Tovushlarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari. Fonetika uchun tovushlarning barcha tomoni muhim. Fonologiya uchun esa faqat tovushlarning farqlovchi tomoni muhimdir. Masalan: g va k tovushlarining farqlovchi tomonini ko’ramiz: g- jarangli , k- jarangsiz. Tovushlar bir – biridan bir qancha belgilari bilan farqlanishi yoki aynan bir guruhga kirishi bilan birlashishi mumkin. Masalan: z va s tovushlarini tasniflaymiz.
z- jarangli, sirg’aluvchi, til oldi undoshi. s- jarangsiz, sirg’aluvchi, til oldi undoshi. Demak, z va s tovushlarining farqlovchi tomoni jarangli – jarangsizligi, birlashtiruvchi tomoni sirg’aluvchi va til oldi undoshi ekanligidir.
1-topshiriq: shart va mart so’zlaridagi fonemalarning farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarini aniqlang.
__________________________________________________________________
2-topshiriq: Akustik tomoniga ko’ra birlashtiruvchi belgiga ega fonemalar ishtirok etgan misol toping.
__________________________________________________________________
3-topshiriq: Hosil bo’lish usuliga ko’ra birlashtiruvchi, hosil bo’lish o’rniga ko’ra farqlovchi belgiga ega bo’lgan fonema ishtirok etgan misol tuzing.
_________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Fonemalar tasnifi
Fonemalar ikki katta guruhga bo’linadi:
UNLILAR 2. UNDOSHLAR
U nli fonemalar talaffuz qilinayotganda ,o’pkadan chiqayotgan havo oqimi hech qanday to’siqqa uchramaydi, faqat un (ovoz)dan iborat bo’ladi, bo’g’in hosil qiladi. Tilimizda 6 ta unli fonema mavjud:i,u,e,o,o’ ,a. Unlilar tasnifi.Unlilar lablarning ishtirokiga va og’izning ochilish darajasiga ko’ra farqlanadi. i u
I. Lablarning ishtirokiga ko’ra : 1.Lablangan :u,o’ e o’ 2.Lablanmagan:i,e,a. o unlisi oraliqdagi holatda qoladi.
a o
Do'stlaringiz bilan baham: |