Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gaplar


Download 388.95 Kb.
bet116/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

2.Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gaplar. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildirgan ergash gaplar bosh gapga shuning uchun , shu sababli, shu tufayli kabi ko’makchili qurilmalar yordamida bog’lanadi va ular bosh gap tarkibida bo’ladi. M-n: Xalq Yusufbek hojidan zarra yomonlik ko’rmagan, shuning uchun uning hurmati har doim baland.
3.Deb so`zi yordamida ergashgan qo`shma gaplar.Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini,sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko`pincha deb so`zi yordamida bog`lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe`llar bilan ifodalanadi.Bunday gaplar tarkibidagi deb so`zi uchun ko`makchisi bilan ma`nodosh sanaladi.Ergash gaplar yozuvda vergul bilan ajratiladi.Masalan,Gul barglari uchishadi,tushmayin deb qo`lingga (Hamid Olimjon).Hovuz atrofi soya-salqin bo`lsin deb,biz ko`p daraxtlar ekdik.
Unutmang! deb so`zi buyruq shart mayli,kelasi zamon fe`lidan keyin kelsa(Sizni qo`rqib ketmasin deb,kechqurun bezovta qilmadik-nima maqsadda?), maqsad ma`noni anglatadi.O`tgan zamon fe`llaridan keyin kelsa (O`qituvchi kelgan deb,men keldim-nima sababdan kelding?), sabab ma`nosini anglatadi.
4-topshiriq:Ergash gapning qanday ma’no anglatayotganligini aniqlang.
1.Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo’lingga. 2.Kamalakdek rango-rang bo’lsin deb san’at, tillar, asrlarcha qildim jang. 3.Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda. 4.Yovlar yakson bo’lsin deb, yigitlar jang boshladi, yovlar qocha boshladi.
4.Shart mayli vositasida ergashgan qo`shma gaplar.Ergashgan gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe`llar orqali ifodalanganda,shart mayli qo’shimchasi –sa ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqishi yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.M-n: Esli-hushli do’stlaringiz bo’lsa, biznikiga olib kelarsiz.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling