Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet21/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

So’z tarkibida tartib. So’zning ma’noli qismlari ma’lum tartibga ega. Ularning joylashuvi quyidagicha bo’ladi: asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi.Masalan: kitob-xon-lar-ning. Eslatma: Ba’zan bu tartib buzilishi mumkin,ya’ni lug’viy shakl yasovchi so’z yasovchidan oldin kelishi mumkin: isi-t-ma.
1-topshiriq: So’z tarkibida tartib o’zgarmaydigan so’zlarga misollar keltiring.
____________________________________________________________________________________________________________________________________
2-topshiriq: Berilgan qaysi so’zlardagi tarkibning tartibi o’zgargan?
Muzlatgich, borganlik, aytmaslik, o’tirmasdan, o’chirg’ich, to’plamdagi, tezyurar, solishtirma, dehqonchilikdan, kitobxonlarga.
O’zbek alifbosida 9 ta tovush so’z yasovchi vazifasini bajaradi. Shulardan 2 tasi unli: a i. 7tasi undosh: k, m, q,r,t,y,ch. M-n: boyi, tuna, tilak, to’plam, so’roq, qisqar, to’lat, qoray, tinch.
13ta tovush shakl yasovchi qo’shimcha vazifasini bajaradi. 2tasi unli: a, i.11tasi undosh:b,k, l,m,n,r, t,y,v, sh,ng.M-n: yoza (olmoq), kitobi, o’qib, keldik, o’qildi, bezan, keldim, isit, o’qiy, o’quv, o’qish, kelding.
So’zlarning yasalish tuzilishi
Yangi so’zlar 2 xil yo’l bilan vujudga keladi:

  1. Har bir tilning o’z ichki imkoniyatlari asosida.

  2. Boshqa tillardan so’z olish asosida.

Tilda mavjud bo’lgan so’z yasash usullari orqali hosil qilingan yangi so’z yasama so’z deyiladi. Yasama so’zlar quyidagi usullar orqali hosil qilinadi: I.Morfologik (affiksatsiya) usulida asosga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish orqali yangi yasama so’z hosil qilinadi: g’azal-xon, hayot-iy. Tilda oldin mavjud bo’lgan so’zga ma’lum vosita qo’shish bilan yangi so’z hosil qilinishiga so’z yasalishi hodisasi, shunday hodisani o’rganadigan tilshunoslik bo’limiga so’z yasalishi deyiladi. So’z yasalishi hodisasi(yasama so’z bo’lishi shart) o’zining ichki tuzilishiga ega bo’ladi va ikkita tarkibiy qismni o’z ichiga oladi:

  1. yasashga asos qism;

  2. yasovchi vosita.

Yasashga asos qism va yasovchi vosita yasalmani tashkil qiladi. Buni terim,terimchi, so’zlari misolida ko’ramiz: ter-yasashga asos qism, -im yasovchi vosita, terim yasalma.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling