Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


- Sen yanglishibsan, mol tabibning oldiga borgin, men odamlarning tabibiman, - debdi. 2-topshiriq


Download 388.95 Kb.
bet101/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

- Sen yanglishibsan, mol tabibning oldiga borgin, men odamlarning tabibiman, - debdi.
2-topshiriq:Gaplardagi qaysi gap bo’lagining tushirib qoldirilganligini aniqlang.
Bir olimdan so’rabdilar:
- Ukangni ko’proq yaxshi ko’rasanmi, do’stingnimi?
- Ukamni, - deb javob beribdi u. – Agar do’st bo’lsa!.. Uyushiq bo’lakli gaplar.Bir gap tarkibida bir turdagi bo’laklar birdan ortiq holda kelishi mumkin. Bir umumiy bo’lakka tobe bog’lanuvchi, bir xil sintaktik vazifa bajaradigan, o’zaro teng bog’lanuvchilar va sanash ohangi yordamida bog’langan, ko’pincha bir xil so’roqqa javob bo’luvchi 2 yoki undan ortiq bo’laklarga uyishiq (uyishgan) bo’laklar deyiladi.Uyushiq bo’laklar bir-biridan pauza bilan ajralib, sanash ohangi bilan aytiladiP:Eshilib, to’lg’onib ingrandi kuy. Har bir uyushiq bo’lakning o’z ayrim urg’usi bo’ladi: Ular toshlardan, har xil giyohlardan namunalar olishdi. Uyushiq bo’laklar ko’pincha bir xil so’z turkumiga oid so’zlar bilan ifodalanadi: Yo’lda oq, pushti,sariq va qizil gullar uchradi. (sifat so’z turkumi) Ba’zan uyushgan bo’laklar har xil so’z turkumi bilan ifodalanishi ham mumkin: Hamma issiqdan bo’shashib, jim, yalqovgina ishlaydi. (fe’l, ravish, sifat so’z turkumi)
Uyushiq bo’laklar yoyiq holda bo’lishi mumkin: Ma’ruzachiga qiziq, kishini hayratda qoldiradigan savollar berishdi. Uyushiq bo’laklar juft-juft bo’lib ham qo’llanadi: U qo’rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bola edi. Gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari uyushiq kesim bo’lib kelganda, ba’zan ko’makchi fe’l yetakchi fe’llarni eng so’nggisi bilan birga kelishi mumkin, bunda ko’makchi fe’l yetakchi fe’llarning hammasiga tegishli bo’ladi: O’n yoshidan beri o’qitib, yedirib, kiydirib kelaman.
Eslatma. Ba’zan ayrim gap bo’laklari takrorlanib qo’llanadi. Bunday bo’laklar uyushiq bo’lak hisoblanmaydi. Ular ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi: Bunda hamma, hamma narsa bor.
Gap bo’laklari ham bo’lakning bo’laklari ham uyushib kelishi mumkin: Rangi o’chgan, umri kechgan kuz guli egil gapida rangi o’chgan, umri kechgan bo’laklarining har ikkisi qanday? so’rog’iga javob bo’lib, kuz guli bo’lagiga tobe bog’langan. Bu bo’laklar o’zaro sanash ohangi yordamida teng bog’langan eganing aniqlovchilari sifatida bo’lakning uyushgan bo’laklari sanaladi.
Uyushiq kesim. Gap tarkibida ikki va undan ortiq atov birliklari (so’z, ibora, so’z birikmalari) bilan ifodalangan kesim bo’lib, kesimni shakllantiruvchi vositalar faqat keyingi kesim tarkibida ifodalanib barchasiga aloqador bo’lsa, bunday ko’p kesimli gap uyushiq kesimli gap sanaladi. Uyushiq kesimlar bitta bajaruvchiga – egaga aloqador bo’lishi shart: Siz a’lochi va jamoatchisiz.
Unutmang!Uyshiq kesimli gap va qo’shma gapni farqlash kerak.


Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling