Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- .Sodda hollar
- 1-topshiriq
- Eslatma.
2-topshiriq: Gaplardagi to’ldiruvchilarni tahlil qiling.
1.Vaqt hamma narsaga o’z ta’sirini o’tkaza oladi; yillarning poyonsiz xalqasi nomni ham, qiyofani ham, fe’l-atvorni, hatto taqdirni ham o’zgartiradi. 2.Vaqtni oqilona taqsimlash – ish poydevori. 3.Kimki bo’sh vaqtini oqilona o’tkaza olsa, shaxsiy madaniyati oily darajadagi kishidir. 4.Vaqt va suv toshqini hech qachon kutib turmaydi. 5.Har bir kunni o’lcha, sarflagan har bir daqiqangni hisobga ol! Faqat vaqt masalasidagina xasislik qilish mumkin. 6.O’rtamiyona odam vaqtni tez o’tkazish payida bo’ladi, iste’dod sohibi esa undan foydalanib qolishga urinadi. ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Hol. Hol gap markazi – kesimga bog’lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o’rnini, paytini, holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan 2-darajali bo’lakdir. Hollar ravish bilan kelishik shaklidagi va ko’makchili otlar bilan, sifat, son, taqlid so’z va undovlar bilan, fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin:Bunda bor harakat, muhabbat, shafqat. Hollar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1.Sodda hollar bir so’zdan iborat bo‘ladi: Quyosh ko’kdan mo’ralab qarar. 2.Murakkab hollar 2 yoki undan ortiq so’zdan iborat b’ladi. Ular takror so’zlar, so’z birikmasi, iboralar va kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi: U vazifaning muhimlagini takror-takror ta’kidladi. 1-topshiriq: Hollarning sodda va murakkab ko’rinishlarini farqlang. 1.Inson fe’l-atvorini to’g’riroq tushinish uchun boshqa vositalar bo’lmaganda uni ranjitadigan hazildan foydalanish mumkin. 2.Harakat inson qiyofasini ochib beruvchi eng aniq vositadir. Inson qanday harakat qilsa, o’shandaydir. 3.Insonning haqiqiy fe’l-atvori mayda-chuydalarda: ular inson o’zini nazorat qilishdan to’xtaganda yuzaga chiqadi. 4.Inson o’zga kishi oldida ayblariga iqror bo’lgach, ularni darhol unutadi. Ammo o’zga kishi uning ayblarini eslab qoladi. 5.Haddan ortiq yuksak fazilatlar ham ba’zan insonni jamiyat uchun yaroqsiz holga keltirib qo’yadi. Eslatma. Hol bog’lanib kelgan fe’lning kesim vazifasida kelishi yoki kemasligiga ko’ra hollar 2 xil bo’ladi: a) mustaqil hollar b) nomustaqil hollar To’g’ridan to’g’ri kesim vazifasidagi fe’lga tobe bog’lanib kelgan hol mustaqil hol deyiladi: O’yin-kulgi yarim kechagacha davom etdi. Kesim vazifasida kelmagan fe’llar tobe bog’langan holler nomustaqil hol deyiladi: Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling