Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Eslatma: Ba’zi darsliklarda ajratilgan sifatlovchi aniqlovchi ters-sifatlovchi aniqlovchi


Download 388.95 Kb.
bet107/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Eslatma: Ba’zi darsliklarda ajratilgan sifatlovchi aniqlovchi ters-sifatlovchi aniqlovchi deb berilgan. She’riy nutq uchun ters-sifatlovchi aniqlovchi me’yoriy holat hisoblanadi:
Bulutchalar –oppoq va yengil- Pag’a-pag’a suzar osmonda. 4. Ajratilgan izohlovchilar,asosan, izohlanmishdan keyin keladi. Ular ko’pincha egaga taalluqli bo’ladi: Hasan aka, fizika o’qituvchisi, kirib keldi. Eslatma: Darsliklarda ajratilgan izohlovchilar bilan ajratilgan egalar teng holatda ishlatiladi: Ular, o’quvchilar, Vatan ravnaqi uchun harakat qiladilar. 5. Ajratilgan kesim: U uyda ko’p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.
2-topshiriq: Qaysi gap bo’lagi ajrayotganligini chizmada aniqlang.
1.Darvoqe, o’tgan har bir lahza asli tarix, adabiyot esa,asosan, kechgan voqelik – hodisalar tasviri bilan ish ko’radi. 2.Ammo muallif bunda o’tmish umr sog’imchi yoxud adatdagi qo’msov – nostalgiyani maqsad qilgan emas, boshqa dard, muddaolar ham borki, kitobni o’qiganda anglaysiz. 3.Dastlabgisi – electron pochta orqali kelgan maktub Ravshan Akobirovdan edi. 4.Otdoshing – Farhod maktubni bitiray deb qoldi, Londonga borib o’qimoqchi, passport olishi kerak. 5.Fikrni bir joyga jamlashga, ko’p yillar burun kechgan o’sha voqealarni birma-bir nazardan o’tkazib, qay o’rinda yoshlik qilgani – xatoga yo’l qo’yganini anglab yetishga kuch topolmayotir. 6.Atay sheriklaridan qochib orqadagi bo’sh o’rindiqqa o’tib olgan safar guruhining rahbari – san’at arbobi Farhod Ramazon daf’atan bezovtalandi. 7.Ertaga kinofestivalda namoyish etilajak filmdagi bosh qahramon – “qizlarning qorovuli” ham shu. 8.Bir nimalar yozib tashlagisi keladi, ammo kunduzgi horg’inlikni, allaqanday qo’rquv – jur’atsizlikmi qo’lini chandib, o’rnidan qo’zg’admay qo’yadi.
3-topshiriq: Qaysi gap bo’lagi ajratilgan?
1.Tirik ulki, undan keyin qolsa joy – hovuz, ko’l-u ko’prik-la karvonsaroy. 2.Odam ikki marta yashamaydi, lekin bir marta – mazmunli yashashni ham bilmaydiganlar ko’p. 3.Agarda razm solib qaralsa, aksariyat kishilar hayotning ko’p qismi bo’lmag’ur ishlarga, anchginasi bekorchilikka, umrning yaxlit o’zi esa nokerak narsalarga sarflanadi. 4.O’z hayotining mohiyatini bilmaydigan kishilarning, befarqlarning ahvoliga voy. 5.Farosatsizlik, axloqsizlik orqasida faqat huzur-halovatga mukkasidan ketganlarning, yengil-yelpi fikrlovchilarning hayoti sariq chaqaga ham arzimaydi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling