Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Ajratilgan bo’laklarni ajratish usullari


Download 388.95 Kb.
bet108/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Ajratilgan bo’laklarni ajratish usullari Ular 2 xil bo’ladi: 1)Tartibni o’zgartirish. Bu yo’l bilan ajratish sifatlovchi aniqlovchiga va ravish holiga xos: Yaproqlar – sariq, qizg’ish, ko’kimtir – oftobda tovlanardi. Shunday yashar – sokin, bezavol.
2) Bir nomni boshqacha nomlash yoki izohlash orqali gap bo’laklarini ajratish. Bunday yo’l bilan ajratish sifatlovchi aniqlovchi va ravish holidan boshqa barcha gap bo’laklariga tegishli: Lingvistika – tilshunoslik, mening sevgan fanim bo’ladi. Izohlash yo’li bilan ajratilgan bo’laklar gapning boshqa bo’laklaridan vergul, ba’zan tire bilan ajratiladi: Men ko’rsatigan stulga – to’rga o’tib o’tirdim. Eslatma: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko’p. Bu gapdagi unda, Halimning ukasida bo’laklari ikki kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa, uyushiq bo’lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan biroz to’xtamdan so’ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa, ajratilgan bo’lak bo’ladi. Ya’ni ajratilgan bo’laklar bir tushunchaning ikki nomi. Ajratilgan bo’laklar bitta shaxs yoki bitta narsani ikki marta nomlaydi. Uyushiq bo’laklar esa bir necha shaxs yoki narsalarni ifodalaydi.
Gap bo’laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo’laklar.Undalma So’zlovchining nutqi qaratilganshaxsni bildirgan so’z undalma deyiladi. Undalmalar aytilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun, odatda, ular II shaxsga qaratilgan bo’ladi: Opa, urma qalbimga tikan.Undalmalarning tagiga ikkita to’lqinli chiziq chiziladi.

Undalmalar bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi.Bunda ular gapning egasiga juda o’xshab ketadi.Ammo ega gapda grammatik jihatdan gapda kesim bilan bog’lanadi, undalmalar esa grammatik jihatdan hech bir bo’lakka bog’lanmaydi.Undalmalar gapda alohida ohang bilan ajratib aytiladi: Arpangizni xom o’rdimmi, uka.


Ko’pinca shaxs otlari, qarindoshlik, hunar-kasbni o’rsatuvchiso’zlar undalma bo’lib keladi: O’quvchilar, vaqtning qadriga yetinglar.
Undalmalar ba’zan jonivorlar yoki jonsiz narsalargaham qaratiladi: Qozivoy, men seni yeyman. She’rim, yana o’zing yaxshisan.
Tarkibida undalma bo’lgan gaplarda, odatda, ega tushiriladi. Undalmali gaplarning kesimi ko’pincha I-II shaxs-son shakllarida bo’ladi.
Undalmalar bir so’z bilan yoki so’z birikmasi bilan ham ishlatilishi mumkin. Bir so’z bilan ifodalangan undalma yig’iq undalma deyiladi: Quyosh, nuring to’kaver mo’l-mo’l. O’ziga qarashli aniqlovchisi yoki izohlovchisi bor undalma yoyiq undalma deyiladi: Jahonga yuz tutgan O’zbekistnim, sening har bir yutug’ing mening yutug’imdir. Undalmalar uyushib kelishi ham mumkin: Otalar, onalar, opalar, singillar, sizga shu haqda murojaat qilamiz.
Undashni kuchli ifodalash uchun ba’zan undalmalar takrorlanib keladi: Seni unuta olmas yuragim aslo, Ey O’rta Osiyo, O’rta Osiyo.
Undalmalar chaqiriq yo iltimosni ifodalaydi. Ayniqsa, badiiy adabiyotda jonli va jonsiz predmetlarga murojaat qilinib, nozik ma’no, kuchli ehtiros ifodalanadi: O, gul bahor, sen ochil-sochil.
Undalmalar tinglovchining diqqatini kuchliroq jalb etish, his-hayajonni ta’minlash, hayron qolish ma’nosini ifodalash uchun ko’pincha ey, hoy, voy kabi undovlar bilan birgalikda keladi.Bunday undovlar ko’pincha undalmaning oldidan qo’llanadi:Hoy o’rtoqjon, quloq solgin so’zimga.
Ba’zan undalmadan so’ng ey, ho, ov, -u, -yu
kabi undovlar ham ishlatiladi: Doston-ov, bu yoqqa kel.Bu holatda undalma bilan undov so’z chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Undalmalar ko’pincha I shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasini olib keladi.Bunday vaqtda undalma vazifasida kelayotgan tinglovchi so’zlovchiga yaqin ekanligini, erkalsh, suyush ma’nolarini ifodalaydi: Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz.
Ayrim hollarda undalma nutqda tushib qoladi. Lekin o’rnida undovlar qo’llaniladi: Hoy, non-ponongni olib kel.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling