Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Ergashgan qo’shma gaplarning soda gaplar bilan ma’nodoshligi


Download 388.95 Kb.
bet120/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Ergashgan qo’shma gaplarning soda gaplar bilan ma’nodoshligi.Tarkibida ko’rsatish olmoshi bo’lgan ergashgan qo’shma gaplar tegishli soda gaplar bilan ma’nodosh bo’la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo’lagi o’rniga qo’yish orqali soda gapga aylantirish mumkin.Masalan: Kim ko’p o’qisa, ko’p biladi. // Ko’p o’qigan ko’p biladi.
8-topshiriq: Qo’shma gaplarni soda gaplarga aylantiring.
1.Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olaman.
_________________________________________________________________
2.Shunga xursandmanki, bolalar o’z yo’lini topib ketishdi.
_________________________________________________________________
3.Tilagimiz shuki, hammangiz el xizmatiga kamarbasta farzand bo’linglar.
_________________________________________________________________
4.Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi.
_________________________________________________________________
5.Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi.
_________________________________________________________________
6.Kim alam chekmadi umrida bir bor, Umeni anglamas, anglamas also.
__________________________________________________________________
Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplar
Tarkibida sodda gaplar mazmunan bir-biri bilan bog’liq bo’lib, maxsus bog’lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar deyiladi.
Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul kabi tinish belgilari ishlatiladi.
1.Qo’shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo’ladigan voqea-hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo’yiladi.
Misollar:
1.Yigitlar daraxtlarning tagini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar.
2.Kuz keldi, yig’im-terim ishlari boshlandi.
3.Yaxshi o’g’il – el obro’si, yaxshi qiz – uy obro’si.
4.Ruboyini ichida o’qidi, yuzini tabassum qopladi.
5.Siddiqjon to’xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi.
6.Oyim endi o’rnidan turayotgan edi, eshik shahd bilan ochildi.
7.Sultonmurod o’zini chetga olishga urindi, xalq to’lqini uni surib ketdi.
8.Bora-bora ularning ham ko’zi ochiladi, past-balandni ajratib olishadi.
9.Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo’ynida uxlab qoladi.
10.Sen o’g’limsan, xotining kelinim.
11.Avval ular bizga yetib olishsin,keyin birga jo’naymiz.
12.Zal jim, xalq parda ochilishini kutar edi.
13.Ayrilganni ayiq yer, bo’linganni bo’ri yer.
14.Ahmoq kishining tili o’ziga dushman, ko’p kishilarning qoni tili tufayli to’kilgan.
15.O’ylab so’zlagan kishining so’zi to’g’ridir, o’rinsiz ko’p vaysagan til shafqatsiz yovdir.
16.Yana uvlar dahshat shamoli, Ko’kni qora bulut quchadi.
17.Hamma ishlaringizda to’g’ri bo’ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo’lsin.
2.Qo’shma gap qismlari orasida o’xshatish, shart, zidlash va payt munsabatlari bo’lganda, ular orasiga tire qo’yiladi.
Misollar:
1.Hamal keldi –amal keldi.
2.Qor yog’di – don yog’di.
3.Vaqting ketdi – baxting ketdi.
4.Suv keldi – cho’llarda hayot boshlandi.
5.Yuragida qanday dard bor – mana bu menga sir.
6.To’rt mashina o’g’it yubordik – fermerlarga vaqtida taqsimlansin.
7.Eshakni yoydoq minib bo’lmaydi – yiqilasan kishi.
8.Doston aytdim – kitob bo’ldi.
9.Kimki mehnatning zo’rini qilibdi – odamning sarasi ana shu.
10.Said Jalolxon tovush chiqarmay uning o’rniga o’tirdi – u ko’madi.
11.G’animlar duch kelar – jang bo’lar puxta.
12.Qo’shning tinch – sen tinch.
13.Sen borsan – men uchun bu hayot go’zal.
14.Endi nima bo’lib shundoq bo’lganini aytib o’tirishga fursatim yo’q – idorada odamlar kutib o’tiribdi.
15.Uyda qadam bosgani joy yo’q - hamma yoq o’yinchoq.
16.Qarasam oshxona tomondan gup-gup etgan tovush kelyapdi - oyim o’g’irda talqon qilyapdilar.
17.Narigi tomondan taraq-taraq boshlandi – quruvchilar ishga tushdilar.
3.Qoshma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganda, ular orasiga ikki nuqta qo’yiladi.Misollar:
1.Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz.
2.Faqat bitta iltimos: bir bayt o’qiyman.
3.Qayerdadir xo’ro qichqirdi: tong otishi yaqin.
4.Urilmoq ham foyda: pishiq bo’lasiz, tajriba orttirasiz.
5.Sizning qilayotgan ishingiz yomg’irga o’xshaydi: har bir tomchi don undiradi.
6.Shu fe’llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar.
7.Chol undan balandroq keldi: men brigadrlikdan tushmayman deb chiqib ketdi.
8.Bugun havo ochiq: derazalarni lang ochib qo’ysa ham bo’ladi.
9.Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo’llariga tikon kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi.
10.Uning otasi bir yilda bog’ni yashnatib yubordi: yangi daraxtlar ekdi, go’zal gulzorlar yaratdi.
11.Yuragida qanday dardi bor: mana bu menga sir.
12.Ehtimol, sizda ham shunday holler bo’lgandir: tun yarmidan og’ganda birdan uyg’onib ketasiz.
14.Mening bir jaydari falsafamdir shu:Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
15.Orzum shul: o’chmasin yongan chirog’ing.
16.Borliq jim:har bitta darchada zangor shu’lalar porlaydi.
17.Omon ovchining ov sarguzashtlari ko’plarni qiziqtirardi:ko’plari hikoya eshitish uchun kelardi.
18.Niyating pok bo’lsin: Xudo seni qo’llaydi.
19.Borar manzilingni aniq belgilab ol:yo’ldan adashmaysan.
20.Matonatli bo’l: ortga chekinmaysan.
21.Traktorchilar tashvishlanib qolishdi:oziq-ovqat,yonilg’i tugayapti.
22.Quyoshning uyg’onishi sen ta’riflagandan ham antiqa:tong nihoyatda go’zal bo’ladi.
23.Senga eng yaxshi maslahat:mutakabbirlik bilan yuzingni teskari burma va shon-shuhrating bilan faxrlanma.
24. Ishlar vaqtida bajarilishi kerak: vaqtid bajarilmagan ish sust bo’ladi.
4.Qo’shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo’lmasa yoki ketma-ket sodir bo’ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo’llangan hollarda nuqtali vergul ishlatiladi. Misollar:
1.Xadicha xola bolalik chog’idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o’pdi, duo qildi; irim qilib o’zi kuzatgani chiqmadi.
2.Yoki kampirning jig’i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig’irig’ini ko’tarib, vaysagancha, uyga kirib ketdi.
3.Ertaga cho’qqini gallaymiz;sovuq qattiq emas, shamol bo’lishi ham kutilmaydi.
4.Navoiy Husayn Boyqaro qoshiga kirib vaziyatni tushuntirdi; isyonchi valiahd bilan mustahkam sulh barpo etish kerakligini talab qildi.
5.U biladi, ishonadi; singlisi o’zi ko’rmasa yoki aniq bilmasa, uydirma-yu mishmishlarga ishonadigan ayol emas.
6. Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik; yo’lda arava tugul, piyoda ham zo’rg’a, qo’rqa-pisa qadam bosadi.
7. Ona borki, olam bor; ona borki, odam bor.
8.Shinel jiqqa ho’l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.
9.She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir.
10.Istiqlol davri bolalari g’ayratli, shijoatli; ko’zida chaqini, ko’ksida yolqini bor.
11.Ishni uning maqsadi boshqarib turadi; buyuk maqsadga qaratilgan ish buyuk ish deb hisoblanadi.
12.Kampirning jig’ibiyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig’irig’ini ko’tarib, vaysaganicha, uyga kirib ketdi.
13.Foydali so’z go’dakdan chiqsa ham quloq sol; yomon so’z mo’ysafiddan chiqsa ham quloq solma.
14.Har qanday tushuncha muhokamaning natijasidir; muhokama esa tajribaning natijasidir,tajriba esa sezgi a’zolarining faoliyati tufayli qo’lga kiritiladi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling