Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Undalmalarning gapdagi o‘rni va ularda tinish belgilarining ishlatilishi


Download 388.95 Kb.
bet109/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Undalmalarning gapdagi o‘rni va ularda tinish belgilarining ishlatilishi. Undalmalar gapning boshqa bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi sababli ularning gapdagi o’rni erkin bo’ladi, lekin undalma gapning qayerida kelishiga ko’ra alohida-alohida vazifa bajaradi.Undalma gapning boshida kelsa, ko’proq, chaqiriq, murojaat, tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilish ma’nolarini ifodalaydi: Odamlar, sog’lig’ingizni asrang. Gapning oxirida kelsa, muhabbat, hurmat (ba’zan aksincha) ma’nolarni beradi: O’qishni bilmasang, uqib ol, qizim.So’zlovchi tinglovchiga murojaat etish orqali unga subyektiv (shaxsiy, faqat oziga xos) munosabatni ifodalashni maqsad qilib olsa, unda undalma gapning o’rtasi yoki oxirida keladi: Nechun kerak, rubob, senga shuncha g’am.
Undalmalarning gapdagi o’rni erkin. Ular gapdan vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. Undalmalar gapning boshida kelsa, undan keyin, gap o’rtasida kelsa, ikki tomondan, gap oxirida kelsa, undan oldin vergul qo’yiladi.Undalmalar undovlar bilan birikibkelganda, undov so’z kuchli his-hayajon bilan aytilsa va undan so’ng toxtalish bo’lsa, undov so’zdan keyinkop nuqta yoki vergul qo’yiladi: Oh… bolam-a.


1-topshiriq: Undalmalarni toping. Tinish belgilarini qo’ying.
1.Aziz nabiralar siz bilmaysiz, oh, men o’sha cho’qqida quchganman zafar. 2.Insondan o’zgani demasman do’stim. 3.Bizlarni bir yo’qlab kelibsan, vafo qilurmisan bahorim. 4.Amirzodam har bir daqiqa g’animat. Xos navkarlaringiz otlangan. 5.Hazratim taxtingiz pastki oshiyonda. 6.Siz menga farzanddek yaqin bo’lmoqchimisiz Mirzo?
2-topshiriq: Berilgan gaplarga turli o’rinlarga undalmalar qo’ying.
1.Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi. 2.Yo’qolgan narsangga ko’p achinma, achinish ila qayta kelmas, netarsan. 3.Ishda oshiqqan ko’p toyilur, ko’p toyilgan ko’p yiqilur. 4.Sabr qilsang, g’o’radan halvo bitar, besabrlar o’z ayog’idin yitar



Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling