Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Sodda gaplarda eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra turlari
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Egasi ma’lum
- Egasiz gaplar.
- Atov gaplar.
- Tog’lar! Baland tog’lar
Sodda gaplarda eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra turlari 2 xil:
Egasi mavjud (shaxsli) gaplar Egasiz (shaxssiz) gaplar Gap tarkbida ega mavjud bo’lsa, egali (shaxsli) gap deyiladi: Orqa hovliga tuproq to’kildi. Egasi mavjud bo’lmagan gaplar shaxssiz gaplar deyiladi. Bunday gaplarda kesimdan ifodalangan ish-harakatning kim tomonidan bajarilgani ma’lum bo’lmaydi: Bugungi ishni ertaga qo’yma. Shaxssiz gaplar o’zi 2xil bo’ladi: I.Egasi yashiringan gaplar. II.Egasiz gaplar. Egasi yashiringan gaplar 2 xil boladi: 1.Egasi (shaxsi) ma’lum gaplar. 2.Egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar. Egasi ma’lum gaplarda gapning egasi matndan, nutq sharoitidan, kesimning shaxs-son shakllaridan ma’lum bo’lib turadi.Bunday gaplarning kesimi, odatda, I-II shaxs shaklida bo’ladi:(Biz) Yaqinda imtihon topshiramiz. Egasi umumlashgan gaplarda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo’ladi. Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi: Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan.(II shaxs) Avtobusga orqa eshikadan chiqiladi.(III shaxs) Ba’zan bunday gaplarning kesimi I shaxs shaklida bo’lishi ham mumkin: Keling, bir kulishaylik. Maqol va matallar, hikmatli so’zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusmlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo’ladi: Avval o’yla, keyin so’yla. Egasiz gaplar. Egasiz gaplarda ega umuman bo’lmaydi va gap ma’nosidan anglashilmaydi. Ular uch xil bo’ladi: 1.Shaxsi noma’lum gaplar. 2. Atov gaplar. 3.So’z gaplar. Shaxsi noma’lum gaplarda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi – uning tarkibida egalik qo’shimchasining yo’qligidir. Bu gaplarda harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo’lmaydi. Shaxsi noma’lum gaplarning kesimi quyidagicha bo’ladi: 1.Kesim tarkibida bo’ladi, bo’lmaydi, to’g’ri keladi, to’g’ri kelmaydi fe’llari bo’ladi: U bilan gaplashishga to’g’ri keladi. 2.Kesim tarkibida –mas qo’shimchali so’z bo’ladi: Oyni etak bilan yopib bo’lmas. 3.Harakat nomi + kerak, lozim, mumkin, shart, darkor kabi so’zlar: Har bir daqiqaning qadriga yetish kerak. Atov gaplar. Atov (nominativ) gaplar bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so’z bilan ifodalanib, predmet yoki hodisalarning mavjudligini tasdiqlovchi gapdir. Ular so’zlovchining ko’z o’nggida biror voqea-hodisani yoki davrni jonli gavdalantirishga, uning xotirasida yoki xayolida ular bilan aloqador bo’lgan voqea-hodisalarni tiklashga xizmat qiluvchi muhim tasviriy vositadir.Atov gaplar, asosan, aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o’tgan zamon shakllarida keladi: Hamon esimdadir: gul chog’i erdi. Atov gaplar yig’iq yoki yoyiq bo’lishi mumkin. Agar atov gaplar bitta so’zdan iborat bo’lsa, yig’iq atov gap deyiladi: Bahor. Kunlar iliqlashgan.Agar atov gaplar aniqlovchilar bilan kengayib kelsa, yoyiq atov gap deyiladi: Yam-yashil o’tloq.Oilam bu yerga kelsa, qanchalik quvonadi. Yoyiq atov gaplar kengaygan harakat nomi birikmalari bilan ifodalanishi mumkin: So’nggi uchrashuv. Uning ko’zlarida yosh ko’rindi. Atov gaplar o’ziga xos ohang bilan aytiladi.Yozuvda, odatda, nuqta qo’yiladi. His-hayajon bila aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Tog’lar! Baland tog’lar! Alpinistlar cho’qqiga ko’tarilmoqdalar. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling