Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Aftidan quv odamligi bilinib turibdi (mustaqil so’z). Aftidan


Download 388.95 Kb.
bet111/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Aftidan quv odamligi bilinib turibdi (mustaqil so’z). Aftidan, o’quvchilar kechikadiganga o’xshaydi(kiritma). Kiritmalarning gapdagi o’rni erkin. Ular gapning boshida kelsa, ulardan keyin, o’rtasida kelsa, har ikki tomonidan, oxirida kelsa, ulardan oldin vergul qo’yiladi. M-n: Hayotning eng og’ir kunlarida yiqilmadi, aksincha, qaddini tik tutib, o’zini mehnatga urdi.
Kirish so’zlarning uslubiy xususiyatlari. Kirish so’zlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so’zlovchi o’zi qo’llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlab qo’llaydi: shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi kirish so’zlar uslubiy xoslangan so’zlardir. Ulardan shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor so’zlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so’zlar o’z ichida ichki xoslanishga ega:shaksiz, fikri ojizimchabadiiy uslubga xos, bayon qilinishicha-pulitsistik uslubga xos.
1-topshiriq: Gaplarda kirish so’zlarni aniqlab, tinish belgilarini o’rniga qo’ying.
1.Zero sen mening emas, o’z qorningning g’amini yeyapsan.2.Hayotda ham shunday, yomon niyatli kishilar, agar oqil odamlarga biror bir yovuzlik qilmoqchi bo’lsalar, ko’zlagan barcha makr-u hiyatlari baribir albatta fosh bo’lgay.3.Demak agar odam bir-biriga zid bo’lgan ikkita ishga baravar kirishsa, uning hech qanday samaraga erisha olmasligi muqarrar.4.Shuningdek ko’p odamlar ham brovning shohona ziyofatida mehmon bo’lishdan o’z uylarida kamtarona kun kechirishni afzal ko’radilar.5.Alqissa yaxshi odamlar uchun foydali bo’lgan har qanday amalni yovuz niyatli kishilar manfur ish deb biladilar.6.Binobarin bizlar ham o’zimizda boriga shukur qilmog’imiz va ochko’zlik tufayli bor-budimizdan mosuvo bo’lishimiz mumkimligini unutmasligimiz kerak. Kiritma gap. Kiritma gaplar so’zlovchi bir fikrni ifodalayotgan paytda shu fikrga izoh, qo’shimcha axborot berish ehtiyoji bilan qo’llanadi. Ular asosiy fikrni to’ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. M-n: Biz (bu safar menga Mastura hamroh bo’ldi) qishloqqa ertasiga bordik. Kiritmalar talaffuzda kichik to’xtamlar va ovoz balandligi bilan ajratiladi. Eslatma: III kurs akademik litsey darsligida kiritma gaplar gapning asosiy qismlaridan past ohang bilan ajralib turadi, deyilgan. Kiritma gaplar juda keng qo’llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu nutqda qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarka (personaj nomi bilan uning nutqi oralig’idagi qavslarda) larda ko’rsatib boriladi. M-n: Omon (o’qiydi va qotib-qotib kuladi). Bunisi ham shunaqa.
Kiritma gaplar asosiy gapdan yozuvda quyidagicha ajraladi: 1. Kiritma gap sodda yig’iq gap bo’lsa, ikki tomoniga vergul qo’yiladi: Yolg’iz borishga, to’g’risini aytsam, qo’rqaman. 2. Agar kiritma gap yoyiq gap bo’lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavsga olinadi. M-n: Uni tanishsa kerak (Farg’onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi.
2-topshiriq:Quyidagi gaplarning har biriga kiritma gaplarni qo’yib gaplarni ko’chiring.
1.Mehmoni yo’q qora uydan dala-tuz yaxshi. 2.Teran fikrni doim keksalardan qidirgin, dahor suvi kuzda musaffolik topadi. 3.Odamlar bilan murasa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi. 4.Mehmonsiz uy suvi qurigan tegirmonga o’xshaydi. 5.Kishilarning qadrlisi saxovatli kishilar.
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling