Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet110/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Kirish so’zlar


So’zlovchining o’zi bayon qilayotgan fikriga munosabati kirish so’zlar (kiritmalar) deyiladi. M-n: Binobarin, yoshlarimizni hayot so’qmoqlaridan eson-omon olib o’tish har birimizning vazifamizdir.Kiritmalar tahlilda to’g’ri chiziq ostiga to’lqinli chiziq chizish bilan ifodalanadi. Kiritmalar undalmalar kabi gap bo’laklari bilan sintaktik munosabatga kirishmaydi. Ular gapning, matnning umumiy mazmuniga aloqador bo’lsa-da, gapdagi biror bo’lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirishmaydi. Shuning uchun kiritmalar gapda vergul, tire, ba’zan qavs bilan, talaffuzda esa kichik to’xtamlar bilan ajratiladi. M-n: Xayriyat, vaqtida yetib keldik. Kiritmalar so’zlovchining o’zi bayon qilayotgan fikriga munosabati (ishonch, gumon, tasdiq), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi, aloqadorligi) o’z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (birinchidan, ikkinchidan) fikriga va uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan qo’shimcha axborot yoki izohi kabi rang-barang ma’nolarni ifodalaydi. M-n: Demak, yashashning zamirida xalq xizmatini qilish burchi ham bor. Eslatma: Gap orqali ma’lum axborot ifodalanishi bilan birga, so’zlovchining shu axborotga munosabati ham ifodalanadi.So’zlovchining munosabati gapning kesim shakli (mayl shakli, bog’lamalar va nol shakl) orqali va maxsus modal so’zlar yordamida ifodalanadi. So’zlovchi gap orqali bayon qilayotgan axborotga qanday munosabatda ekaniga qarab, modal so’zlardan muvofig’ini qo’llaydi: darhaqiqat (tasdiq ma’nosi), shaksiz (ishonch), ehtimol (gumon). Kirish so’zlar quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1. Ishonch munosabatini: albatta, shaksiz, shubhasiz, ma’lumki. 2. Gumonni: balki, ehtimol, shekilli, aftidan, chamasi. 3. Shodlik yoki achinishni: baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsuski, esiz, esizgina, xayriyat(ki).
4. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini:menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha, fikri ojizimcha, uning ta’kidlashicha,uning so’ziga ko’ra.
5. Bayon qilingan fikrning tartibini: birinchidan, ikkinchidan, avvalo, avvalambor,oxiri,nihoyat.
6. Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog’liqligini (yakuniy fikrni): demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan,binobarin, xususan. 7.Inkorni: yo’q. 8. Tasdiqni: to’g’ri, darhaqiqat, bo’pti, haqiqatan, ha, mayli. Kiritmalar barcha bo’laklar kabi sodda va murakkab bo’ladi. Sodda kiritmalar so’zlar va so’z gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so’z birikmalari, kengaygan birikmalar va gaplar bilan ifodalanadi.M-n: Menimcha, eng yaxshisi-shu. Dunyoda hech bir xalq teng kela olmas, mening bilishimcha, sening elingga. Eslatma: Murakkab kiritmalar avvalgi darsliklarda kirish birikma deb berilgan. Kiritmalar vazifasida quyidagilar keladi: 1. Ma’lum so’z turkumlaridan ajralib chiqib, faqat kiritma vazifasida ishlatiladigan so’zlar: birinchidan, masalan, attang. 2. Ma’lum so’z turkumlaridan o’sib chiqib, ham kirish so’z vazifasida, ham gap bo’lagi vazifasida qo’llaniluvchi so’zlar: to’g’ri, shubhasiz, so’zsiz, aftidan, avvalo, qisqasi, yaxshi…

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling