Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
Uyushiq ega. Bir sodda gap tarkibida birdan ortiq ega qator kelishi mumkin. Sodda gap kesimiga bir xil munosabatda bo’lib, sanash ohangi bilan aytiluvchi birdan ortiq eganing ketma-ket kelishi uyushiq ega deyiladi: Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi edi. Uyushiq egalar bir-biri bilan sanash ohangi yoki bog’lovchilar orqali bog’lanadi: Siz bilan biz bu oddiy haqiqatni tushunmagan ekanmiz. Uyushiq hol.Bir xil mazmun-munosabatni bildirgan bir necha holning o’zaro sanash ohangi bilan teng bog’lanib kelishi uyushiq holni tashkil qiladi: Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. Ba’zan bitta gap tarkibida bir necha hol ketma-ket holatda turishi mumkin, lekin hamma vaqt ham bu kabi holatni uyushiq hol deya olmaymiz: U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi. Gapda ikkita payt holi (kecha, ertalab) bor va ular ketma-ket joylashgan. Lekin ular uyushiq emas: bundagi ertalab holi kecha holi ma’nosidagi paytni chegaralab, aniqlashtirib beradi. Uyushiq to’ldiruvchilar.Gapdagi ikki va undan ortiq to’ldiruvchi bir xil ma’noni (shaxsni yoki narsani) bildirib, bir xil shaklda (kelishik shaklida yoki ko’makchilar bilan)kelsa va sanash ohangiga ega bo’lsa, bular uyushiq to’ldiruvchilardir: Taram-taram olmalarni,asl nashvatilarni, po’sti yuqa shaftolilarni, qaymoqqa o’xshash anjirlarni aytmaysizmi. Har xil ma’noni bildirgan, turli shakllarda kelgan to’ldiruvchilar uyushiq hisoblanmaydi: Bu daftarni senga oldim. Bu gapdagi to’ldiruvchilar uyushmaganligiga sabab shuki, daftarni narsa-buyum ma’nosini, senga atalganlik ma’nosini bildiradi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling