Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takroriy so’zlar
- 4-topshiriq
3-topshiriq: Berilgan juft so’zlarni tarkibi, tuzilishi hamda tub-yasamaligi bo’yicha to’liq tahlil qiling.
Sakrab-hakkalab_____________________________________________________ Yayrab-quvnab______________________________________________________ Ochilib-sochilib_____________________________________________________ Qo’llab-quvvatlab____________________________________________________ Ana-mana__________________________________________________________ O’y-hayol__________________________________________________________ Ko’rpa-to’shak______________________________________________________ Adi-badi___________________________________________________________ G’adir-budir________________________________________________________ Arzon-garov________________________________________________________ Alg’ov-dalg’ov______________________________________________________ Takroriy so’zlar bir so’zning qo’shaloq qo’llanishidan hosil bo’ladi. Ular ko’plik, davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi. Takroriy so’zlar har doim chiziqcha bilan yoziladi; etak-etak, tez-tez, ayta-ayta Istalgan so’zni 2marta takrorlash bilan takroriy so’z hosil bo’lavermaydi. Takroriy so’z hosil qilish uchun 2 so’z bir xilda bo’lishi va ular orasiga chiziqcha qo’yilishi kerak. Tishini tishiga qo’yib jim turdi.Kiyimini qara, kiyimini. Bular takroriy so’z emas. Takroriy so’zlar quyidagi shaklda bo’ladi: 1.Har 2qism 1xil shaklda bo’ladi; tog’-tog’,ko’p-ko’p 2.1-qism bilan 2-qism o’rtasida ba-, -ma qo’shimchalari bo’ladi; qadam-baqadam, yelkama-yelka. 3. 2-qismning 1-tovushi fonetik o’zgarishga uchraydi. So’z boshida kelgan undosh tovush p yoki m undoshidan biriga almashadi yoxud unli tovush oldidan p tovushi orttiriladi; choy-poy, un-pun, bug’doy-mug’doy. Eslatma. Takroriy so’zlarga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan yasalgan ot va fe’llar qo’shib yoziladi: pirpirak, hayhayla, sharshara, qahqaha. 4-topshiriq: Gap tuzing. Gapda so’zlarning tuzilishiga ko’ra barcha turlari ishtirok etsin. ____________________________________________________________________________________________________________________________________ Leksikologiya Har qanday tilni o’rganayotgan paytimizda, eng avvalo, bizni qurshab turgan narsa va hodisalarning amaliy hayotimiz bilan bog’liq bo’lgan turli xil harakati, holatlari, belgi va xususiyatlarining shu tilda qanday ifodalanishini, nomlanishini bilishdan boshlaymiz. Ma’lum bir tildagi ana shunday so’zlar yig’indisi shu tilning lug’at tarkibini tashkil qiladi. Leksika atamasi 2 ma’noda qo’llaniladi: a)tilning lug’at tarkibi, so’zlar yig’indisi; b)lug’at tarkibini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi. Leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo’llaniladi. Leksikologiya (yunoncha - so’z, so’zga doir, logos – ta’limot) so’z va uning ma’nolarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limidir. Bizning lug’at boyligimiz so’z va iboralardan tashkil topgan. So’z (atama, qo’shma, juft, takroriy so’zlar) – leksik birlik deyiladi. Ibora frazeologik birlik deyiladi. Ikkalasi birgalikda lug’aviy birlik deb yuritiladi. So’z va iboralardan nutq jarayonida tayyor holda foydalanamiz. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling