Ergash gapli qo’shma gaplarning turlari
Ergash gapli qo’shma gaplarning quyidagi turlari bor:
1.Kesim ergashgapli qo’shma gap.
2.Ega ergash gapli qo’shma gap.
3. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap.
4. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
5.Hol ergash gapli qo’shma gap.
1.Kesim ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi.Kesim ergash gapli qo’shma gapimiz ko’rsatish olmoshi yoki nisbiy so’zli bo’lishi mumkin. M-n:1.Baxtim shuki, hayotda o’z o’rnimni topdim (ko’rsatish olmoshili). 2. Kim g’olib chiqsa, yutuq o’shaniki (nisbiy so’zli)
2.Ega ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibida ega vaifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab kelguvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Ega ergash gapli qo’shma gapimiz ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’lishi mumkin. M-n: 1.Shunisi'>Shunisi aniqki, hamma baxtiyor (ko’rsatish olmoshili). 2.Kim izlansa, u maqsadiga yetadi (nisbiy so’zli).
3.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’lishi mumkin.M-n:1. Shunday o’quvchilar borki, ularni ko’rib havasimiz keladi (ko’rsatish olmoshili).2. Katta arava qaysi yo’ldan yursa, kichik arava ham shu yo’ldan yuradi
4.To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar. Bosh gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplar to’ldiruvchi ergash gaplar deyiladi. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’ladi. M-n: 1.Shuni bilib qo’yki, yaxshilik hech qachon javobsiz qolmaydi(ko’rsatish olmoshili). 2.Qalbingiz nimani buyursa, siz ham menga shuni ayting (nisbiy so’zli).
Do'stlaringiz bilan baham: |