turg’un birikma tarkibida nechta so’z bo’lishidan qat’i nazar bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap bo’lagi vazifasida keladi. M:Otasining to’nini teskari kiyib olishi O’ktamning dilini og’ritdi. So’z birikmasi va turg’un birikma gapda o’xshash shaklda uchrashi mumkin, lekin so’z birikmasi tushuncha, ibora esa atash (leksik) ma’nosini ifodalaydi. M: Qizchaning tap-tap sakrashidan dugonasining guliga qo’nib turgan kapalagi uchdi(tushuncha). Shovqindan buvimning kapalagi uchdi (atash ma’no).
Do'stlaringiz bilan baham: |