Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet86/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

1-topshiriq: Gaplar tarkibidan kesimlarni topib, ot kesim yoki fe’l kesim ekanligini aniqlang.
1.Olov o’tinni kuydirib kul qilgani kabi, hasad savob amallarini yeb tugatadi. 2.Hasad etgan kishi dun-u dag’aldur, bu so’z xalq aro eski masaldur. 3.Aql ojizlansa, hasad kuchga kiradi. 4.Odam hamisha yashiradigan, yashirishga urinadigan illat hasaddir.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Kesimlar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: a) sodda; b) murakkab 1. Sodda kesim bir so’z bilan ifodalanadi: Paxta va tilladan yurt bezanadi. 2. Murakkab (qo’shma) kesim 2 yoki undan ortiq so’zdan tashkil topadi va quyidagicha hosil bo’ladi: - ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidan: Do’stim kechasi bilan kitob o’qib chiqdi. – fe’l+fe’l : Hozir dugonamnikiga borib keldim. – fe’l bo’lmagan so’z + fe’l: Shuncha gapdan keyin ham miq etmadi. - ot, sifat, son, olmosh, ravish+ bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’l: Uchrashuv qiziqarli bo’ldi. Yig’ilishda odam ko’p ekan. – yo’q, bor, zarur, lozim, kerak, shart + bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’l: Mening vaqtim yo’q edi. Mevalarning hammasini olib borish shart emish. - Harakat nomi + zarur, lozim, kerak, shart : Men darsga o’z vaqtida borishim kerak.
-kengaygan birikmalar bilan:1.O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 2.To’y – bahor kelganda. 3.Hamma gap - mening yo’qligimda. 4.Ular besh kishidan iborat edi.
-ibora bilan: Dadam qo’li ochiq edilar.
2-topshiriq: Gaplar tarkibidagi kesimlarning tuzilishiga ko’ra turini aniqlang.
1. Rostlik ila xiyonat ikkisi jam kelmas. 2.Rostgo’ylikda xavf-u xatar ko’rsanglar ham, rost so’zlanglar. 3.Yolg’on uzoqqa ketsa ham, haqiqat quvib yetar. 4.O’zida biroz haqiqati bo’lgan chalkashliklar – eng xavflilari. 5.Oxir-oqibat yolg’on nima o’zi? – Niqoblangan haqiqat. 6.Yuzni yerga qaratish bundan ortiq bo’ladimi? 7.Uning esiga haligi mish-mishlar tushib, yuragi bigiz sanchiganday og’ridi. 8.Yurtimizda alanga porlar, sevmoq uchun, sevilmoq uchun. 9.Kumush Otabek nomini eshitgach, sekingina ko’tarilib qo’ydi. 10.Otasi kelavermagach, bolalarning dod-voyi eshitila boshladi. 11.Sevmoq uyat emasdir, har kimda bor bu savdo… 12.Ming yildirki bulbul kalomi o’zgarmaydi – yaxlit hamisha.
Bog’lamalar. Kesim bilan egani bog’lashga xizmat qiluvchi qo’shimchalar yoki so’zlar bog’lamalar deyiladi. Bog’lamalar kesim fe’ldan boshqa so’zlar bilan ifodalanganda ot kesimni ega bilan moslashtarish uchun qo’llaniladi. Bog’lamalar asl ma’nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir. Bog’lamalarning vazifasi mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalashdir. Bog’lamalarga quyidagilar kiradi: 1. Kesimlilik qo’shimchalari: -man, -san, -dir, miz, -siz, -dirlar. M: Hayot manbai suvdir. 2. To’liqsiz fe’llar: edi, emish, ekan, emas, esa. M: Bemor kecha yaxshi edi. 3. Bo’lmoq, qilmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, etmoq, kerak, lozim, shart, zarur, darkor kabi so’zlar. M: Darsga vaqtida borishim kerak. Til aloqa vositasi hisoblanadi.
4. Ega va kesim bir xil yoki teng shakllarda tursa (qo’shimcha bo’lmasa), so’z tartibidan foydalanamiz. Ega 1- o’rinda, kesim keyin keladi. M: Bubizning uyimiz. Bizning uyimizbu.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling