Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet14/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Ajratib yozish.

  1. Qo’shma fe’l ko’makchi fe’lli qo’shilmalar har doim ajratib yoziladi: kirib chiqdi, aytib qo’ydi, o’qib chiqdi.

  2. Har, kech, bir, u, shu, o’sha, hamma kabi so’zlar o’zi birikib kelgan so’zdan ajratib yoziladi: bir zum, hech narsa, u yerda, hamma vaqt.

  3. Sifatlarning orttirma darajasini yasovchi to’q , och, tim, lang , jiqqa kabi

  4. Yildan yilga , kundan kunga kabi ko’rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi.

  5. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi.

  6. Qismlari bir-birini izohlagan qo’shma sifatlar ajratib yoziladi: til oldi, o’rta keng, osma ko’prik.

  7. Ikkinchi qismi atoqli ot bo’lgan joy nomlari ajratib yoziladi: Markaziy Osiyo, Katta Farg’ona kanali

1-topshiriq: Berilgan so’zlardan qaysilari qo’shib, qaysilari ajratib yoziladi?
Sarf// qil, Kavkaz//oidi, hamma//vaqt, Mirza//cho’l, to’q//qizil, dev//qomat, Ur//to’qmoq, O’rta//Osiyo, erk//talab, Boltiq//bo’yi, bir//pas, Ochil//dasturxon, daryo//orti, liq//to’la, erta//pishar, tog’//oldi, yarim//tayyor, jigar//rang, yashil//rang, Uzoq//Sharq, otash//qalb, tele//tanlov, umum//jahon, Kumush//kon.
Chiziqcha bilan yozish.

  1. Juft yoki takror so’larning o’rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid, tog’-tog’, sekin-sekin.

  2. Juft so’zlar orasida –u,-yu yuklamalari ishlatilsa, ular birinchi so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: erta-yu kech, oy-u quyosh.

  3. Qop-qora, yam-yashil, to’ppa-to’g’ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi.

  4. Uyma-uy, dam-badam, oyma-oy singari orasida –ma, -ba qo’shimchalari kelgan so’zlar chiziqcha bilan yoziladi.

  5. Ba’zi affiks yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi:sen-chi, men-a, keldi-da, ukasi-ku.

Eslatma: -mi, -gina(-kina, -qina),- oq, -yoq yuklamalari so’zlarga qo’shib yoziladi: kitobmi, opamgina, keliboq.

  1. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa , chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 2016-yil,27-fevral. Rim raqamlaridan so’ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X bob.

  2. Unter-ofitser, kilovatt-soat, metr-sekund, shtab-kvartira kabilar ham chiziqcha bilan yoziladi.


Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling