Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet5/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Tovush va fonema. Nutq jarayonida real talaffuz qilingan , qulog’imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan nutq parchasi tovush (fon, allofon) sanaladi. So’z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma- ketlik jihatdan boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir. Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonemadir.
Bir fonema bir necha tovushlar orqali ro’yobga chiqadi.Fonemalarni sanash mumkin. Ular cheksiz ko’rinishga ega bo’ladi. Fonemalar ikki va undan ortiq ma’noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqlanadi. Fonemalar so’zlarning tarkibida muayyan tartibda kelib, ularni moddiy tomondan shakllantiradi. Bunda so’z tarkibidagi fonemalarning tartibi katta rol o’ynaydi. Masalan: tosh, tor, tom, tol, tok so’zlarini sh, r,m, l,k farqlaydi.Demak, bu tovushlar alohida-alohida fonemalardir.
1-topshiriq:Berilgan gaplardan fonemalarni aniqlang.

  1. “Qanday go’zal va serma’no bayt, - dedi-da, gapini davom ettirdi, - Mana shunday misralardan ayt menga”.

  2. Yigit o’tirgan joyida nima qilishni bilmay toshni boshiga urdi.

2-topshiriq:Misollardan fonema va tovushlar sonini aniqlang.
Sol kel yosh
Bol ko’l yon
Qol kal yot
Yol yoq
Tol yol
3-topshiriq:Misol tuzing va undagi fonema va tovushlar sonini aniqlang.
_____________________________________________________________
______________________________________________________________
_____________________________________________________________


Nutq tovushlarining uch tomoni
Tabiatda 2 xil tovush bor:1)tabbiy; 2) nutq tovushlari.
Nutq tovushlarining uch tomoni mavjud:1)akustik, 2)fiziologik, 3) vaziyfaviy. 1. Tovushlarning akustik tomoni tovushlarning jarangli yoki jarangsizligidir. Masalan: d, g, r- jarangli, p, k, s- jarangsiz. Tovushlarning akustik tomoni fizika fani bilan bog’liq.
2.Tovushlarning talaffuz (fiziologik) tomoni tovushlarning portlovchi- sirg’aluvchi va hosil bo’lish o’rnini tushuntiradi. Masalan: g’ sirg’luvchi , chuqur til orqa undoshi.
3.Tovushlarning vaziyfaviy (lingvistik ) tomoni deyilganda so’zlar aynan undosh yoki unli bilan farqlanishi tushuniladi. Masalan: tosh va bosh t va b undoshlari bilan farqlanyapti, sot va sut o va u unlilari bilan farqlangan. Eslatma: Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi. Tovushlarning fiziologik tomoni tabiiy va inson tovushlariga xos belgi bo’lsa, akustik va vazifaviy tomoni faqat inson tovushlariga xosdir.
1-topshiriq: t, v, g’ tovushlarining akustik tomonini aniqlang.
2-topshiriq: l, s, q, d tovushlarining fiziologik tomonini aniqlang.
3-topshiriq: Bitta so’z olib, unda ishtirok etgan undosh tovushlarning akustik va fiziologik tomonlarini aniqlang.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling