Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Eslatma: Agar ot kesim tarkibida bog’lama bo’lmasa, kesim ohang yordamida shakllanadi.M: U – o’quvchi. 3-topshiriq


Download 388.95 Kb.
bet87/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Eslatma: Agar ot kesim tarkibida bog’lama bo’lmasa, kesim ohang yordamida shakllanadi.M: U – o’quvchi.
3-topshiriq: Matn tarkibidagi bog’lamalarni aniqlang. Ularning tagiga chizing.
Hilm – axloqli odamning qimmatbaho libosi ekan. U kiyim turlarining eng chidamli matosi hisoblanadi. Hilm yomon nafsni daydi shanol uchirishidan asraguvchi. Ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatlaridan himoya qilishi kerak. Yumshoq ko’ngillikni hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’lar edi. Hilmni insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirish shart.
Mustaqil va nomustaqil kesim. Nomustaqil kesim shakli shart mayli qo’shimchasi –sa yordamida hosil qilinadi. M: Osmon bulut bo’lsa, yomg’ir yog’adi. Eslatma: Istak gaplar nomustaqil kesim bo’la olmaydi. M: Yomg’ir yog’sa edi. Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar hamda bog’lamali, bog’lamasiz ot kesimlar mustaqil kesimlardir.M: Oltin olma, duo ol. Fayzli uyda baraka bor.
Ega
Gap kesimining qo’shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi, belgining sohibini bildirgan bo’lak ega deyiladi. Egalar kim?, nima?, qayer? so’roqlariga javob bo’ladi. M-n: Biz tez kunda sayohatga boramiz. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo’ladi, egalik va ko’plik shakllarini olishi mumkn. Eganing tagiga yozuvda bir chiziq chiziladi (_______).
Ega quyidagicha ifodalanadi: 1. Ot bilan: Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so’ng o’chdi. 2. Olmosh bilan:Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin. 3. Harakat nomi bilan:O’qish jafoli, keti vafoli. 4.Modal so’z bilan: Bor so’zlaydi, yo’q o’ylaydi. 5. Ibora bilan: Onani boshga ko’tarish bizning ham burchimiz. 6. Ajralmas birikma bilan: G’allaorol tumani viloyatdagi eng ilg’or tumandir. 7. Juft fe’l bilan: Qo’shnilar bilan bordi-keldisi yaxshi emas. Otlashganda: 8. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi. 9. Sifatdosh bilan: O’qigan o’qdan o’zar. 10. Sifat bilan: Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin. 11.Ravish bilan: Ko’p so’zning ozi yaxshi, oz so’zning o’zi yaxshi. 12. Taqlid so’z bilan: Qushlarning chug’ur-chug’uri dilni yayratadi. 13.Undov so’z bilan: Odamlarning dod-voyi kuchayib borardi.
1-topshiriq: Egalarni aniqlang va ularning tagiga chizing
1.Ilm hayo bilan kibr orasida yo’q bo’lib ketadi. 2.Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi. 3.Maqtanchoq – quruq po’choq. 4.Yolg’oncilik, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik izzat-obro’ni barbod qiladi. 5.Buzuq devorlardan tashvish bor, lekin siniq ko’ngillardan ko’proqdir tashvish. 6.Kishilarga ulardan oldin salom berishga shoshil, bu ulug’ kishilarning fazilatlaridan, kamtarlik nishonalaridan biridir.
2-topshiriq: Matn tarkibidagi egalarni aniqlang va ularning tagiga chizing.
Xushomadni yoqtirishga uringan hukmdor o’ziga nisbatan nafrat uyg’otib qo’yishi mumkin. Buning sababi shunday izohlanadi:tabiblar deydilarki, sil kasalligini boshlang’ich davrida aniqlash qiyin, ammo davolash oson. Agar xastalik o’tkazib yuborilgan bo’lsa, aksincha , uni aniqlash oson-u, davolash mushkul. Davlat ishlarida ham shunday :endigina paydo bo’layotgan illat o’z vaqtida aniqlansa, uni yo’qotish qiyin emas. Bunga faqat dono hukumdorlargina qodirdirlar. Agar illat har kimga yaqqol ko’rinadigan darajada avj olgan bo’lsa, hech qanday dori-darmon kor qilmaydi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling