Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Buyruq-istak mayli
- Eslatma
- III. Shart mayli.
1. Xabar (ijro) mayli.
2. Buyruq-istak mayli. 3. Shart mayli. 4. Maqsad mayli.(6-sinf ona-tili darsligida maqsad mayli berilmagan.) I.Xabar mayli. Harakat-holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabar , darakni bildiruuvchi fe’l shakli xabar maylidir. M: Ko’rdim. Do’stimni ko’rdim. Kecha yangi kino ko’rdim. II.Buyruq-istak mayli. Harakat va holatni bajarish yoki bajarilmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakli buyruq-istak mayli shaklidir. Qo’shimchalari: -(a)y,-(a)yin, -(a)ylik, -gin, -(i)ngiz, -sin, -sinlar. Buyruq-istak maylining tuslanishi: I. –y, -ay: o’qiy, boray (borayin) I. -ylik, -aylik: o’qiylik, boraylik II. –gin: borgin, o’qigin II. –ngiz, ingiz: o’qingiz, boringiz III.-sin: borsin, o’qisin III. –sinlar: borsinlar, o’qisinlar Eslatma:1. Hurmat ma’nosini bildirgan buyruq-istak maylidagi fe’llarning II shaxs birligi –ng, -ing qo’shimchasini qo’shish bilan hosil bo’ladi. M: Opa, daftaringizga yozing. 2. Fe’llarning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi buyruq-istak maylini ifodalaydi: kel, ayt. Buyruq-istak mayli qo’shimchalarining har birining o’z ma’nosi bor: - I shaxs istak-xiohishn, iltimosni bildiradi: Men boray. Ba’zan fe’lning ma’nosini kuchaytirish uchun –in qo’shimchasi qo’shiladi. M: o’qiyin, borayin. – II shaxs sof buyruq, istak, iltimos, maslahatni bildiradi: Sen o’qigin. – III shaxs buyruqni bildiradi: O’qisin. III. Shart mayli. Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holatni, istak-xohishni bildirgan fe’l shakli shart mayli deyiladi. Qo’shimchasi: -sa. M: Jahl kelsa, aql ketadi. Shart mayli edi, ekan kabi to’liqsiz fe’llar bilan kelganda orzu-istak ma’nosini bildiradi: Yomg’ir tezroq tinsa edi. Eslatma: –sa edi ba’zan saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: Odam kamtarlikni odat qilsaydi. Shart mayli kerak so’zi bilan kelganda taxmin-gumon ma’nosini bildiradi: U ko’z yoshi to’kib ariq qazisa kerak. Ba’zan -gan bilan yasalgan sifatdoshning o’rin-payt kelishigidagi shakli ham shart mayli ma’nosini bildiradi. M: Akam kelganda, Toshkentga borardik. Shart maylidagi fe’llarning tuslanishi: I yozsam I borsak II borsang II borsangiz III borsa III borsalar Eslatma: –sa qo’shimchasi fe’lda so’z yasovchi, nisbat, bo’lishsizlik qo’shimchasi bo’lsa, shu qo’shimchadan keyin keladi: tezlashsa, o’qittirsa, bormasa IV. Maqsad mayli. Ish-harakat bajarvchining maqsadi, niyati, mo’ljalini bildirgan mayl maqsad mayli deyiladi. Qo’shimchasi: moqchi M: Bormoqchiman. O’tgan zamon: yozmoqchi edim. Hozirgi zamon: yozmoqchi bo’lyapman. Kelasi zamon: yozmoqchi bo’laman. Bo’lishsiz shakli emas so’zi bilan hosil qilinadi.M: aytmoqchi emas. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling