Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet89/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

4-topshiriq: Kerakli o’rinlarga tire qo’ying.
1.Olimlar, fozillar, adiblar davlatning tanasidagi kuch. Ularga iltifot va ikromda bo’l… Shunday yo’l tutkinki, hukumatingda orif arboblar, fazilatli insonlar va olimlar ko’paysin. 2.Naf’ing agar xalqqa beshakdirur, bilki, bu naf’ o’zingga ko’prakdirur. 3.Faqat o’z shaxsiy manfaati haqida qayg’urib, burchni unutmoqlik Otaketgan pastkashlik. 4.Birovni qoralashdan oldin doimo uni oqlash imkoni bor-yo’qliga haqida o’ylash kerak. 5.Inson zotiga mansub odamlar bir-biriga o’xshamaydilar. Ularning o’xshash tomoni bitta.U ham bo’lsa, barchaning pirovard maqsadi mukammallik.
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari.Gapning kesimi yo egasiga tobelanib, ularga ergashib keladigan bo’laklar ikkinchi darajali bo’laklar hisoblanadi. Ular gapni, uning ayrim bo’laklarini kengaytirishga, aniqlashga xizmat qiladi. Ikkinchi darajali bo’laklar uchta: 1) aniqlovchi; 2) to’ldiruvchi; 3) hol.
Aniqlovchi. Gapdagi biror bo’lakning belgisini yoki bir predmtning boshqsiga qarashli ekanligini bildirgan bo’lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi aniqlagan bo’lak aniqlanmish hisoblanadi: aqlli (aniqlovchi) bola (aniqlanmish)
Aniqlovchilar ega, ot kesim, to’ldiruvchi va holga bog’lanadi: Bayramda quvnoq qo’shiqlar kuylandi (egaga). Men tirishqoq talabaman (ot kesimga). Qiz qalin sochlarini taradi (to’ldiruvchiga). Mehnat faxriylari bilan katta bog’da uchrashdik (holga).
Aniqlovchilarning bir xil narsa-buyumning belgisi (rangi, miqdori, mazasi, hajmi)ni bildirsa, boshqa xili narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini bildiradi yoxud boshqa tomondan nomlaydi. Shunga ko’ra aniqlovchilar uchga bo’linadi:

  1. sifatlovchi aniqlovchi;

  2. qaratqich aniqlovchi;

  3. izohlovchi aniqlovchi.

Sifatlovchi aniqlovchi. Gapda shaxs yoki narsa-buyumning belgi-xususiyati, hajmi, maza-ta’mi, shakli, rang-tusi, miqdori, tartibi kabi ma’nolarni anglatadigan aniqlovchilar sifatlvchi aniqlovchilar deyiladi. Ular qanday?, qanaqa?,qaysi?, qancha?, nechta?, qayerdagi?, qachongi? so’roqlaridan biriga javob bo’ladi:Oppoq bulutlar bahorning ko’rkidir.
Sifatlovchi aniqlovchi bog’langan bo’lak sifatlanmish deyiladi. Sifatlovchi bilan sifatlanmish bitishuv orqali birikadi: Kerakli(sifatlovchi) toshning(sifatlanmish) og’irligi yo’q.
Sifatlovchi aniqlovchida sifatlanmish egalik qo’shimchalarini talab etmaydi. Sifatlovchi aniqlovchilar quyidagicha ifodalanadi:

  1. sifat bilan: Oyim shirin ovqat pishirdi.

  2. son bilan: Ukam yettita kitob olgan.

  3. olmosh bilan: Har bir bola onasidan ayrilsa, o’kinib yig’laydi.

  4. ot bilan: Sarkardalar po’lat qilich ishlatishgan.

  5. sifatdosh bilan: Qo’rqqan odamga qo’sh ko’rinadi.

  6. ravish bilan: Uzoq-yaqin yerlardan bolalar yig’ila boshladi.

  7. modal so’z bilan: Zarur ishlarimizni bitirdik.

  8. taqlid so’z bilan: Qo’shni xonadan tars-turs ovoz eshitildi.

  9. ibora bilan: Kapalagi uchib ketgan hamkasbim derazadan jimgina qarardi.

  10. kengaygan birikma bilan: Dadam olib kelgan mevalar dasturxonga qo’yildi.


Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling