Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet1/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..


Bobomurodova Mohira





Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma

Sizga omad yor, ilmingiz barqaror bo’lsin deb qolamiz!

JIZZAX – 2018


Til haqida umumiy ma’lumot
Dunyoda 7000ga yaqin til mavjud.Birlashgan Millatlar Tashkiloti o’tgan asrda rasman 2976 ta tilni qayd etgan bo’lsa-da, sohaning yetakchi mutaxasislari hozirgi paytda jami 6809 ta til mavjud ekanligini ta’kidlashmoqda. 2005-yilda tuzilgan YUNESKO ro’yxati 6912 ta tilni qamrab oladi. Tilshunoslik fanidan ma’lumki, qaysi tilda sinonimlar – ma’nodosh so’zlar ko’p bo’lsa, o’sha til eng boy til ; qaysi tilda shakldoshlar – omonim so’zlar ko’p bo’lsa, o’sha til kambag’al tillar sirasiga kiradi.
Dunyo tillari qarindoshligiga ko’ra til oilalariga bo’linadi. 20dan ortiq til oilalari mavjud.Til oilalarining nomi bobo til nomi bilan ham yuritiladi. Masalan, slavyan tillari oilasi, german tillari oilasi, roman tillari oilasi, turkiy tillar oilasi.
O’zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub. Turkiy tillar oilasida 30ga yaqin til bor. Masalan, uyg’ur, qirg’iz, gagauz, qorachoy-bolqor, qo’miq boshqird, xakas, tuva, chuvash,yoqut.
Bu tillar yana kichik guruhlarga bo’linadi: 1)qorluq guruhi: o’zbek, uyg’ur; 2)qipchoq guruhi: qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash;
3)o’g’uz guruhi: ozarboyjon, turkman, usmonli turk. Eslatma: Turkiy tillar qadimda mog’il va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan. Dunyo tillari ikki jihatidan tasniflanadi: 1.Genetik 2.Morfologik. 1.Tillar bir bobo tildan kelib chiqishi genetik tasnif hisoblanadi.Masalan, o’zbek tilining turkiy tillar oilasiga, ingliz tilining hind-yevropa tillar oilasiga kirishi. 2.Dunyo tillari morfologik jihatdan 4 guruhga bo’linadi: a)amorf tillar; b)agglutinative tillar.Turkiy tillar agglutinativ tillar hisoblanadi, shu jumladan o’zbek tili ham. Bu tillarning o’ziga xos xususiyati har qanday gramatik ma’no alohida qo’shimcha yordamida ifodalanadi.Qo’shimchalar asosan o’zakdan keyin qo’shiladi. Masalan, paxta-kor-lar.
d)felektiv tillar; e)polisintetik tillar. Jahonning ko’zga ko’ringan yozuvchilari tomonidan ishlatilgan so’zlar miqdori: 1. A. Navoiy 26035 2.A. Pushkin 21193 3. Uilyam Shekspir 20000dan ortiq 4. Migel de Servantes 18000dan ortiq 5. Jomiy 17600 6. Abdulla To’qay 14000dan ortiq Dunyoda tillar tirik va o’lik tillarga bo’linadi.Hozirda xalqlar gaplashadigan tillar tirik tillar hisoblanadi. Masalan, o’zbek, nemis, turk… Yer kurrasi bo’ylab eng keng tarqalgan til ispancha hisoblanadi. AQSHning 50ta shtatidan 23tasida davlat tili ispan tili hisoblanadi. Muomalada ishlatilmay qolgan tillar o’lik tillardir:lotin, sanskrit, qadimgi xorazm, qadimgi arab.Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan til o’layotgan ekan.
Barcha tillar yashab qolish darajasi nuqtayi nazaridan quyidagicha tasnif qilinadi:
1)xavfsizligi ta’minlangan tillar:ingliz, xitoy, ispan, nemis, yapon, fransuz, arab tillari;
2)ehtiyottalab tillar: belorus, yoqut, chechen, tuva tillari;
3)o’lim xavfga yaqinlashayotgan tillar:chukot, karel, qalmiq, udmurd tillari;
4)o’lim xavfga duch kelgan tillar: aleut, ters-saam, itelmen tillari;
5)o’layotgan tillar: ayn tili, yuka(gir) tili, ubix tili.



Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling