Har bir tinish belgisi muayyan qoidalar asosida qo’llanadi. tinish belgilarning qo’llanishiga oid qoidalar to’plami punktuatsiya deyiladi.
Quyida tinish belgilarning tarixiga e’tibor bering:
Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimda arab manbalariga borib taqaladi. O’zbek manbalarida esa XIX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab, tinish belgisi sifatida ishlatila boshlagan.
Vergul – XV asrdan boshlab G’arbiy
yevropada,
XX asr boshlaridan boshlab esa, o’zbekcha matnlarda ishlatila boshlagan.
So’roq – belgisining kelib chiqishini lotinch question – so’roq so’ziga olib borib taqaydilar. So’roq ma’nosiga mazkur so’zning birinchi harfi “ Q “
ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatiga ( ? )
kelib qolgan, o’zbekcha matnlarda 1885 – yildan boshlab uchraydi. 1990 – yildan so’ng doimiy ishlatila boshlagan.
Undov – belgisi o’zbek tiliga rus tilidan o’tgan.
Olimlarning fikricha, u lotincha lo-undov so’zidan kelib chiqqan bo’lib, (.) ning qo’shilishidan hosil bo’lgan.
Qavs – o’zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan boshlab ishlatila boshlagan. Dastlab “Turkiston viloyatining gazeti” da 1873-yilda ishlatilgan.
Ko’p nuqta - o’zbekch matnlarda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlagan. 1876-yildan e’tiboran “Turkiston viloyatining gaeti”da muntazam qo’llangan.
Tire – o’zbek yozuvida XIX asrning 70- yillaridan boshlab ishlatilgan bo’lib, uni amaliyotga rus yozuvchisi N.M.Karamzin (XVIII asr ) kiritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: