Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet123/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
Mohira2702..

2-topshiriq: Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantiring.
1.Qadimgilar demishki: “O’z uyim – o’lan to’shagim”. 2.”Kamgaplik, - deydi Hamid Olimjon, - donolik yo’lining boshlanishi”. 3.Mahmudxo’ja Behbudiy: “Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir”, - deb yozadi. 4.”So’z – qolip, fikr – uning ichiga quyilgan g’isht”, - deb yozadi Abdulla Qodiriy.


Matn – eng katta sintaktik birlik
Har qanday og’zaki va yozma nutq parchasi matn (mikromatn) hisoblanadi. Matn mikromatnlarning o’zaro mazmuniy va grammatik bog’lanishidan hosil bo’ladi.
Bir necha gaplarning o’zaro grammatik va mazmuniy bog’lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo’lgan, qo’shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og’zaki nutq parchasi mikromatn hisoblanadi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiadi.
Matnning eng kichik birligi gap hisoblanadi.Ular matn tarkibida ma’lum bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi. Ular quyidagilardan iborat:
1)bog’lovchilar;
2)bog’lovchi vazifasidagi ayrim so’zlar;
3)takroriy bo’laklar;
4)olmoshlar;
5)sinonimlar.
M-n: Karimjon a’lo o’qishi va odobi bilanlitseyda katta hurmatga ega.U jamoat ishlarida ham faol qatnashadi.
Matn tarkibidagi ikkinchi gap boshida kelgan u olmoshi birinchi gap tarkibida kelgan Karimjon o’rnida kelib, ikkinchi gapni birinchi gapga mazmunan bog’lab keladi.Shuning uchun ham u olmoshi matn qismlarini bog’lovchi, ya’ni matn hosil qiluvchi vosita sanaladi.
Mikromatnni hosil qilishda takrorlar eng muhim vositadir, chunki u ham gaplarni bog’lovchi vosita hisoblanadi, ham uslubiy bo’yoqdorlik hosil qiladi.M-n:
Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada,
Olti oykim, o’zgalarga tilayman omad.
Olti oykim, do’stlarim ham pana-panada,
Istedodim so’nganidan qilar karomat.
Ma’lum bir fikrni batafsil ifodalash uchun gaplarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bog’lab, matn tuzamiz. Mazmunva grammatik jihatdan bog’langan, bir mavzuni ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi.
Mavzu matndagi asosiy fikrning nima haqida ekanligidir. Shundan kelib chiqqan holda matnning sarlavhasi ham bo’lishi mumkin.
Matn turlari. Matn turli maqsadlar bilan tuziladi. Masalan: muayyan predmet yoki voqea - hodisalar haqida xabar berish, hikoya qilish, ularning ta’rif – tavsifini berish, ya’ni mulohaza yuritish. Ana shunga ko’ra, matnlarning quyidagi turlari farqlnadi:
1: Hikoya matni. 2: Tasviriy matn. 3: Muhokama matni.
Hikoya matnida muayyan predmet yoki voqea – hodisalar haqida xabar beriladi, hikoya qilinadi.
Tasviriy matn. Muayyan predmet yoki voqea – hodisalar ta’riflangan, tavsiflangan matn tasviriy matn hisoblanadi. Tasviriy matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llanadi.
Muhokama matni.Muayyan predmet yoki voqea – hodisalar haqidagi fikr – mulohazalar bayon qilingan matn muhokama matni hisoblanadi.Muhokama matni darsliklar va ilmiy kitoblarda ko’proq qo’llanadi.
1-topshiriq: Matnning turini toping.
Ba’zan “mirshikor” so’zini “mirishkor” tarzida o’rinsiz ishlatadilar. Holbuki, buning to’g’ri shakli “mirshikor” bo’lib, “ mir” va “shikor” so’zlaridan yasalgan. “Shikor” - ov degani, “mir” esa “mirob”, “mirshab” so’zlaridagi “mir” bo’lib, “amir kabi boshliq” ma’nosini bildiradi. Aslida, “mir” “amir” so’zining qisqargan shakli. “Amir”ning lug’aviy ma’nosi “buyurguchi”dir. “Mirshab” deb tungi qoravullarning, “mirob” deb suvchilarning, “mirshikor” deb ovchilarning boshlig’iga aytiladi. “Mirshikor” so’zining dehqonlarga nisbatan “mirishkor dehqon” deb ishlatish to’g’ri emas. Ba’zi kishilarning nutqida “mirishkor dehqon” degan iboraning paydo bo’lishiga “mirshikor” so’zining ikkinchi qismini noto’g’ri tushunish sabab bo’lgan. (A. Rustamovning “So’z haqida so’z” kitobidan)



Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling