Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet3/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Eslatma: O’zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdinning “Mo’gi’llar tarixi”asarida atoqli ot ma’nosida tilga olinadi.
O’zbek so’zining ma’nolari: o’ziga bek, otliq qo’shin, sodda, to’g’ri, insofli, saxiy, odamoxun, diltortar, suyukli.O’zbek atamasining unga qadar ishlatilgan turk, sart, chig’atoy atamalariga nisbatan tilimizda barqaror bo’lib qolishi Shayboniyxon bilan bog’liq.
Eslatma: XVI asrdan o’zbek urug’larinig nomi butun xalqning nomiga aylanib ketdi.
Navoiy o’zbek tilini xazina deb bildi.Bu xazinani ilonlar va tikonlar o’rab turganini ta’kidladi va ulardan tozalab berdi. A. Navoiyning “Muhokamat ul-lug’tayin”asarida –chi, -i, -ki, -ch qo’shimchalari mansab, hunar, peshaga oid so’zlar hosil qiladi deyilgan.
Eski o’zbek adabiy tiliga xos bo’lgan so’zlar:

cherik-askar, ev-uy qopungda- eshigingda ulus- el, xalq butradi- tarqaldi, ketdi, huvaydo-ayon kilk- qamish qalam, pesha- kasb bilmon- bilmayman, behbud-sog’lomlik.


O’zbek adabiy tili va sheva
Milliy(umumxalq) tili ma’lum xalqning so’zlashuv tilidir. Hamma uchun umumiy bo’lgan , sayqallangan, olimlar tomonidan me’yorga solingan til adabiy tildir. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakli bor. Sheva ma’lum bir hududda ishlatilib , faqat o’sha hudud aholisi tushunadigan milliy til ko’rinishidir. Sevaning faqat og’zaki shakli bor. Sheva adabiy tildan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi: -Fonetik(tovush)-yigit-jigit, keldi- galdi; -Leksik(so’z)-sabzi- gashir, sigir- inak; -Grammatik(qo’shimchalar va gap qurilishi)- kelyapti- kevotti, maktabga- maktaba.
Lahja- bir-biriga yaqin shevalar yig’ndisi. Dialekt- sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi. O’zbek milliy tili tarkibida 3ta lahja bor:

  1. Qarluq lahjasi (janubiy –sharqiy guruh).

  2. Qipchoq lahjasi (shimoliy –g’arbiy guruh).

  3. O’g’z lahjasi (janubiy –g’arbiy guruh).


Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling