Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Ega va kesimning shaxs-sonda mosligi


Download 388.95 Kb.
bet88/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Ega va kesimning shaxs-sonda mosligi. Ega kesim bilan grammatik va mazmun tomondan bog’langanligi uchun doimo kesimning shakliga mos shaklda turadi. Eganing kesim shakliga mos (shaxs-son) shaklda kelishiga moslashish deyiladi.
Shaxsda moslik. Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda har doim mos bo’ladi. M:Vatanni mardlar(III shaxs) qo’riqlaydi (III shaxs). Eslatma: Nutqimizda “Hayron qolasan kishi” tarzidagi gaplar ham uchraydi.Bu gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan. Ega III shaxsda, kesim II shaxsda. Sonda moslik: 1. Fe’l kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo’ladi. M: Men(I shaxs birlik) kutubxonadan kitoblarni olib keldim (I shaxs birlik). 2. Fe’l kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt ham sonda mos bo’lmaydi: a) Kimsani bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe’l kesim sonda mos bo’ladi. M: O’ktam Toshkentdan keldi. b) Ko’p hollarda, ko’plikdagi ega predmetni bildirsa, fe’l kesim ega bilan sonda moslashmaydi. M: Kuz kelishi bilan barglar to’kildi. Agar ko’plikdagi ega jonivorlarni anglatsa, fe’l kesim ega bilan sonda mos kelishi ham mumkin. M:Kunlar isishi bilan qushlar uchib kela boshladilar. d) Ot kesim ko’plikdagi ega bilan ko’pincha moslashmaydi.M: O’quvchilar tirishqoq ekan.
e) Ba’zan hurmat, kesatish va boshqa ma’nolarni anglatish uchun ega birlikda bo’lsa ham, kesim ko’plikda qo’llaniladi. M: Dadam keldilar. f) Gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, ega ham kesim ham birlik shaklda bo’ladi. M: Sakkizta xonanda davraga kirib keldi.
Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi. Ba’zan ot kesimning shakllari maxsus ifodalanmay, ohang yordamida shakllanadi. Shunday o’rinlarda tugallangan ohangni ifdalash uchun ega va kesim orasiga yozuvda tire qo’yiladi:
1.Gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog’lama yoki kesimlilik qo’shimchasi bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi.M-n: Tinchlik - farvon hayot manbai.
Eslatma: Ayrim hollarda gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, kesimlik qo’shimchasi bo’lsa ham, tire qo’yiladi. Bunda ta’kidlash ma’nosi kuchaytiriladi. M-n: Til – millatning bebaho boyligidir. Adabiyot – hayotning in’ikosidir.
2.Gapning egasi yo kesimi yohud ularning har ikkalasi harakat nomi bilan ifodalansa, bog’lama va kesimlik shakli bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi. M-n: Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. O’qishulg’ayish.
3.Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib, tenglik, o’xshatish kabi ma’nolarni bildirsa, egadan keyin tire qo’yiladi. M-n: Salomatliktuman boylik.Uch karra uchto’qqiz.
4.Ega yoki kesim ko’rsatish olmoshi bilan ifodalansa, egadan keyin tire qo’yiladi. M-n: Mana bu – yangi qishloq rejasi. Yaxshi kishilarning ahdi – shu. Bu – siz uchun katta sinov.
5.Eganing ma’nosi ta’kidlab ko’rsatilganda, egadan keyin tire qo’yiladi. M-n:Men – mana shu minglarning biriman. Urush - quon vi emas. Sen – bizni ozd etuvchisan.
6.Ega yoki kesim u, bu, mana bu kabi olmoshlar bilan ajratilgan holatlarda tire shu so’zlardan oldin qo’yiladi.M-n:Namanganbu gullar shahri. Gullar shahribu Namangan.
Quyidagi holatlarda ega va kesim orasiga tire qo’yilmaydi:
1.Ega kishilik olmoshi bilan ifodalanib, bog’lama bo’lmasa ham tire qo’yilmaydi:Men o’quvchiman.
2.Kesim kelishik qo’shimchasini olgan bo’lsa: Butun umidim sendan.
3.Kesim tarkibida bo’l-, qil-, hisoblan-, sana- kabi yordamchilar ishtirok etsa: 21-mart Navro’z bayrami hisoblanadi.
4.Ega bilan ot-kesim o’rtasida ham yordamchisi bo’lsa: Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba.
5. Ot kesim sifat, ravish va son (sanoq sondan tashqari) bilan ifodalansa, tire qo’yilmaydi:Vatanimiz go’zal. Qizilqum sahrosi bepayon. Ishim ko’p. Bizning sinfimiz sakkizinchi.
3-topshiriq:Berilgan gaplarning qaysilarida ega va ot kesim orasiga tire qo’yilishi kerak?
1.Kiyinishda oliftalikdan qochi, yoqimtoy bo’lishga harakat qiling: odob ko’rkamlik, isrofgarchilik esa oliftalik belgisi. 2.Madaniyat bilan tashqi jilo butunlay boshqa-boshqa narsa. 3.Saxovat go’zallikdan ko’ra afzalroq. 4.Maftunkorlik yashnab turgan go’zallik. 5.Go’zallik bu bu erkin qalb va mustahkam sog’liq samarasi. 6.Ma’no yo’q joyda go’zallik bo’lishi mumkin emas. 7.Samimiylik ham xddi husn kabi ehson. 8.Ko’p so’zlash donolik belgisi emas. 9.Go’zallik butun olamni qalbga olib kiradigan kuch va iste’dodga ega.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling